Telegram Web Link
🇺🇿🇦🇫O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi va Afg‘onistonning O‘simliklar karantini va himoyasi direksiyasi o‘rtasida bitim imzolandi

O‘simliklar karantini sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimga asosan

🍃 o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiyasi doirasida qabul qilingan Fitosanitar choralari bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq, fitosanitariya tadbirlarini samarali tashkil etish uchun o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish;

🍃 o‘z davlatlarining hududlarini karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar kirib kelishi va tarqalishidan himoya qilish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosidagi fitosanitar xavfni kamaytirish bo‘yicha birgalikda qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshiris;

🍃 o‘simlik va o‘simlik mahsulotlarining eksport va import jarayonlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga kelishib olindi.

#xalqaro_hamkorlik #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▶️ live

🖥 Ayni vaqtda Afg'onistonning Qobul shahrida O'zbekiston-Afg'oniston biznes-forumi davom etmoqda.

🍅 Forum doirasida mamlakatimizda yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari ko'rgazmasi tashkil etildi. O'zbekiston tadbirkorlari o'z mahsulotlarini namoyish etib, mamlakatimizning salohiyatini taqdimot qildilar.

🤝 Ma'lumot o'rnida ta'kidlash lozim, qo'shni davlat bilan qator yo'nalishlarda hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan. Xususan biznes forum doirasida sholi yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, Afg‘onistonga tozalanmagan paxta yog‘i yetkazib berish, 2025-yilda O‘zbekiston texnologiyasi asosida paxta yetishtirish hamda o‘zbek olimlarini jalb qilish, Afg‘onistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini birgalikda yetishtirib, uchinchi davlatlarga eksport qilish va qayta ishlash masalalari muhokama etildi.

🖊 Shuningdek, kelgusida O‘zbekistonlik tadbirkorlar tomonidan Afg‘onistonda kartoshka, kungaboqar, shakar lavlagi va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va hosilning bir qismini O‘zbekistonga yoki boshqa davlatlarga eksport qilish yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish ham ko'rib chiqildi.

#xalqaro_hamkorlik #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Toshkent viloyatida yetishtirilayotgan olmani yuqori qiymatli bozorlarga eksport qilish bo'yicha tavsiyalar berildi

#xalqaro_hamkorlik #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕷G'o'za dalalarida uchraydigan zararkunandalar 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍉 Tarvuzni qayta ishlash mumkunmi?

🍉 Mahalliy bozorda tarvuzga talab pasayib, mahsulot ortib borayotgani kuzatilayotgan davrda poliz mevasini qayta ishlash texnologiyalarini o'rganib chiqdik.

Tarvuz tez buziluvchan mahsulot hisoblangani bois uni saqlab qolish mushkul, biroq bir nechta kompaniyalar poliz ekinini qayta ishlashda muvaffaqiyatli texnologiyalarni joriy etishga erishgan.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.

Safar davomida sanoat korxonalari, IT va ijtimoiy soha obyektlarini ko‘zdan kechirish, mahallalarda aholi hayoti bilan tanishish rejalashtirilgan. Yangi majmualar ishga tushirilib, navbatdagi loyihalar boshlanadi.

20-avgust kuni Nukus shahrida O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Xitoyda qishloq xoʻjaligi bioxavfsizligi va oʻsimliklarni himoya qilishda yangicha yondoshuvlarga bagʻishlangan sammitda ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ishtirok etishdi

🔰 Nufuzli tadbirda Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar. Xususan, muassasada qishloq xoʻjaligi ekinlarini zararli orgnizmlardan himoya qilshi maqsadida foydali nematodalarni qoʻllash yuzasidan taqdiqotlar natijasi taqdim etildi.

🪱 Aytish joizki, bu boradagi izlanishlar 8 yildan buyon olib borilib, o‘zining yuqori samaradorligini isbotladi. Bundan tashqari, amalda foydali nematodlar test rejimida 2 yil davomida ishlatilgan va ijobiy natijalar beradi.

🔬 Eʼtiborni tortgan ilmiy izlanishlardan yana biri Jiangsu Qishloq Xoʻjalik Akademiyasi olimlari tomonidan namoyi etilgan “Sholi oʻsimligining immunitet effektori va immunitetni tartibga solish mexanizmi” mavzusidagi taqdimot boʻldi.

🧪 Yana bir Xitoylik olim - “Gʻoʻza bargi zararkunandalaridan himoyalanishning molekulyar mexanizmlari” mavzusidagi ilmiy izlanishlari bilan oʻrtoqlashdi.

🌿 Shuningdek, sammitda “smart” pestitsidlar texnologiyasi namoyish etildi. Maʼlum boʻlishicha, “smart” pestitsidlar faqat zararkunandalar mavjud boʻlganda faollashib, “manzilli” taʼsir qilishi tufayli atrof-muhitga kamroq zarar yetkazadi. Yangi himoya vositalari murakkab molekulyar tuzilishi tufayli juda kam dozalarda ham yuqori biologik samaradorlikni taʼminlab, zararkunandalarni aniq nishonga oladi.

🤝 Sammit doirasida tadqiqot muallifi professor Kin Jianchun bilan ushbu texnologiyani Oʻzbekistonda joriy etish boʻyicha hamkorlik memorandumi tuzish hamda loyiha doirasida amaliyotga tatbiq etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda anor mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#infographic  #export  #anor

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Paxtadan unumli va sifatli hosil olish masalalariga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi

🌱 Gʻoʻzani defoliatsiya qilish moʻl va sifatli paxta hosilini yetishtirishdagi muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi. Shu munosabat bilan, O'simliklar karantini va himoyasi agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari X.Ergashev, Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov hamda tegishli mutasaddilar boshchiligida seminar tashkil qilindi.

👫 Seminarda paxta maydonlarida bugungi kundagi dolzarb masalalar hamda defoliatsiya tadbirlarini sifatli oʻtkazish yuzasidan fikrlar bildirilib, taklif va tavsiyalar tinglandi.

🌿 Shuningdek, gʻoʻza defoliatsiyasi tadbirini sifatli oʻtkazishda gʻoʻza navlarining biologik xususiyatlari, vegetatsiya davrining davomiyligi, iqlim sharoiti, qoʻllaniladigan defoliantlarning taʼsir etuvchi moddalari hamda sarflash meʼyorlariga amal qilosh lozimligi xususida atroflicha toʻxtalib oʻtildi.

💧 Shu bilan birga, defoliatsiya oʻtkazishdan oldin tuproq namligiga, tadbir davomida ishlatiladigan texnika va agregatlarning sozligiga alohida eʼtibor berish kerakligi haqida tushuncha va tavsiyalar berildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 18:24:58
Back to Top
HTML Embed Code: