Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yig‘ilishda sohaga ipak qurtini parvarishlash, kasallikdan saqlash agrotexnikasi va innovatsiyalari kirib kelmagani hisobiga urug‘dan pilla olishda yo‘qotishlar saqlanib qolayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, dunyoda ipak mahsuloti importini 45 foizi to‘g‘ri kelayotgan Yevropa bozoriga chiqish muhimligi qayd etildi.
Eksportda ipakdan tayyor mahsulot ulushini, jumladan, pillani chuqur qayta ishlab, tayyor ipak mahsulotlari, mato va uy tekstili ishlab chiqaradigan quvvatlarni ko‘paytirish zarur.
Pillachilik uchun ozuqa bazasi bo‘lgan tutzorlarda yangi navli hosildor tut ekishini kengaytirish muhim. Bizdagi 1 million gektarga yaqin paxta maydoniga bir-ikki qatordan tut ekilsa, 50-60 ming tonna ozuqa zaxirasini shakllantirish mumkin.
Yig‘ilishda ipak olishning muqobil usullarini yo‘lga qo‘yish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, Xitoyda kanakunjut qurtini parvarishlab, ipak olish keng yo‘lga qo‘yilgan.
Bu yangi yo‘nalishni o‘zimizning iqlim sharoitimizdan kelib chiqib tatbiq qilish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga kanakunjut o‘simligi va qurti urug‘larini olib kelib, Ipakchilik institutida sinov ishlarini boshlash topshirildi.
Umuman, hokimlar va soha mutasaddilariga pilla mavsumini sifatli tashkil etib, hosil yo‘qotishsiz yig‘ib olinishini ta’minlash bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
- 8 ta yoʻnalish boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqilishi;
- boshqaruv xodimlari va mutaxassislarning Koreya va Oʻzbekistonda malakasi oshirishi;
- 6 ta oʻsimliklar karantini chegara punkti, 5 ta hududiy laboratoriya, Oʻsimliklarni karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutini zaruriy jihozlar bilan taʻminlash koʻzda tutilgan.
#Karantin_yangilik #KOICA #xalqaro_hamkorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM