➡️ Amaldagi tartibga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni olib kirishga
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan berilgan karantin ruxsatnomasi hamda eksport qiluvchi mamlakatning vakolatli davlat organlari tomonidan beriladigan fitosanitar
sertifikati yoki guvohnomasi bo‘lgan taqdirdagina ruxsat beriladi.➡️ Ushbu hujjat taqdim etilmagan taqdirda,
mahsulotlar davlat chegarasida turib qolishi, ortiqcha xarajatlarning ko‘payishi importyor-tadbirkorlarimizga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bu kabi holatlar fitosanitariya mahsulotlarini olib kirish talablarini
yanada soddalashtirish hamda milliy qonunchilikni xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirishni taqozo etmoqda.
➡️ Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur qonunning 29-moddasiga tegishli o‘zgartirish kiritilmoqda. Ya’ni, o‘simliklar karantini va ularni himoya qilish bo‘yicha
davlat organlariga ega bo‘lmagan yoki xorijiy mamlakatlarda fitosanitariya sertifikati (guvohnomasi) talab etilmaydigan, shuningdek, xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga fitosanitar xavfi past bo‘lgan karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishga ularning har bir turkumiga alohida-alohida beriladigan
karantin ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yilishi belgilanmoqda.
🖊 Mazkur
qonun loyihasining qabul qilinishi fitosanitariya talablarini yengillashtirish orqali tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
✔️ Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.#qonunchilikdagi_yangiliklar🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter