Telegram Web Link
🇺🇿 Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik xalqaro tranzit yuk tashishda ortiqcha toʻlov yoki cheklovlardan xalos qilishini qayd etdi. Albatta, bu – raqobatdosh boʻlishimizga yana bir turtki beradi.

Umuman, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, tashqi bozorlarda munosib oʻrin topish uchun xalqaro standartlarga oʻtish kerakligi taʼkidlandi.

Masalan, pestitsidlar nazorati yoʻlga qoʻyilmas ekan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportini 2030-yilgacha 10 milliard dollarga yetkazish boʻyicha belgilagan marralarga erishib boʻlmaydi. Yetishtirayotgan mahsulotlarimiz bozorini topolmasdan nobud boʻlaveradi.

Shu bois, bu yil oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boʻyicha katta oʻzgarishlar rejalashtirilgan. Bu orqali karantin, veterinariya, sanepidemnazorat va standart tashkilotlarining takrorlovchi vakolatlari qisqaradi, tadbirkorlarni qayta-qayta tekshirishga chek qoʻyiladi.

Import o‘rnini bosadigan va eksportbop mahsulotlarni ko‘paytirish uchun zamonaviy texnologiyalar zarur. Bunday asbob-uskunalarga buyurtma berib, olib kelishga ko‘p vaqt ketadi.

Endilikda chetdan uskuna va butlovchi qism olib kelishda shartnoma muddati buzilmasa, muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lmasligi belgilandi.

Shuningdek, ko‘p tadbirkorlar eksport bo‘yicha QQSni qaytarishda ortiqcha to‘siq borligini aytmoqda. Soliq va bojxonani axborot tizimlari bir-biriga ulangan bo‘lsa-da, eksportni tasdiqlaydigan hujjat talab etilayapti.

Bundan buyon, bojxona organining eksportni tasdiqlovchi elektron ma’lumoti QQSni qaytarish uchun asos bo‘ladi, boshqa ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi.
Bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, saralash, qayta ishlash uskunalari va butlovchi qismlari olib kelinganda sertifikat olishga uch oy vaqt ketayapti.

Sababi, hududlarda sinovlarni to‘liq qamrab oladigan laboratoriyalar yo‘q. Hamma poytaxtga kelishga majbur.

Mutasaddilarga yil yakunigacha Namangan, Samarqand va Xorazmda sinov laboratoriyasi tashkil qilish topshirildi.

Yana bir masala – hozir tadbirkorlar elektron hisob-faktura va tovar-transport yuk xatini alohida 2 ta hujjat sifatida rasmiylashtirmoqda. Tadbirkor yuk xatiga 49 ta ma’lumotni majburiy kiritishi kerak.

Hamma sohaga raqamlashtirish kirib kelgan bir paytda, bunday amaliyotni bekor qilish vaqti kelgani ta’kidlandi. Endi bu hujjatlar yagona shaklga keltiriladi va faqat 4 ta ma’lumot kiritishni o‘zi yetarli bo‘ladi.
Eksportni keskin oshirish uchun yangi bozorlarga ko‘proq kirib borish kerak.

So‘rovlarda 30-40 foiz korxonalarimiz qaysi mahsulotga tashqi bozorda talab yuqori, qanaqa standart kerak, degan savollarga javob topishga qiynalishini aytgan.

Tashqi bozorda mahsulotlarimiz turining ko‘payishiga, eksportchi korxonalarimiz yangi bozorlarga kirib borishiga xizmat qiladigan tizim yaratiladi.

Bu borada chet elda biznes qilib, katta tajriba orttirgan vatandoshlarimiz va eksportchi korxonalarni bir-biri bilan bog‘lash katta samara berishi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga vatandoshlarimiz bilan yaqindan ishlab, ular bilan “savdo va investitsiya bo‘yicha maslahatchi” sifatida hamkorlik qilish, ularning taklif, tashabbus va loyihalariga ko‘maklashish topshirildi.
🍉 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda tarvuz mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

#Infographic #export #tarvuz

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Tez kunlarda g‘o‘za defoliatsiya qilinadi

🌱 G‘o‘zani defoliatsiya qilish (bargsizlantirish) mo‘l va sifatli paxta hosilini yetishtirishdagi muhim agrotexnik tadbir hisoblanadi. Bu tadbirni amalga oshirish evaziga qisqa almashlab ekish tizimida g‘o‘zadan so‘ng boshoqli ekinlarni o‘z vaqtida sifatli qilib ekib olish imkoniyati yaratiladi.

🌿 Defoliatsiya tadbiri sifatli va to‘g‘ri o‘tkazilganda barglarning to‘kilishi ta’minlanibgina qolmasdan, g‘o‘zadagi bo‘liq ko‘saklar 10-15 kun erta pishib yetiladi, 1-terim salmog‘i 15-20% ga oshib, yuqori sifatli xom-ashyo hajmi ko‘payadi.

Shuning bilan birgalikda, defoliant g‘o‘za kasalliklari va zararkunandalariga, ayniqsa qora shira tushgan maydonlarga samarali ta’sir etadi. Mazkur agrotadbir qora shirani keltirib chiqaruvchi g‘o‘za bitlariga barham berib, ko‘sak va tolaning chirishini kamaytiradi.

🗓️ Defoliatsiyani muddatida va sifatli o‘tkazilishi paxta terish mashinalarining samarali ishlashini va qo‘l terimida ish unumini 15-20 foizga oshishini ta’minlaydi, kuzgi boshoqli don ekinlarini sifatli ekib, erta undirib olishga qulay sharoit yaratadi.

🧪 Turli tabiiy va antropogen omillar ta’sirida ko‘saklar ochilishi kechikayotgan, ko‘chat siyrak bo‘lib ko‘proq ko‘sak hosil qilgan maydonlarda ko‘saklarni pishib yetilishini tezlashtiruvchi "Etefon" preparatlarini ko‘saklar 25-30% ochilgan davrda qo‘llash tavsiya etiladi. Qattiq ta’sir etuvchi defoliantlarga asosan xlorat magniy, xlorat natriy asosida ishlab chiqilgan defoliantlar (XMD 60%, Suyuq xloratmagniy 43%, O‘zDEF, Samara, Super XMD-s) kiradi.

🌟 Yumshoq ta’sir etuvchi defoliantlarga "Tidiazuron" + "Diuron" tarkibi asosida ishlab chiqilgan defoliantlar (Avguron-Ekstra, D.-Ekstra, Defon, Xim-Ekstra va b.) g‘o‘zaga yumshoq ta’sir etib, barglar yashilligicha to‘kiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇨🇳 Shinjon viloyatida o‘tkazilayotgan "Xitoy-Shinjon va Markaziy Osiyo qishloq xo'jaligi biologik xavfsizligi va o'simliklarni himoya qilish sammiti" doirasida, Shinjon Qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasida qishloq xo'jaligi fanlari nomzodi Otabek Sulaymonov tomonidan O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo'lib o'tdi.

🔰 Ma’ruzada Institutning asosiy vazifalari, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari va erishilgan yutuqlar, o'simliklar karantini va himoyasi sohasidagi dolzarb masalalar, yangi texnologiyalarni joriy etish va zararkunandalarga qarshi kurashish usullarini takomillashtirish borasida olib borilayotgan izlanishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌾 Zangiota tumanida 2025-yil hosili uchun ekiladigan boshoqli don mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

👫Unda hokimning Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari A.Xikmatov, O'simliklar karantini va himoyasi agentligi Zangiota tuman bo'limi xodimlari, soha olimlari, viloyat Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi xodimlari hamda tumandagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

💬Seminar davomida keyingi yil hosili uchun ekiladigan boshoqli don mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar hamda belgilangan ustuvor vazifalar xususida toʻxtalib o'tildi.

✔️Tadbir qatnashchilari soha mutaxassislari va olimlardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar hamda tegishli tavsiyalar berildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlar diqqatiga!!!
 
📣 Joriy yilning 1-avgustidan boshlab qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sifatli saralangan, kalibrlangan va qadoqlangan holda eksport qilgan tadbirkorlik subyektlari transport kompensatsiyasini toʻliq olish imkoniyatiga ega boʻladi.

🖥 Bunda, mahsulotni xorijiy bozorlarga eksport qilishda Agentlikning karantin.uz rasmiy veb saytida elon qilingan qadoqlash korxonalarining birida saralab, kalibrlab va qadoqlab bo’lgandan so’ng, bu haqda Oʻsimliklar karantini davlat inspektorini xabardor qilishin lozim.

🔰 Agentlik tomonidan rasmiylashtirilayotgan ichki fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirish uchun arizada:

1- Saralash, kalibrlash va qadoqlash korxona nomi hamda uning Agentlikdagi qadoqlash korxonalarining ma’lumotlar bazasidagi ro‘yxat raqami,
2- Mahsulot qadoqlangan korxonaning joyi,
3-Mahsulotni hajmi,
4-Saralash, kalibrlash, qadoqlash turi va uning soni,
5-Dalolatnomasi (qadoqlash korxonasi bilan eksportchi korxona o‘rtasidagi rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar to‘g‘risida) kabi ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi.

📑 Xalqaro Fitosanitar sertifikati namunasining 17-bandida (Qo‘shimcha ma’lumotlar) – saralash, kalibrlash va qadoqlash korxonasi nomi hamda uning Agentlikdagi qadoqlash korxonalarining ma’lumotlar bazasidagi ro‘yxati raqamini kiritilgan bosa xarajatlar to‘liq kompensatsiya qilinadi.

#Karantin_yangilik #kompensatsiya #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 - Ozbekiston vakillari osimliklar himoyasi bo`yicha xalqaro konferensiyada

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infographic #export

🧅 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda piyoz mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalar ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 16:33:57
Back to Top
HTML Embed Code: