Telegram Web Link
⚡️Eksportchi korxonalar uchun!

🚛 Transport logistika korxonalar roʻyxati, hududlar kesimida ma'lumot, telefon raqamlar

🔰 O'simliklar karantini va himoyasi agentligining Markaziy eksport shtabi masʼul xodimlarining telefon raqamlari

🏛 Oʻzbekiston Eksportchilari uyushmasi masʼul mutaxassislari telefon raqamlari taqdim etilmoqda

Tadbirkorlar savol, taklif, murojaatlari yuzasidan yuqorida keltirilgan masʼullar bilan bogʻlanishlari mumkin

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍇Tokning kulrang chirish kasalligi

Tokning kulrang chirish kasalligini
 Botrytis cinerea zamburug‘i qo‘zg‘atadi.

🌿Kasallik tokning barg, novda, to`pgullar va uzum boshlarini zararlaydi. Zararlangan ba’zi barglarning chetida, shingildagi gul va meva bandlarida qizg‘ish-qo‘ng‘ir nekrotik dog‘lar paydo bo‘ladi, barglar, bandlar to‘kilib ketadi.Kasallik zarari tufayli hosilning 30-70 foizini yo‘qolishi mumkin.

🌱Biologik kurash choralari: tokning gullashdan oldin Trichoderma asperellum (Orgamika F-2,0 l/ga) va gullashdan va 2 xaftadan keyin  Bacillus amiloliquefaciens (Orgamika S-2,0-3,0 l/ga) asosli biologik preparatlarini qo‘llash mumkin.

🚻 Kimyoviy kurash choralari: kasallikning dastlabki belgilari boshlangan davrda ta’sir etuvchi moddasi siprodinil, tiofanat-metil asosli fungitsidlardan birini qo‘llash tavsiya etiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yosh eksportchilar" loyihasiga start berildi!

Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan 80 nafar yigit-qiz bir hafta
davomida "Yoshlar" oromgohida bilim va ko'nikmalarini oshiradi.


🖊 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yosh fermerlari Kengashi hamda “Ibrat farzandlari” hamkorligida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida soha mutaxassislari, tajribali tadbirkorlar, xalqaro ekspertlar eksport\import masalalari bo'yicha tajribasi bilan o'rtoqlashadi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2024_yil_1_avgustdan

🖋 Qonunchilikka koʻra, Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha klasterlar taʼsischilarining shaxsiy kafilligi qoʻshimcha ravishda rasmiylashtiriladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Xitoyga yana 4 turdagi mahsulot eksporti uchun fitosanitar ruxsatnoma olindi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KOICA: dehqon katta salohiyatga ega, tizim yaxshi shakllangan

Bugun Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligida KOICA vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Eʼtibor qaratilgan asosiy mavzu – eksportbop mahsulotlar yetishtirish.

📆 Maʼlumot oʻrnida qayd etish lozim, 29-30-iyul kunlari KOICA mutaxassislari Namangan viloyatida boʻlib viloyatning qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida eksport salohiyatini oʻrgandi. Muloqotda oʻrganishlar natijasi muhokama etildi.

📁 Xalqaro ekspertlar dastlabki kuzatuv natijalariga koʻra, eksportbop mahsulot yetishtirishning muhim shartlaridan biri toʻgʻri nav tanlovi ekanligini qayd etdilar. Shuningdek, mahsulot yetishtirishda toʻgʻri kuzatuv olib borish, saralash, kalibrlash, qadoqlash va yakuniy bosqich – marketingga urgʻu berish muhimligiga eʼtibor qaratildi.

🍑 Masalan, Namanganda yetishtirilayotgan shaftoliga Janubiy Koreyada talab bor. Biroq mevasi kichik navga ehtiyoj yoʻq. Bunda ilmiy yondoshuv asosida yangi navlarni yaratish taklif etildi. Umuman olganda Oʻzbekiston iqlim, yer unumdorligi, yogʻingarchilik meʼyorida boʻlishi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun qulay sharoitga ega. Koreya Respublikasida bu borada imkoniyatlar cheklanganligi aytib oʻtildi.

☘️ Shuningdek, tomonlar oʻsimliklar karantini va himoyasi yoʻnalishida mutaxassislarni tayyorlash, toʻgʻri metodologiyani joriy etish asosida eksport hajmini oshirish masalalarini muhokama etdilar. Koreya Respublikasida mavjud amaliyot asosida tajriba tariqasida har bir mahsulot turi boʻyicha alohida uyushmalar tashkil etilib, eksportga koʻmaklashish taklif ilgari surildi.

🤝 Muhokama etilgan yoʻnalishlar yuzasidan hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.

#KOICA #xalqaro_hamkorlik #export

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢📢 Ayni damda Nukus shahrida O'simliklar karantini va himoyasi agentligi, Ekportchilar uyushmasi, Uztest davlat muassasasi, shuningdek, eksportchi korxona rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirokida qishloq xo'jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish masalalariga bag'ishlangan ochiq muloqot bo'lib o'tmoqda.

📈 O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Bobur Xamrayev ishtirokidagi tadbirda tadbirkorlarning eksport qilishda duch kelayotgan muammolarini o'rganilmoqda.

#live #export #ochiq_muloqot

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

Prezidentning tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida eksport bilan shugʻullanuvchi korxona vakillari ishtirokida muammoli masalalar va ularning yechimi boʻyicha takliflarni shakllantirish maqsadida biznes muloqot boʻlib oʻtmoqda. Unda sohaga oid vazirlik va idoralar rahbarlari hamda vakillari, jumladan O'simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev mavjud muammolar yechimi, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashmoqda.

Uchrashuv jonli efirda translyatsiya qilinmoqda

#live #export #ochiq_muloqot

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 13:42:31
Back to Top
HTML Embed Code: