Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴   #diqqat_yangilik   #mobil_ilova

🔰 Endi siz zarurat bo‘lganda birgina telefon orqali o‘zingizga kerak bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun “Agroko‘makchi” mobil ilovasining o‘zi yetarli.

📱 Mobil ilovada

zararli organizmlar, begona o‘tlar haqida batafsil ma’lumot;
ularga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalar;
sinov va ro‘yxatdan o‘tgan o‘simliklarni himoya qilish vositalari va mineral o‘g‘itlar;
eksport uchun ochilgan bozorlar;
hududlarda faoliyat yuritayotgan biolaboratoriyalar;
tuproqni agrokimyoviy tahlilini o‘tkazuvchi laboratoriyalar;
o‘simlik klinikalari;
qadoqlovchi korxonalar va boshqa foydali ma’lumotlar jamlangan.

📍 Xarita orqali zararlangan maydonni belgilab, karantin inspektorini chaqirishingiz va uning faoliyati haqida “Inspektorni baholash tizimi” orqali izoh qoldirishingiz mumkin.

📱  "Agroko'makchi" ilovasini  📱 Play market va 
📱 App store platformalaridan yuklab olishingiz mumkin.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — Chegaradan noqonuniy olib o'tilayotgan karantin osti mahsulotlari to'xtatib qolindi👆

#Karantin_yangilik  #import

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Pomidorning tuproqqa talabi

🍅 Pomidor o‘simligi mexanik tarkibi yengil, unumdor, loyqa o‘tirgan yerlarda, shuningdek, soz tuproqli va yaxshi o‘g‘itlangan qumloq tuproqli yerlarda, tarkibida 5% gumus bo‘lgan tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Mexanik tarkibi og‘ir yerlar va sho‘rlangan yoki botqoqlangan yerlarda unchalik yaxshi o‘smaydi.

🌲 Pomidorning tuproq unumdorligiga bo‘lgan talabi ham katta. Pomidor uchun eng yaxshi o‘tmishdosh sifatida bodring, poliz ekinlar, qovoqcha, ertagi karamdan keyin ekilsa, maqsadga muvofiqdir.

ℹ️Pomidor ildiz tizimining asosiy qismi yerning 25-30 sm qismida joylashgan, shuning uchun uning tuproq namligiga bo‘lgan talabi juda kuchlidir. Amal davrining birinchi yarmida tuproq namligi 75-80%, mevasi shakllana boshlaganda esa 65-70% atrofida, nordonlik (рН) 6,5-7,0 bo‘lishi lozim. Sho‘rga o‘rtacha chidamli, neytral yoki kuchsiz sho‘rlangan yerlarda yaxshi o‘sadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik nutqi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eksportyor korxonalar vakillari va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish va eksport qiluvchi korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash hamda tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish maqsadida 20-mart kuni uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev rahbarligida o‘tkazilgan uchrashuvda eksport jarayonlarida transport va logistika masalalari, korxonalar faoliyati davomida duch kelayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ko‘rilgan masalalarning yechimi yuzasidan ishchi guruh tashkil etan holda aniq takliflarni ishlab chiqishga kelishib olindi. Eksportyor korxonalarga amaliy yordam berish va mavjud muammolarga yechim topishga qaratilgan bu kabi muloqotlarni muntazam ravishda o‘tkazilishi belgilandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥🖥🖥 MTRK — Bog'larda agrotexnik tadbirlar👆

#Karantin_yangilik #agrotexnik_tadbir

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

📔 Qonunchilikka koʻra, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yoʻnalishida tomorqa yer egalariga 3 million soʻmgacha mikrokreditlar berilishi hamda ushbu mikrokreditlar yagona elektron platforma orqali ajratilishi belgilangan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifini Yangi Namangan tumanidagi “Gavhar grup” korxonasi faoliyati bilan tanishuvdan boshladi.
16:00:00-17:00:00
RADIO 24
#Karantin_yangilik #Radio

📻 "O'zbekiston 24"

🖥🖥🖥 Zahira omborlarining fitosanitar holati o’rganilib, zaruriy choralar ko’rilmoqda 👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

🟢 2024 yil 26-mart kuni soat 12-00 da AOKAda "O'simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar" yuzasidan MATBUOT ANJUMANI bo'lib o'tadi.

😄 OAV vakillari va blogerlarni ushbu matbuot anjumaniga taklif etamiz!

#matbuot_anjumani #hisobot #AOKA

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent aeroportida noqonuniy olib o‘tilayotgan ekish materiallari to‘xtatib qolindi

🛡 Bahor agrar sohada muhim palla. Fitosanitar xavfsizlik uchun javobgar bo‘lgan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi inspektorlari uchun ham xushyorlikni oshirish davri. Sababi ekish materiallarining noqonuniy import va eksporti holatlari ortadi.

🦮 "Toshkent Xalqaro Aero" o‘simliklar karantini chegara maskanida "Urumchi – Toshkent" yo'nalishi orqali uchib kelgan Xitoy Respublikasi fuqarosining yukida kungaboqar va qovoq urug‘i aniqlangan. 14 kilogrammga yaqin ekish materialiga chet el fuqarosi zaruriy hujjatlarni taqdim eta olmagan.

🛬 "Pekin – Toshkent" reysi bilan Xitoydan kelgan yana bir yo‘lovchining bagaji detektor-xizmat itlari yordamida nazoratdan o‘tkazilganda 1 kilogramdan ortiq dukkakli mahsulot urug‘i noqonuniy olib o‘tilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

‼️ Xitoydan parvoz qilgan yana bir samolyot yo‘lovchilarining yuklari karantin nazoratidan o‘tkazilganda kunga boqar urug‘i topildi.

📝 Aniqlangan holatlar yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, fuqarolar javobgarlikka tortildi.

📌 Eslatib o‘tamiz, gul, ko‘chat, o‘simlik ildizlari, tuganak, urug‘, piyozbosh va boshqa turdagi ekish materiallari yuqori xavfga ega karantin osti mahsuloti hisoblanadi. Laboratoriya sharoitida tekshirilmagan, xavfsizligi haqida dalolat beruvchi fitosanitariya sertifikatiga ega bo‘lmagan bunday mahsulotlar zararli organizmlar tashuvchisi bo‘lishi mumkin.

🔴 O‘simlik namunalari va ekish materiallarini qo‘l yukida olib o‘tish, pochta va kuryerlik jo'natmalari orqali jo‘natish qat’iyan man etiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/20 00:40:20
Back to Top
HTML Embed Code: