Telegram Web Link
🇺🇿🇨🇳Xitoyda oʻtkazilgan muzokaralar samarali yakunlandi: 4 turdagi mahsulotni eksport qilish uchun Bayonnoma imzolandi

Kun avvalida xabar berganimizdek, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Xitoyda ishchi tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turibdi. Tashrif davomida Agentlik rahbari Bosh Bojxona maʼmuriyati vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

🖋 Tomonlar Xitoyga eksport qilinadigan mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish boʻyicha hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar. Bugungi kunda Chin mamlakatiga 22 turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini fitosanitariya sertifikati asosida eksport qilish imkoniyati mavjud. 900 dan ortiq korxona Xitoy reyestriga kiritilgan boʻlib, Oʻzbekiston eksportni rivojlantirish yoʻnalishida faollik koʻrsatayotgan davlatlardan biri ekanligi eʼtirof etildi. Bunday ijobiy oʻzgarishlarda ikki mamlakat rahbarlarining oʻzaro doʻstona munosabatlari va ishonchi asos boʻlayotgani alohida qayd etildi.

📢 Muzokaralar davomida yana 4 turdagi mahsulotni eksport qilish huquqini beruvchi Bayonnoma imzolandi. Endi Oʻzbekiston tadbirkorlari fitosanitariya sertifikati asosida oʻrik, nektarin, olxoʻri va za'faron mahsulotlarini Xitoy talabiga rioya qilgan holda eksport qilish mumkin.

🤝 Agentlik rahbari eksportni jadallashtirish maqsadida qisqa fursatlarda 4 turdagi mahsulotni eksport qiluvchi korxonalar reyestrini shakllantirilishini maʼlum qildi, Xitoy tomoni oʻz navbatida roʻyxatni koʻrib chiqish hamda reyestrni tasdiqlashni tezlashtirishga vaʼda qildi.

🍈 Shuningdek, qovun eksport qiladigan korxonalar reyestriga Surxondaryo viloyatidagi korxonalar ham kiritiladigan boʻldi. Bugungi kunga qadar Xitoyga bunday imkoniyat faqatgina Xorazm, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatdagi korxonalarga taqdim etilgandi.

🍇 Yangi uzilgan uzum va bodom eksporti uchun yetishtiruvchi korxonalarning reyestrga kiritilishi maqsadida Xitoy mutaxassislari tashrifi amalga oshirilib, inspeksiya oʻtkazilishi belgilangan edi. Bosh Bojxona xizmati Agentlik mutaxassislariga ishonch bildirib, videotranslyatsiya shaklida inspeksiya oʻtkazishga kelishildi. Jarayon natijasiga koʻra, uzum va bodom eksportini ham boshlash mumkin boʻladi.

📱Eʼtibor qaratilgan mavzulardan yana biri Agentlikning e-Phytouz avtomatlashtirilgan tizimining Xitoy platformasi bilan to’g’ridan-to’g’ri integratsiyasi masalasi boʻldi. Mazkur yoʻnalishdagi rejalarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekistonlik mutaxassislarning Xitoyga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi. Natijada hujjatlar almashinuvini tezlashtirish, chegara maskanlarida yuk qolib ketishi, qalbaki sertikifatlar rasmiylashtirilishining oldin olinadi.

🖊 Shuningdek, ilmiy yoʻnalishda hamkorlikni kuchaytirish masalasi ham koʻrib chiqildi. Bunda yangicha yondashuv asosida eksport\import operatsiyalarida ishtirok etadigan mutaxassislarning malakasini oshirishi uchun kurslar oʻtkazilishiga kelishildi. Inspektorlar avia, temir yoʻl va yuk mashinalari postlarida jarayonlarni oʻrganish, fumigatsiya tizimidagi yangi texnologiyalar bilan tanishishi, ichki karantin xizmati inspektorlari esa mahsulotni eksportga tayyorlash, dalalar va bogʻlarda fitosanitar nazorat va tahlillarni toʻgʻri olib borish bosqichlari bilan tanishish imkoniga ega boʻladilar.

🌱 Maʼlumki, yangilik sifatida ilk bora gʻoʻza maydonlariga Xitoy navlari qadaldi. Shu sababli hamkorlikning alohida tarmogʻi sifatida gʻoʻzani zararli organizmlardan himoya qilish, sifatli feromonitoring olib borish, dala nazorati kabi yoʻnalishlar belgilandi.

🍉 Istiqbolda tarvuz, piyoz, xurmo, olma va bodring mahsulotlariga fitosanitar ruxsatnoma olish jarayonlarini tezlashtirishga kelishib olindi. Shuningdek, aloihad departament tomonidan tariq mahsulotiga fitosanitar ruxsatnoma olish uchun muzokaralar olib borilishi borasida ham kelishuvga erishildi.

‼️ Fitosanitar ruxsatnoma olingan 4 turdagi mahsulot: oʻrik, nektarin, olxoʻri va za'faronni Xitoyga eksport qilish bilan bogʻliq talablar Agentlikning rasmiy manbalarida eʼlon qilinadi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yosh eksportchilar" loyihasida ishtirok etmoqchi bo‘lgan yana bir guruh yoshlar bilan suhbat o‘tkazildi!

🔥 E’tiroflisi, nomzodlarning aksariyati haqiqatdan ham katta salohiyatga ega, soha bo‘yicha tushuncha va tasavvuri bor. Muhimi – o‘rganishga, rivojlanishga va eksport-import masalalarida o‘z hissasini qo‘shishga tayyor!

🖊 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yosh fermerlari Kengashi hamda “Ibrat farzandlari” hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihaga kelgusi haftada start beriladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
0,5 kg loviya - $2,5, uzum - $5,7dan salkam $7gacha, gilos - $92 — Xitoy bozorlarida narx-navo qanday?

O'simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev O'zbekistonning XXRdagi elchixonasi vakillari bilan birgalikda Xitoyning ulgurji bozorlarida mahsulotlar assortimenti, talab va takliflarni o'rgandi.

“Xinfadi Market” — qishloq xo'jaligi mahsulotlariga ixtisoslashgan yirik ulgurji bozor bo'lib, bu yerda asosan xitoylik yetishtiruvchilar o'z mahsulotlariga xaridor izlashadi.

Agentlik rahbari boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari bozor konyukturasini o'rganishga, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining qadoqlanishiga, markirovkalanishi, yuklanishi kabi jihatlariga asosiy e'tiborni qaratdilar. Aksariyat meva va sabzavot yetishtiruvchilar o'z brendi logotipi tushirilgan gofra qog'ozli qutilarni afzal bilishmoqda. Plastik qadoqlardan ham foydalanilayotgani kuzatildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔰Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Xitoy supermarketlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxlarni oʻrgandi

Mamlakatimizning XXRdagi elchixonasi vakillarining ko’magida Xitoydagi qishloq xoʻjaligi mahsulotdariga ixtisoslashgan ulgurji bozorlari bilan bir qatorda yirik savdo markazlari konyukturasi ham tahlil etildi.

🗺Navbatdagi manzil — Pekinning eng yirik “Walmart” savdo markazi boʻlib, bu yerda yakuniy isteʼmolchi uchun mahsulotlar taqdim etilgan.

💵 Eʼtiborlisi — oʻlchab sotiladigan meva-sabzavotning narxi arzon. Biroq qadoqlangan, isteʼmolchi uchun qulay boʻlgan koʻrinishga keltirilgan mahsulotlarning narxi 2-3 barobar qimmat. Shuningdek, saralangan, kalibrlangan mahsulotni sotib olishga xaridorlarning ham ishtiyoqi baland.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇷🇺🇺🇿 Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiya shu kunlarda Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalarini muhokama etilmoqda.

Fitosanitariya yo’nalishida munosabatlarni mustahkamlash, qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirishda rioya etilishi zarur bo’lgan talablar, laboratoriya tahlillari bo’yicha mutaxassislar malakasini oshirish masalalari yuzasidan Buxoro viloyati O’simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig’i Otabek Muxtorov Rossiya tomoni bilan muzokarakar olib bordi.

Muloqot samarali yakunlanib, oziq-ovqat xavfsizligi, eksport va import yo’nalishida bir qator kelishuvlarga erishildi.

Tashrif doirasida Ivanovo, Penza va Qozon shaharlarida Rosselxoznadzor xizmati faoliyati bilan tanishilib, laboratoriya tahlillari olib borilishi, yuk mashinalarida olib kelingan mahsulotlar nazorat jarayonlari yuzasidan tajriba almashildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿2024-yil 27-oktabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi o‘tkaziladi.

Ilk bor muhim siyosiy jarayon aralash saylov tizimi asosida bo'lib o'tadi.

#saylov

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fitosanitar xavfga ega yuk to'xtatib qolindi!

🗺 Buxoro viloyati Olot tumanidagi O'KChMda Turkmaniston Respublikasidan kirib kelgan fuqaro qo'l yukida yuqori fitosanitar xafvga ega mahsulot aniqlandi.

🦮Inspektor-kinolog tomonidan Maks laqabli maxsus o'rgatilgan xizmat iti yordamida yo'lovchining yuklari karantin nazoratidan o'tkazilganda 11 kilogramm zira urug'i, 14 ta qadoqda turli ziravorlar olib o'tilayotganligi aniqlandi.

Fitosanitar xavfga ega yukka yo'lovchi fitosanitar sertifikat hamda karantin ko'rigi dalolatnomasini taqdim eta olmagan. Holat yuzasidan "e-Phytouz" yagona platformasi orqali xabar berilib, yo'lovchiga karantin mahsulotlarini olib o'tish bilan bog'liq talablar tushuntirildi.

Eslatib oʻtamiz, gul, koʻchat, oʻsimlik ildizlari, tuganak, urugʻ, piyozbosh va boshqa turdagi ekish materiallari yuqori xavfga ega karantin osti mahsuloti hisoblanadi.

⚡️ Laboratoriya sharoitida tekshirilmagan, xavfsizligi haqida dalolat beruvchi fitosanitariya sertifikatiga ega boʻlmagan bunday mahsulotlar zararli organizmlar tashuvchisi boʻlib, mamlakatimizning yashil olamiga katta xavf tugʻdiradi. Shu sababli oʻsimlik namunalari va ekish materiallarini qoʻl yukida olib oʻtish, pochta va kuryerlik jo'natmalari orqali joʻnatish qatʼiyan man etiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 19:29:46
Back to Top
HTML Embed Code: