Telegram Web Link
Qurbon Hayiti muborak bo'lsin azizlar!
@universal_library🕊
10-dars

Panda!

Ustozim Ugvey aytardi:

-Biror joyga mehmonga borsangiz, eshikni odobsizlarcha tinimsiz taqillatmang. Bir marta chaqirgach, 5 daqiqa kuting. Uy sohibi biror muhim ish bilan mashg'ul bo'lishi mumkin.
Keyin eshik qoqib, yana 5 daqiqa kuting.
Hech kim chiqmasa, uchinchi marta taqillatib, yana kuting. Shunda ham javob bermasa, ortga qaytingizlar.

Shunga qiyosan bu odob ayni qo'ng'iroq qilishga ham taalluqli.
Kimgadir terdingmi, asabni o'ynab qayta-qayta qilaverma.
5 daqiqalik interval bilan 3 marotaba qil. Kòtarmadimi, sekin xabar yozib qòy.
Sms yozganda ham "Oka bizni ish nima bo'ldi?" demasdan, òzingni tanishtirib, vaziyatni tushuntirib, qulay vaqtda qo'ng'iroq qilishini so'rab yoz.

Jamoat joyda, davralarda telefonda gaplashma. Sekin chiqib, tashqarida suhbatlash.
Soat 21.00 dan keyin va ertalab 9.00 dan avval notanish odamlarga qo'ng'iroq qilma(yaqinlaring bundan mustasno).
Bu insonning òzi va oilasiga ajratadigan vaqtidir Po...

Muhammadali Eshonqulov
Manba: Facebook

@Universal_Library🕊
Forwarded from Alif's diary
Agar kimgadur yashash uchun motivatsiya yetishmayatgan bo'lsa, 220 voltli tokga qo’lini salgina tekkazib ko’rsin 😜

@Alif_diary
11-dars Mentalitet-2

Panda!

Agar sen juda katta, hashamatli uy qurib, o'zlari kichkinagina oshxonada o'tiradigan odamlarni ko'rsang - demak sen O'zbekistondasan.

Agar uyida 30 ta yangi ko'rpachasi bo'lib, o'zlari eskisida o'tiradigan odamlarni ko'rsang - sen O'zbekistondasan.

Agar devoridan avval darvozasini quradigan odamlarni ko'rsang - sen O'zbekistondasan.

Agar sahardan yuzlab odamlarga tekinga ovqat tarqatayotgan odamlarni ko'rsang - sen O'zbekistondasan.

Agar mashina olib, bir yilgacha salafanini yechmay yuradigan odamlarni ko'rsang - sen O'zbekistondasan.

Agar darvozani qulflab, kalitni uning tagiga berkitib ketadigan insonlarni ko'rsang - sen O'zbekistondasan.

Va nihoyat agar sen saxiy, samimiy, ilmga chanqoq, go'zal va mehmondo'st odamlarni ko'rib qolsang bilginki, sen - O'zbekistondasan!

- Juda qiziq ekan. Yana bormi Ustoz?

- U yog'ini izohda qolgan Pandalar davom ettirishadi.😊

Muhammadali Eshonqulov
Manba: Facebook

@Universal_Library🕊
12-dars: Oila

Ustozim Ugvey aytardi:

-Bo'talarim, ertaroq oila degan mas'uliyatli va muqaddas ishga tayyor bo'lib, turmush quringlar. Zero nikohda baraka bor.
Oila yanada mustahkam, hayotingiz go'zal bo'lishi uchun turmush qurayotganda quyidagi narsalarga diqqat qarating:

Yigit kishi qiz boladan 4 jabhada ustun bo'lgani yaxshi:

1. Ilm
2. Bo'y-bast
3. Boylik
4. Nasabda

Qiz ham yigitdan 4 ta narsada oldinda bo'lgani qanday go'zal:

1. Hayo
2. Taqvo
3. Chiroy
4. Fahm-farosatda

Panda!

Ideal Panda qidirsang, Pandasiz o'tasan. O'zing qanday yashasang shundayi nasib qiladi. O'zingni isloh qil. Chiroy, boylik o'tkinchi narsa. Sen diyonatlisini tanla.
Faqat o'zingga xotin emas, ota-onangga yaxshi kelin, farzandlaringga ona qidir...


Ha aytgancha, dunyoni o'zgartirmoqchi bo'lsang, uylanishingdan oldin o'zgartir!

Chunki to'ydan keyin TVda bitta kanalni ham o'zgartira olmasliging mumkin.
O'tirasan ayoling bilan serial ko'rib.😁

Hurmat bilan, Ustozing Shifu.

Muhammadali Eshonqulov

@Universal_Library🕊
#misol
Yechimlaringizni izohda qoldiring.
@universal_library🕊
Universal Library || New Moon
#misol Yechimlaringizni izohda qoldiring. @universal_library🕊
#yechim
Kamchiliklar uchun uzr.
Oxiridagi daraja 1/4*(3¹⁰⁰+1+i¹⁰⁰+(-i)¹⁰⁰)=(3¹⁰⁰+3)/4
Javob: (3¹⁰⁰+3)/4
@universal_library
14-dars: Ogohlik

Panda!

Ustozim Ugvey aytardilar:

-Yigit kishini 3 ta narsa xarob qiladi:
1. Aroq
2. Qimor
3. Faxsh

Bu uchalasiga chalkashdingmi hayoting izdan chiqib, o'zingni o'nglay olmay qolasan.
O'zingnida, atrofingdagilarni bundan qattiq himoya qil.
Kimdir bog'lanib qolgan bo'lsa astoydil qutqarishga harakat qil.
Bular bilan umri o'tib baraka topgan biror kishini ko'rmadim.

Zamon o'tib bularni shakli o'zgarishi mumkin, o'zagi o'zgarmaydi.
Nefrit saroyiga kelgan xabarlarga ko'ra, hozirgi yoshlar orasida aroq psixotrop moddalarga, qimor esa 1xbet va allambalo onlayn qimorlarga, faxsh esa turli behayo sahifalarga òzgaribdi.
Shaharda ba'zi yigitlar shularni deb, qarzga botib jonlariga qasd qilishibdi...

Po, yodingda tut!

Birortasiga chalkashgan kuning barmoq qaychi uslubini qòllab, ta'ziringni berib qòyaman.
Jazodan qòrqqaning uchun emas, aqlan tushunib, bulardan o'zingni tiy.
Wifi ni kayf-safo qilishga emas, ilm olishing uchun qo'yganmiz.

Muhammadali Eshonqulov
Manba: Facebook
@Universal_Library🕊
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Давронбек Турдиев.
Рекорд России по запоминанию.


Смотреть в Ютуб:
youtu.be/HVsKSfsOzYE

@Universal_Library🕊
#kombinatorika
Misol: Ushbu shaklda nechta uchburchak bor?
Javoblaringizni asoslang.
@universal_library🕊
- isbotini kommentriyaga yuboringlar kim bilsa, zarur edi.
Universal Library || New Moon
#kombinatorika Misol: Ushbu shaklda nechta uchburchak bor? Javoblaringizni asoslang. @universal_library🕊
Tòģri javob: 64ta
Judayam ajoyib yechim yuborganlari uchun @lonely_guy_02 ga alohida minnatdorlik bildiramiz👏👏👏. O'qishlarizga omad, ilmiz ziyoda bòlsin, aslo izlanishdan charchamang👍.
©Ma'muriyat

@universal_library🕊 siz izlagan manzil.
15-dars Davra odobi

Panda!
Biror kishi bilan tanishar ekansan, yoshmi, kattami, Sizlab murojaat qil. Yaqinlaring bilan kòrishgandek, qattiq quchoqlashib, quyuq sòrashib ketma. Bazilarga malol kelishi mumkin.
Lekin juda hissiz, bez ham bòlma.
Me'yorni saqla.
Davralardagi asosiy qoidani yodingda tut: bir kishi gapiradi, qolganlar eshitadi.
Keyin navbatdagi odam gapiradi, qolganlar eshitadi.
Hamma birdaniga gapirishi yoki ikki kishi - ikki kishi bòlib pichirlab gaplashish ayni odobsizlikdir va bu tashqaridan ham juda xunuk kòrinadi.

Òrni kelganda gapirib, vaqtida tòxtashni bil.
Gaping qayergacha yetib borishini his qilib gapir. Hech qachon birovlarni ģiybat qilma. Maydagaplik "mayda" odamlarga yarashar, lekin sengamas.
Oldingda birovni yomonlayotgan odam, sen yòģingda seni ham yomonlaydi.
Qurbing yetsa suhbatni foydali, ilmiy mavzularga boshqar.
Yodingda tut, gapirgan gaplaring senga hokimdir. Gapirmagan gaplaringga esa sen hokimsan.

Muhammadali Eshonqulov
Manba: Facebook
@Universal_Library🕊
Universal Library || New Moon
15-dars Davra odobi Panda! Biror kishi bilan tanishar ekansan, yoshmi, kattami, Sizlab murojaat qil. Yaqinlaring bilan kòrishgandek, qattiq quchoqlashib, quyuq sòrashib ketma. Bazilarga malol kelishi mumkin. Lekin juda hissiz, bez ham bòlma. Me'yorni saqla.…
Davra odobiga oid yana bir layfxak:
Ko'zing yaxshi ko'rishi burningga ham bog'liq Po.

-Ustoz tabobat darslarida buni o'rgatishmagan ekan. Qanday bog'liqligi bor?😊

- Burningni hamma joyga tiqavermasang, ko'zing ham salomat bo'ladi.😁

Muhammadali Eshonqulov
16-dars

Panda!

Quyidagi 6 ta narsani eng yaqin, maslakdosh insonlaring bilan maslahat qil, lekin qolganlardan pinhon tut.
Chunki seni his qilmagan, holatingni tushunmagan odamlar zarar berib qo'yishi mumkin.

1. Insonlarga kelajak rejalaringni aytma. Ular seni ruhan sindirishlari mumkin. Rejalaringni jim amalga oshir. Natijalaring sen haqingda gapirsin.

2. Insonlarga ojiz tomonlaring haqida so'zlama. Ular buni senga qarshi ishlatishlari mumkin.

3. Insonlarga muvaffaqiyatsizliklaring va xatolaring haqida aytma. Ular seni doim omadsiz deb qarashlari, ishonchsizlik bildirishib, hech qachon imkoniyat bermasliklari mumkin.

4. Insonlarga sirlaringni aytma. Ahmoqlargina sirlarini fosh qiladilar.

5. Insonlarga kimlarni yoqtirmasliging, kimlar senga dushmanchilik qilayotganini aytma. Bu seni ojiz ko'rsatadi.

6. Insonlarga "Dunyo seni tog'angmas" deb aytma.
Rosa jonga tegdi o'ziyam.

P.S. Yolvoraman aytma, aytma, aytma...

Muhammadali Eshonqulov
@Universal_Library🕊
Savol: 3 ta toģri chiziq tekislikni kòpi bilan nechta qismga ajratadi?
Anonymous Quiz
16%
4
6%
5
44%
6
34%
7
Savol:Aylanada yotuvchi 20 ta turli nuqta belgilandi. Uchlari belgilangan nuqtalarda yotuvchi uchburchaklar sonini toping.
Anonymous Quiz
23%
1280
23%
190
43%
1140
12%
380
Savol: Telefon raqamining oxiri 3 ga karrali yoki juft raqam bilan tugash ehtimoli nimaga teng?
Anonymous Quiz
27%
6/10
35%
7/10
22%
8/10
16%
9/10
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oogway | The Choice (Kung Fu Panda)

Watching favourite cartoons in English is different😉
@Universal_Library🕊
Kechasi 03:00 da sahiyligim tutib ketdi 🙃
Kitoblarni xarid qilishdagi 🔍,💸 borasidagi sirni ochaman

Diqqat bilan tinglang ,xuddi mendek qiling 🕵😂
Hazillashdim bu shunchaki tafsiya 😶🌫
Kitob tanlayotganingizda qiziqishingizlaringizni, o'z sohangizni hisobga oling .Shu kitob hozir moddada deb olavermang ,har kimni fikrlashi ,dunyo qarashi har qil.Kimgadur yoqqan kitobni siz umuman tushunmasligingiz o'qiy olmasligingiz mumkin(pulga achinib majbur o'qimasaiz 😌)
Kitob o'qish kitob tanlash bo'yicha you tube da ma'lumotlar
Kitobni xarid qilishga keladigan bo'lasak :

(Ma'lumot o'rnida •https://www.tg-me.com/universal_library da pdf kitoblar (-;+) )

* https://www.tg-me.com/HilolNashr
*https://www.tg-me.com/Azonkitoblari
*https://www.tg-me.com/asaxiybooks
* https://www.tg-me.com/iBook_uz
* https://www.tg-me.com/qamarbooks
...

Unutmang kitob qaysi nashriyotda chop etilgan bo'lsa o'sha yerda boshqalarga nisbatan ancha arzon bo'ladi 🤫

Agar siz talaba bo'lsangiz-u,kitob xarid qilishga 💰🤷‍♀ bo'lsa

https://www.tg-me.com/mehr_kutubxonasi
Aynan siz uchun

Alloh barchamizni o'qiganlarni uquvchi,uqqanlariga esa amal qiluvchilardan qilsin :)

E'tiboringiz uchun rahmat 😊😌

@Universal_Library🌙🕊
2024/09/24 21:23:48
Back to Top
HTML Embed Code: