Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ahmadjon Meliboyev

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎞 О переносе сроков XVI Ташкентского международного кинофестиваля «Жемчужина шелкового пути»

🎞 “Ipak yoʻli durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivalini oʻtkazish muddatining koʻchirilishi haqida

🎞 About the postponement of the XVI Tashkent International Film Festival "Pearl of the Silk Road".

Telegram | Website | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kinematografiya agentligida “Xon atlas” haftaligi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 9-14-sentabr kunlari respublikamizning barcha hududlarida “Xon atlas” haftaligining ikkinchi bosqichi o’tkazilmoqda. Ushbu kunlari Kinematografiya agentligida ham haftalik doirasida milliy liboslarimiz namoyishi, fleshmoblar tashkil etildi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
6-11-sentyabr kunlari Tatariston Respublikasi poytaxtida Qozon xalqaro “Oltin minbar” festivali boʻlib oʻtdi. Festival mehmonlariga dunyoning 140 dan ortiq filmlari namoyish etildi. Badiiy filmlar tanlovida O‘zbekistondan rejissyor Yolqin To‘ychiyevning “Evrilish” filmi bilan ishtirok etdi.

“Oltin minbar” XX Qozon xalqaro kinofestivalining Gran-prisi Aleksey Romanovning “Abadiy qorlar afsonalari” filmiga nasib etdi, deb xabar bermoqda festival matbuot xizmati.

Salavat Yuzeev “Oshiqlar tog'i” filmi bilan “Eng yaxshi rejissyor” va “Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyalarida g'olib chiqdi. Toʻliq metrajli badiiy filmdagi eng yaxshi aktyor deb “Evrilish” (Oʻzbekiston) filmidagi roli uchun Ulmas Oʻrayev topildi. Sepide Arman "Gazelles" (Eron) filmidagi ishtiroki uchun eng yaxshi aktrisa deb topildi.

Hakamlar hay’ati eng yaxshi hujjatli film sifatida Musa Turening (Senegal) “20 yildan keyin” filmini e'tirof etishdi. Eng yaxshi animatsion film: Eronlik rejissyor Ramak Amin Kazemining “Qog‘oz gullari”. Rafael Mukaevning (Rossiya) “Namus” filmi eng yaxshi qisqa metrajli fantastika filmi deb topildi.

Tatariston rahbarining “Kinodagi insonparvarligi uchun” maxsus mukofoti Rauf Kubaevning “Jim kukuk” asariga topshirildi. Tomoshabinlar mukofoti Tunisning “Tasavvuf” filmiga nasib etdi. NETPAC hakamlar hay’ati mukofoti “Shisha parda” turk filmiga topshirildi. “Jannat onalar oyog‘i ostida” (Qirg‘iziston) filmi “Islom olamida madaniyatlar muloqoti uchun” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
Казанский международный фестиваль «Алтын минбар» проходил с 6 по 11 сентября в столице Республики Татарстан. Гостям смотра было представлено более 140 картин из разных стран мира. Узбекистан был представлен в конкурсной программе полнометражных фильмов картиной режиссера Ёлкина Туйчиева «Эволюция».

Гран-при ХX Казанского международного кинофестиваля «Алтын минбар» получил фильм Алексея Романова «Легенды вечных снегов», передает пресс-служба смотра.

В номинации «Лучший режиссер» и «Лучший сценарий» победил Салават Юзеев с фильмом «Гора влюбленных». Лучшим актером полнометражного игрового фильма стал Улмас Ораев, за роль в картине «Эволюция» (Узбекистан). Лучшей актрисой признана Сепиде Арман за участие в фильме «Газели» (Иран).

Лучшим документальным фильмом жюри назвало картину «20 лет спустя» Мусы Туре(Сенегал). Лучший анимационный фильм — «Бумажные цветы» иранского режиссера Рамака Амина Каземи. Картина «Честь» Рафаэля Мукаева (Россия) признана лучшим короткометражным игровым фильмом.

Специальный приз главы Татарстана «За гуманизм в киноискусстве» получила работа Рауфа Кубаева «Немая кукушка». Приз зрительских симпатий достался фильму из Туниса «Суфизм». Приз жюри NETPAC получила турецкая картина «Стеклянный занавес». Фильм «Рай под ногами матерей»(Кыргызстан) получил приз «За диалог культур в исламском мире

Информационная служба Агентства кинематографии
#aktrisa

Maryam Yoqubova

Maryam Yoqubova (1909.19.10, Buxoro — 1987.2.2, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1955). Moskva kino maktabini tugatgan (1928). 1929—32 yillarda Hamza teatri qoshidagi ishchisayyor teatrida, 1935—38 yillarda Oʻzbek davlat musiqali drama teatrida, 1939— 41 yillarda Muqimiy teatrida, 1941 — 66 yillarda Hamza teatrida aktrisa. Musiqaviy iqtidorga ega boʻlgan aktrisa dramatik rollarning mohir ijrochisi, hajviy va salbiy rollar ustasi sifatida tanilgan. Yaratgan obrazlari yorqin, maʼnodor va maishiy boʻyoqlarga boyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Roʻzvon („Gulsara“), Jahon xoda, Zebo („Arshin mol olon“), Maysara („Maysaraning ishi“), grafinya Diana („It pichan yemaydi, oʻzgaga ham bermaydi“), qirolicha Izabella („Qoʻzibuloq qishlogʻi“), Ogudalova, Feklusha („Sepsiz qiz“, „Momaqaldiroq“), Sultonbegim („Jaloliddin“), Xonzoda („Boy ila xizmatchi“), Gertruda („Hamlet“), Mastura satang („Xolisxon“), Voynitskaya („Vanya togʻa“) va b. Yo. kinoda ham sermahsul ijod qilib, oʻzbek milliy kinosi ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshdi. Xonzoda („Boy ila xizmatchi“), sudya („Opasingil Rahmonovalar“), Oyposhsha („Mahallada duv duv gap“), Oʻzbekoyim („Oʻtgan kunlar“) kabilar shular jumlasidan. Telespektakllar va Oʻzbekiston radiosining bolalar uchun eshittirishlarida faol ishtirok etgan.

Keyinchalik M.Yoqubova „Tojikfilm“ kinostudiyasida suratga olingan „Sevadimi, sevmaydimi?“, „Oq royal“ muzikali komediyalarida Zamira va Malohat obrazlarini yaratadi. Shuningdek, u „Maysaraning ishi“, „Olovli yo‘llar“ ko‘p seriyali televizion filmlarida, „Sevgi afsonasi“, „Qalbingda quyosh“ kabi badiiy filmlarda ham ajoyib obrazlar yaratadi. Y Aʼzamov A.Qodiriyning „O‘tgan kunlar“ romanini ekranlashtirar ekan, asardagi bosh rollardan biri — O‘zbekoyim rolini M.Yoqubovaga topshiradi. O‘zbekoyim (M.Yoqubova) — kuchli va tadbirkor, o‘z hukmini o‘tkazishni yaxshi ko‘radigan murakkab xarakterli inson. U ana shu hukmronlikka erishish yo‘lida o‘g‘li Otabekni va jamiyatda katta mavqega ega bo‘lgan eri Yusufbek Hojini ham juda ustalik bilan tobe qilmoqchi bo‘ladi. U Kumush va Zaynablarga o‘z farzandiga bo‘lgandek onalarcha mehribonlik ko‘rsatadi, ular haqida o‘ylaydi, ularga g‘amxo‘rlik qiladi. Lekin bu urinishlari, afsuski sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan fojianing oldini ololmaydi. Chunki, O‘zbekoyimning o‘zi ham u yashaydigan ijtimoiy muhit va davrning mahsuli hamda qurboni edi. Aktrisa isteʼdodining komediyaga, hazil-mutoyiba, piching va hajviy bo‘yoqlarga moyilligi uning „Nashtar“hajviy kinojurnallarida ijro etgan kichik-kichik rollarida ham o‘z tasdig‘ini topadi. Bunday qisqa syujetlarda aniq, yorqin obrazlar yaratish talab etiladi. Aktrisa bu murakkab va mas’uliyatli vazifani ham yaxshi ado eta olgan. M.Yoqubova ijodida radio alohida o‘rin tutadi. U O‘zbekiston radiosi tashkil bo‘lgan birinchi kunlardan boshlab, to umrining oxirigacha turli radiopostanovkalarda, radiojurnallarda va boshqa eshittirishlarda faol qatnashdi. 70 yillardan boshlab M.Yoqubova radioda bolalar uchun ertaklar o‘qib, minglab yosh radiotinglovchilarning sevimli sanʼatkoriga, radioenagasiga aylandi. Bolalarning ichki dunyosini chuqur his etgan M.Yoqubova ertaklarni shu darajada chuqur samimiyat va xushchaqchaqlik bilan yoqimli ohangda o‘qir ediki, radiotinglovchilar uning noyob isteʼdodiga qoyil qolardilar. Maryam Yoqubovaning teatr va kino sanʼati ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari munosib taqdirlandi. 1955-yilda unga „O‘zbekiston xalq artisti“ faxriy unvoni berildi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor Isamat Ergashev

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

🌐 Website 🔵Facebook 📷Instagram 🚀Telegram
2024/09/30 07:27:07
Back to Top
HTML Embed Code: