Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

"Pandemiya-COVID 19" badiiy filmining ochiq premyerasi

"MY5" telekanali, "Hudud" informatsion dasturi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tavallud_ayyom

Bugun, 12-sentabr sanasi O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli kino va teatr aktrisasi Shodiya To'xtayeva tavallud topgan kun

Aktrisa “Begonalar”, “Kelgindi kuyov”, “Uqubat”, “Yorim-bezorim”, “Tubanlik”, “O‘yin”, “Seni sevdim”, “Chashma”, “Erkak”, “Orzu ortida”, “Xotira rashki”, “Muhabbatimsan”, “Vijdon”, “Muruvvat”, “Ko‘rgilik”, “Sudya” kabi ko'plab filmlarda rol ijro etgan.

Kinematografiya agentligi ijodkorga dunyodagi eng ezgu niyatlarni yo‘llab, uzoq umr, sihat-salomatlik va yuksak muvaffaqiyatlar tilaydi. Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati


🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#aktyor

Obid Jalilov

Obid Jalilov (1896.10.11 – Toshkent – 1963.27.9) – Oʻzbekiston xalq artisti (1939). Savodsizlikni tugatish maktabida oʻqigan (1918—20). 1919-yildan oʻzbek drama gruppasining yetakchi aktyori. Aktyorlik mahorati intellektual psixologik yoʻsinda shakllangan. Jalilov qahramonlari kuchli, oʻz hissiyotlarini boshqara oladigan kishilar obrazi boʻlib, aktyor ularning ichki dunyosini loʻnda va ifodali talqin etdi. Har qanday katta-kichik obrazning gʻoyaviy-falsafiy yoʻnalishining ijtimoiy mohiyatini ochishga, qarama-qarshiliklarni hal qilishdagi oʻrnini aniq belgilab olishga, butun diqqat-eʼtiborini, harakatlarini qahramonning maqsadini mantiqan isbotlashga, obrazni psixologik jihatdan chuqurlashtirishga intilgan, uni voqealar jarayonida muttasil, sahnama-sahna rivojlantirib borgan.

Bemor („Turkiston tabibi“), Podkolyosin („Uylanish“) va boshqalar aktyorning sahnadagi ilk yirik obrazlaridir. 30-yillar Tolipov („Niqob yirtildi“), Arslon, Poʻlatov („Tor-mor“, „Nomus va muhabbat“) kabi rollari bilan tanildi. Eng yaxshi rollari: Komilov („Navbahor“), Mavlon („Shohi soʻzana“), Solihboy („Boy ila xizmatchi“), Majdiddin („Alisher Navoiy“), Klavdiy („Hamlet“), Dikoy („Momaqaldiroq“) va boshqa obrazlarida aktyor ijodining yangi qirralari namoyon boʻlib, salbiy obrazlar ustasi sifatida shuhrat qozondi. Aktyor milliy kino ravnaqiga ham ulkan hissa qoʻshdi. Vazir („Tohir va Zuhra“), Majdiddin („Alisher Navoiy“), Solihboy („Boy ila xizmatchi“), Qodir („Gullar ochilganda“), Mahkam ota („Sen yetim emassan“) va b. kinodagi eng yaxshi rollaridir. Bu obrazlar aktyor ijrosida oʻzining badiiy ifodasini toʻligʻicha topgan va ular oʻzbek kinosi tarixining zarvaraklaridan urin olgan. Davlat mukofoti nomzodi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tavallud_ayyom

Bugun O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi, taniqli kinoaktyor Farhod Xudoyberdiyev tavallud topgan kun.


Aktyor “Sharif va Marif”, “Hayot-mamot”, “Osmon yaqin”, “Chol va nabira”, “Kechikkan hayot”, “Afg‘on”, “Sehrli qalpoqcha”, “Onaginam orzusi”, “Parizod”, “Quduq”, “Oyqiz ertagi” kabi ko‘plab filmlarda rollar ijro etgan.

Kinematografiya agentligi ijodkorga uzoq umr, oilaviy farovonlik va ijodiy bardavomlik tilaydi. Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Tirik tarix” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Maxsus adabiyot” o'quv kursinig ohirgi darslari bo’lib o’tdi

Bugungi mashg’ulotning birinchi darsida O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, adib va publitsist Ahmadjon Meliboyev tomonidan “XX asr ijtimoiy-siyosiy voqeligining badiiy adabiyotda hamda kinofilmlarda aks etishi” mavzusidagi ma'ruza tinglandi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Tirik tarix” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Maxsus adabiyot” o‘quv kursinig ohirgi darslari bo’lib o’tdi

Bugungi mashg’ulotning ikkinchi darsida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos, tarjimashunos olim, publitsist Zuhriddin Isomiddinov tomonidan “Qardosh xalqlar adabiyoti namoyandalari asarlari asosida yaratilgan filmlar va adabiy aloqalar” mavzusidagi ma'ruza tinglandi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 05:23:02
Back to Top
HTML Embed Code: