Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining faoliyati va rejalari bilan tanishdi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 mart kuni O‘simliklar karantini va himoyasi agentligida bo‘lib, sohadagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi 👆

#Karantin_yangilik
#Mirziyoyev #tanishuv #agentlik #karantin

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida investitsiyalarni jalb qilish va eksportni ko‘paytirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi va ushbu sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot boshlanadi.
Prezident raisligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investitsiyalar va eksportni ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Davlatimiz rahbari bundan buyon yig‘ilishlar har bir soha korxonalari vakillari bilan uchrashuv tarzida, ularni qiynayotgan masalalarga yechimlari bilan o‘tkazilishini ta’kidladi.

O‘tgan yili 23 million tonna
meva-sabzavot yetishtirildi, oziq-ovqat sanoatida 86 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Hisob-kitobga ko‘ra, buncha mahsulotni o‘zidan 5 milliard dollarlik eksport qilsa bo‘ladi.

Lekin iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi komplekslari mutasaddilari va hokimlar ishni to‘g‘ri tashkil qila olmagani, eksportchilar muammosini hal qilmagani uchun eksport 2 milliard dollardan oshmagani qayd etildi.
Yig‘ilishga eng faol 100 dan ziyod eksportchi-tadbirkorlar va logistika korxonalari vakillari taklif qilingan.

Prezident topshirig‘iga muvofiq, ularning muammolari va takliflari o‘rganildi.

Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarga “soha uchun yana qanday sharoit kerak, joriy yilda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat eksportini 3,5 milliard dollarga yetkazish uchun nimalar zarur” degan savollarga birgalikda javob topishni taklif qildi.

Prezidentimiz sohadagi muammolarga to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, o‘tgan bir yilda Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur, Kolumbiya, Indoneziya kabi 10 dan ortiq yangi bozorlarga chiqildi, mahsulotlarimiz eksport qilinadigan mamlakatlar soni 85 taga yetdi.

Lekin, eksportning 80 foizi 5 ta davlat bozoriga to‘g‘ri kelayapti. Ya’ni, qishloq xo‘jaligi eksportini asosiy qismini “kilosiga 1 dollardan past narxda bo‘lgan bozorlar” tashkil qilmoqda.

O‘tgan yili 52 ta mamlakatga 126 ming tonna uzum eksport qilingan bo‘lsa, shundan 98 ming tonnasi 12 ta davlatga kilogrammi 1 dollardan kam narxda sotilgan.

Eng xaridorgir mahsulotlarimiz bo‘lgan gilos, shaftoli, xurmo, o‘rik, olcha, olxo‘ri, anjir, anor, bodom, loviya, mosh eksportida ham shu ahvol.

Eng ko‘p eksport bo‘ladigan 10 turdagi mahsulotning ulushi jami meva-sabzavot eksportida 60 foizni tashkil qiladi.

O‘rganishlar davomida tadbirkorlar qayd etganidek, tannarx balandligi, ayrim “uddaburonlar” daromad ortidan quvib, qadoqlashda sifatsiz mahsulot qo‘shib yuborayotgani oqibatida tashqi bozorda O‘zbekiston mahsuloti nufuziga putur yetmoqda.

Yoki, 1 mingta eksportchi korxonaning ko‘p million dollarlik muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bor. Jumladan, 33 ta tumanda eksportdan debitor qarzdorlik qolgan hududlardan ancha yuqori.
Yig‘ilishda 1 million gektar g‘alladan bo‘shaydigan maydon, 508 ming gektar aholi tomorqasi, 260 ming gektar odamlarga bo‘lib berilgan yerlar imkoniyatidan to‘liq foydalanilmayotgani qayd etildi.

Masalan, 16 ta tuman umuman meva-sabzavot eksport qilmagan. Yoki, paxta ekmaydigan 28 ta tumanda eksport ko‘rsatkichlari qoniqarsiz. Ushbu tumanlarda mahsulot yetishtirish, saqlash, saralash va sotish bo‘yicha eksportchilar hamda dehqonlar o‘rtasida kooperatsiya tizimli yo‘lga qo‘yilmagan.

Shu munosabat bilan meva-sabzavot eksportiga bee’tibor bo‘lgan tuman hokimlari, qishloq xo‘jaligi va eksport bo‘yicha o‘rinbosarlariga qat’iy e’tiroz bildirildi.

Bu yil hududiy dasturlar doirasida respublika bo‘yicha oziq-ovqat yo‘nalishida 833 million dollarlik 528 ta loyihani ishga tushirish reja qilingan. Lekin, 14 ta tumanda oziq-ovqat bo‘yicha birorta loyiha yo‘qligi tanqid qilindi.

Bu yili oziq-ovqat sanoatida kamida 100 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 1 milliard dollar eksport qilish reja qilingan.

Lekin, oziq-ovqat yo‘nalishidagi ayrim korxonalar aylanmasi uchun mablag‘ ola olmagan, ayrimlari sifat bo‘yicha raqobatga bardosh berolmagan, tejamkor texnologiya o‘rnatmagani uchun tannarx baland bo‘lgan.

Shu kabi, oziq-ovqat yo‘nalishidagi 20 ta yirik korxona xom ashyo yetishmasligi, mahsulotiga bozor topish va aylanma mablag‘ muammolari sababli quvvatlarini yarmini ham ishlatayotgani yo‘q.

Mutasaddilar, hokimlar yangi loyiha qilish uyoqda tursin, tayyor korxonalarga ko‘mak berishni o‘ylamayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Bir haqiqatni aniq tushunib olish zarur. Inflyatsiyani jilovlash va valyuta barqarorligini ta’minlash eksport bilan chambarchas bog‘liq.

Qanchalik ko‘p mahsulot ishlab chiqarmaylik, eksport uchun kerakli shart-sharoitni yaratmasak, o‘zgarish bo‘lmaydi. Shuning uchun, qanday tashabbus bo‘lsa, barchasini eshitishga tayyorman,
- dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini eshitdi.

Muloqotda eksportni an’anaviy bozorlardan yuqori narxda mahsulot sotib oluvchi davlatlarga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari bu fikrni qo‘llab-quvvatlab, bunday bozorlar bilan ishlashni kuchaytirish muhimligini qayd etdi. Jumladan, Yaponiyada savdo uyini akkreditatsiya qilish va ijara to‘lovining kompensatsiya masalasini hal qilish topshirildi. Germaniya, Vengriya, Polsha, Ispaniya, AQSH va Qozog‘istondagi savdo uylari ham tadbirkorlar boshqaruviga beriladi.

Bundan tashqari, eksport uchun yangi istiqbolli bozorlar bo‘lgan Mersin (Turkiya), Rotterdam (Niderland), Sindao (Xitoy), Klaypeda (Litva), Doha (Qatar) kabi yirik port shaharlarda savdo uylarini ochish zarurligi qayd etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarida investitsiyalar jalb qilish hamda eksportni ko‘paytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK —Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalarida investitsiyalar jalb qilish hamda eksportni ko’paytirish masalalari muhokamasi bo’yicha videoselektor yig’ilishi o’tkazildi 👆

#Karantin_yangilik #Mirziyoyev #tanishuv #agentlik #karantin

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda qulupnay mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market” 👈

#Infographic #export #qulupnay

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/19 22:10:48
Back to Top
HTML Embed Code: