Kuni kecha Turkmanistonning Ashxobod shahrida turkiy davlatlar xalqaro tashkiloti — "Turksoy" tomonidan ta’sis etilgan IV "Qo‘rqut ota" kinofestivalining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Festival turkiy xalqlarning kinokultura sohasidagi yuksak erishuvlarini nishonlash va ularni xalqaro miqyosda tanitish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, har yili turli mamlakatlarning kinoijodkorlari va mutaxassislari yig‘iladi.
Kechada Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev ham festivalda turkiy xalqlar kinosining rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun hakamlar hay’ati tomonidan maxsus mukofot bilan taqdirlandi. Rizayevning kinematografiya sohasidagi uzoq yillik mehnati va kinomajmualar yaratishga bo‘lgan sadoqati, shuningdek, turkiy xalqlar orasida kino san’ati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi e'tirof etildi. O‘zbekistonning taniqli rejissyori Nurulla Narzullayev o‘zining “Oy borib, omon qaytganlar” hujjatli filmi uchun maxsus mukofot bilan taqdirlandi. Ushbu hujjatli film, turkiy xalqlarning tarixiy va madaniy xazinalarini, shuningdek, bugungi kundagi xalqaro aloqalarni yoritishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan asar sifatida yuqori baholandi.
Marosimda kinofestivalning oliy mukofoti — "Eng yaxshi film" nominatsiyasida, O‘zbekiston va Turkmaniston kino ustalari tomonidan yaratilgan, rejissyor Muzaffarxon Erkinovning “Maxtumquli” tarixiy-badiiy filmi mukofotga sazovor bo‘ldi. Ushbu filmda Turkmanistonning mashhur shoir va mutafakkir shaxsiyatlaridan biri bo‘lgan Maxtumquli Firg‘oniyning hayoti va ijodi hikoya qilinadi. Filmda shoirning milliy va dunyoviy qadriyatlarni o‘rganishi, uning asarlarining bugungi kunda qanday ahamiyatga ega ekanligi, shuningdek, insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan universal qadriyatlar haqida so‘z yuritiladi.
Rejissyor Muzaffarxon Erkinovning "Maxtumquli" filmi nafaqat O‘zbekiston, balki Turkmanistonning madaniy merosini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kino sanoatining yuqori darajasi va tarixiy kino yaratishdagi ajoyib yutuqlarni ta’kidlagan holda tanqidchilarning e'tirofiga sazovor bo‘ldi.
Kinematografiya agentlig mukofot sohiblari Muzaffarxon Erkinov, Nurulla Narzullayev va Shuhrat Rizayevni xalqaro darajadagi yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi. Bu yuksak mukofotlar faqatgina kinematografiya sohasidagi shaxsiy yutuqlarni emas, balki turkiy xalqlar madaniyatining yuksalishiga ham xizmat qiladi. Kino ijodkorlarining mehnati va san’atiga bo‘lgan e'tibor, xalqaro miqyosda kinematografiya va madaniyatni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Ma’rifatga intilib” hujjatli film ijodkorlari xususiy kutubxona ochgan tadbirkor Abbos Abduqodirov bilan bog‘liq lavhalarni tasvirga muhrlashdi.
Ssenariy mualliflari:
H. Akbarov, A. Salomov
Rejissyor: A. Salomov
Operator: H. Aliyev
Film direktori: G. Abduraximova
Ovoz rejissyori: A.Karimov
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
⚡️ Axborot 24 | O‘zbekiston va Turkmaniston kinoijodkorlarining “Maxtumquli” tarixiy-badiiy filmi “Qo‘rqut ota” kinofestivalida “Eng yaxshi film” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
🌐 Website 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Telegram
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘iston yurtida milliy merosni yod etish va ajdodlarimizning ibratli hayotini avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir tarixiy voqea ro‘y berdi. Kuni kecha Nukus shahrida Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “Qaraqalpaqfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu film qoraqalpoq xalqining buyuk shoiri, ma’rifatparvar va millat fidoyisi Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘lining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan.
🏆 Ajiniyoz: Ma’rifatparvar shoir va millatning faxri
Bosh qahramon Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li 1824-yilda Orol dengizining janubiy sohilida, Amudaryoning dengizga quyilishi yaqinida joylashgan hozirgi Mo‘ynoq tumani hududidagi Qamish bo‘g‘ot qishlog‘ida dunyoga kelgan. U ochamayli va qiyot urug‘laridan bo‘lgan va qadimiy qoraqalpoq an’analariga sodiq oilada tarbiyalangan. Ajiniyozning otasi Qusiboy, bobosi Boltabek va katta bobosi Oqjigitlar o‘z zamonasining ilg‘or va obro‘li kishilari sifatida tanilgan. Uning onasi Nazira bibi esa iste’dodli, so‘zga chechan va madaniyatli ayol edi.
Ajiniyoz yoshlikdan ilm-ma’rifatga chanqoq edi. U dastlab Xo‘jamurod eshon madrasasida tahsil olib, keyinchalik onasi vafotidan so‘ng tog‘asi Elmurod oxun madrasasida o‘qishni davom ettirgan. U faqat diniy ilmlar bilan chegaralanib qolmay, madrasada mavjud kitoblarni ko‘chirish bilan shug‘ullangan va tez orada iste’dodli kotib sifatida elga tanila boshlagan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Ajiniyoz bor-yo‘g‘i o‘n olti yoshida Alisher Navoiy devonini ko‘chirib chiqqan va bu ishida mislsiz mahorat namoyon etgan.
🏵 Xivadagi tahsil yillari
Ajiniyozning ma’rifat sari intilishi uni qadimiy Xiva shahriga olib keldi. Bu yerda u Sharqning mashhur madrasalarida – Sherg‘ozi madrasasi va Qutlimurod inoq madrasasida ta’lim oldi. Ushbu ta’lim maskanlarida nafaqat diniy fanlar, balki Sharq mumtoz adabiyoti chuqur o‘rganilgan. Ajiniyoz Alisher Navoiy, Hofiz, Sa’diy, Fuzuliy kabi ulug‘ shoirlarning ijodini sinchiklab o‘rgandi va ularning badiiy mahoratidan bahramand bo‘ldi. Bu esa uning keyinchalik qoraqalpoq adabiyotining eng yorqin yulduzlaridan biriga aylanishida asosiy omil bo‘ldi.
📹 “Ajiniyoz” filmi haqida
Filmda buyuk shoirning hayoti va ijodi, uning murakkab davrlarda xalq manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi kurashlari, milliy madaniyatni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi keng yoritilgan. Shu bilan birga, asarda Ajiniyozning insoniy fazilatlari, xalqiga bo‘lgan cheksiz muhabbati va zamonasining ilg‘or fikrlari aks ettirilgan.
Mazkur film nafaqat qoraqalpoq xalqining balki butun O‘zbekiston va qo‘shni turkiy xalqlarning madaniy merosi uchun muhim ahamiyatga ega. Ajiniyoz hayoti va ijodi milliy ruhni mustahkamlashga xizmat qiladi va avlodlarga ma’naviy o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi.
📌 Maʼlumot oʻrnida, 19-noyabr kuni soat 18:00 da “Miliy kino san’ati saroyi” (Panorama)da filmning katta premyerasi bo‘lib o‘tadi.
Premyerada barcha kino ixlosmandlari va tarixga qiziqqan tomoshabinlarni ushbu noyob san’at asaridan bahramand bo‘lishga taklif etamiz.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM