Telegram Web Link
🟢 Qishloq xo‘jaligida yuqori va sifatli hosil olishda agrotexnik tadbirlarning o‘rni kattadir. Bugungi kunda bir tekis unib chiqqan  nihollarni  dastlabki 20–25 kunlik davrida to‘g‘ri parvarishlash paxta hosilining 80 foiz qismi yaratilishiga zamin bo‘ladi. Shu maqsadda joriy yilning 23-aprel kuni To‘rtko‘l tumanidagi "Namunali Timur" fermer xo‘jaligida g‘o‘za qator oralariga birinchi ishlov berish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

✍️ Ushbu seminarda To‘rtko‘l tumani hokimi R.Shamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi  O‘simliklar karantini ilmiy tadqiqot instituti direktori D.Ubbiniyazov, sektor rahbarlari, fermer xo‘jaligi rahbarlari hamda tegishli soha mas’ullari ishtirok qildilar

💬 So‘zga chiqqan mas’ullar dala madaniyatiga e’tibor qaratish, agrotexnik tadbirlar asosida ishlov berish ahamiyati haqida yig‘ilganlarga keng turda tushuntirdilar.

Ko‘rgazmali seminarda suv tejovchi texnologiyalar qishloq xo‘jaligida zarur bo‘lgan biolaboratoriya usulida yetishtirilayotgan entomofag hasharotlar, kimyoviy o‘g‘itlar hamda ko‘chatlar ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.

#Karantin_yangilik #seminar #muammo_yechim


🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18:00:00-19:00:00
RADIO 24
#Yangilik #Radio

📻 "O'zbekiston 24 radio"

“Dolzarb 30 kunlik” nazorat tadbirlari davom etmoqda.👆🏻

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK —  G‘alla parvarishida dolzarb palla👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika agrokimyoviy tahlil markazi ishtirokida Namanganda amaliy seminar o‘tkazildi

✍️ Davlatimiz rahbarining Agentlikka tashrifi doirasida tuproq agrokimyoviy tahlil yo'nalishidagi so'nggi tadqiqotlar va ularning qishloq xo'jaligiga ta'siri taqdim etilib, ilg'or tajribalarni aholiga yetkazish zarurligi ta'kidlangan edi.

👫 Mamlakatimizning ekin maydonlarida davom etayotgan qizg'in pallada topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida hududlarda mahallalar kesimida samarali uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Navbatdagi seminar Namangan tumani "Beshkapa" mahallasida bo'lib o'tdi.

💬 Aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, "Sayhunobod" va "Uychi" tumanlari tajribalarini ommalashtirish hamda aholi tomorqalarida tuproq agrokimyoviy tahlilarini o‘tkazish orqali hosildorlikni oshirish, ekologik sof mahsulotlarni yetishtirish masalalariga e'tibor qaratildi. Bu esa o'z navbatida nafaqat mahalliy, balki jahon bozorlarida ham meva-sabzavotlarga talabni oshiradi. Demak, asosiy maqsadlardan biri — eksport hajmini oshirishga ham erishiladi.

#Karantin_yangilik #seminar #tuproq_tahlil

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 22:28:38
Back to Top
HTML Embed Code: