Telegram Web Link
🦗 Zararli chigirtka: Navoiy viloyatida qarshi kurash tadbirlari boshlandi

🗺 Dastlabki manzillardan biri Konimex tumani boʻlib, mazkur tumanda asosan saksovulzorlarda marokash va saksovul chigirtkasi tarqalgan.

Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati mutaxassislari tomonidan Beshquduq ovuli hududidagi yaylovlarda kimyoviy vositalar bilan ishlov berildi.

➡️ Maʼlumot uchun, hududlarda chigirtka tarqalishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga mahalliy hokimliklar ham masʼul boʻlib, aniqlangan hududlar boʻyicha tezkor shtab maʼlumotlari asosida ishlar tashkil etib kelinmoqda.

🕓 Hudud iqlimi tufayli Navoiy viloyatida zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari kechroq boshlanadi. Hududda 2024-yilda 39 103 gektar maydonda kimyoviy ishlov berish bashorat qilingan boʻlib, bugungi kunda 1820 gektar maydonda ishlov oʻtkazildi.

🔔 Kurash tadbirlari 4 ta yuqori unumli maxsus avtomashina, 6 ta traktor purkagichlari, 20 dan ortiq motorli purkagichli qoʻl apparatlari yordamida olib borilmoqda.

#dolzarb #chigirtkaga_qarshi_kurash

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍒 Bahorgi gilos eksportga tayyor

🔰 Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev Fargʻona viloyatida bogʻ va dalalarda eksportbop mahsulotlarning yetishtirilishi, fitosanitar talablarga amal qilinishi va dehqon hamda fermerlarga koʻmaklashish maqsadida viloyatdagi vaziyat bilan tanishmoqda.

🖊 Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tomonidan qishloq hoʻjaligi va oziq-ovqat eksporti hajmini oshirish borasida Agentlikka topshiriq berilib, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida hududlarda Agentlik rahbari boshchiligidagi ishchi guruh oʻrganishlarni davom etmoqda.

🗺 Farg’ona viloyatining Quva va Toshloq tumanlarida ertapishar gilos tayyor. Bahor gilos nomi bilan bogʻbonlarga tanish bu navdagi mevaning ilk hosili Rossiya Federatsiyasiga joʻnatishga moʻljallangan.

‼️ Shuningdek, Xitoy va Janubiy Koreya bozorlarining talabi oʻrganilib, fitosanitar choralarga rioya qilgan holda 10-maydan eksportni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.

◽️ Asosiy eʼtibor mahsulotlarni qadoqlash masalasiga ham qaratilib, bunda xalqaro bozor tendensiyalarini bosqichma-bosqich joriy etishning ahamiyati tushuntirilmoqda.

#export #gilos

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Majlisda fitosanitariya talablari yengillashtirilishiga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda muhokama qilindi. Mazkur qonun loyihasi bilan “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi qonunga fitosanitariya mahsulotlarini import qiluvchilarga yengillik berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

#qonunchilikdagi_yangiliklar

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 22:12:22
Back to Top
HTML Embed Code: