Telegram Web Link
📣 “Bahodir Yalangto‘sh” filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi

⚡️Bugun O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filiali hamda Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda davlat xizmatchilaridan iborat bir guruh xodimlarning madaniy xordiq olishlarini tashkil etishdi. 300 nafardan ortiq xodimlar, jumladan, Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi, Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari hamda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Toshkent shahar tuman bo‘linma rahbarlari O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyiga tashrif buyurishdi.

Mehmonlar avvalo, O‘zbekiston kino sanʼati muzeyi bilan tanishishdi. Muzey orqali o‘zbek kinosi darg‘alari, ular qoldirgan madaniy meros haqida ma'lumot berildi. Shundan so‘ng, “Bahodir Yalangto‘sh” filmi tomosha qilindi. Ularda buyuk sarkarda haqidagi film hamda muzey yorqin taassurot qoldirdi.

😀 Ma'lumot uchun, film Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan «Tirik tarix» loyihasi doirasidagi ilk kinokartina bo‘lib, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda suratga olingan. Filmda buyuk sardor, Registon majmuasi bunyodkori, Samarqandga hokimlik qilgan sarkarda Bahodir Yalangtoʻshning hayot yoʻli va faoliyati hikoya qilinadi.

™️O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyining rasmiy sahifalari:
🚀Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун, 21 сентябр санаси Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган артист, "Меҳнат шуҳрати" ордени соҳибаси, элимиз суйган актриса Саида Раметова таваллуд топган кун.

Ўзбекистон Киноарбоблари ижодий уюшмаси сизга узоқ умр, оилавий фаровонлик ва ижодий бардавомлик тилайди. Туғилган кунингиз муборак бўлсин!

Маълумот учун, Саида Раметова "Отамдан қолган далалар", “Бомба”, "Ёлғиз ёдгорим", "Шайтанат", "Алпомиш", "Осмондаги болалар", “Ёдгор”, “Бахт учун миллион”, “Фарёд”, “Уқубат”, “Мажрух”, “Фарзандим”, “Яраланган қалб”, "Учар қиз", “Кари қиз”, “Мистер Така” каби кўплаб фильмларда ва турк ижодкорлари билан ҳамкорликда суратга олинган “Мендирман Жалолиддин” кўп қисмли телевизион фильмида ижро этган бетакрор роллари орқали томошабин меҳрини қозонган.

Ижтимоий тармоқдаги саҳифаларимиз:

Instagram | Facebook | Telegram
Forwarded from Milliy kinomarkaz📽
🇨🇳 Oʻzbek delegatsiyasining Xitoyda boʻlib oʻtayotgan kinofestivaldagi ishtirokidan fotolavhalar

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati

👉 @k_markaz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун, 22 сентябр санаси Ўзбекистон Киноарбоблари ижодий уюшмаси аъзоси, "Шуҳрат" медали соҳиби, постановкачи рассом Акмал Саидов таваллуд топган кун.

Ўзбекистон Киноарбоблари ижодий уюшмаси сизга узоқ умр, оилавий фаровонлик ва ижодий бардавомлик тилайди. Туғилган кунингиз муборак бўлсин!

Маълумот учун, Акмал Саидов “Чашма”, “Йўқолган одам”, “Нотаниш одам”, “Телба”, “Жаноб Ҳечким”, “Пойма-пой”, “Учар қиз”, “Кечикган ҳаёт”, “Афғон”, “Сеҳрли қалпоқча”, “Паризод”, “Сотқин”, “Барон”, “Ибрат”, “Ойқиз эртаги” каби кўплаб фильмларнинг постановкачи рассоми ҳисобланади.


Ижтимоий тармоқдаги саҳифаларимиз:

Instagram | Facebook | Telegram
#tavallud_ayyom

Bugun O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Do‘stlik” ordeni, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibasi, kino, teatr va dublyaj aktrisasi Noila Toshkenboyeva tavallud topgan kun.

Aktrisa "Kelinlar qo‘zg‘oloni", “Suyunchi”, "To‘ylar muborak", "Ko‘rgim keladi", "Tutash taqdirlar", “Gulchatoy”, “Afsus”, "Yozsiz yil", "Qabrdan qaytgan umr", "Mergan militsiya", "Katta oyi", “Vatan”, “Sardor”, "Oltin devor", “Ovchi”, "Katta urushdagi kichkina odam", “Armon” kabi ko‘plab filmlarda turli rollarni ijro etgan.

Kinematografiya agentligi ijodkorga uzoq umr, mustahkam sog‘lik va oilaviy xotirjamlik tilaydi. Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taʼziya

Bugun O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kino va televideniya rejissyori Shavkat Maxbubov 82 yoshida bu yorug‘ olamni tark etdi.


Kinematografiya agentligi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etadi.

Maʼlumot uchun, Shavkat Maxbubov uzoq yillar davomida televideniyada va Mudofaa vazirligi tizimidagi turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ijodi davomida esa o‘ndan ortiq hujjatli filmlarni, ko‘p qismli “Sardor”, “Sardor 2” va “Muqaddas burch”(Sardor 3) televizion badiiy filmlarini suratga olgan.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Milliy kinomarkaz📽
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞 O‘zbekiston Milliy Kino San'ati saroyida Xalqaro kinoprodyuserlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan kino sanoatining yetakchi mutaxassislari Markaziy Osiyodagi kinoproduktsiya rivojlanish istiqbollari va xalqaro hamkorlikni muhokama qildilar.

🔺🔺🔺🔺🔺

🎞 Во Дворце национального киноискусства Узбекистана состоялся Международный форум кинопродюсеров.

В рамках форума приглашенные из разных стран ведущие специалисты киноиндустрии обсудили перспективы развития кинопродукции в Центральной Азии и налаживания международного сотрудничества.

🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Milliy kinomarkaz📽
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞 Taniqli aktyor, rejissyor va prodyuser Aleksandr Robak o'zi ishtirokida oʻtkazilgan mahorat darsi taassurotlari bilan bo'lishdi

🔺🔺🔺🔺🔺

🎞 Известный актер, режиссер и продюсер Александр Робак поделился впечатлениями от мастер-класса с его участием

🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook 🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Nabi G‘aniyev tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan badiiy kecha

"Rennesans" telekanali, "Ovoza" informatsion dasturi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 23:19:35
Back to Top
HTML Embed Code: