Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬Nomi: Matematik mo'jizalar

🇺🇿Tili: O'zbek tili
💿Sifat: 480p
🔥Janr:
#melodramma

@universal_library
Students system))
@Universal_Library🕊
O‘zbek xalq maqollari talabacha talqinda


Otdan baland, itdan past?

Javobi: o'qish davridagi kontrakt va bitirgandagi oylik maosh.

Teg, desam tegmaydi,
Tegma, desam tegadi?

Javobi: o'qishdan yiqilgan abituriyent qiz.

Chopsa chopilmas,
Bo'lsa bo'linmas.
Kessa kesilmas,
Ko'msa ko'milmas?

Javobi: Talaba

Ismi bor, jismi yo'q?

Javobi: darsda qatnashmasa ham bahosi chiqib ketaveradigan talaba.

Biz edik, biz edik,
O'ttiz ikki qiz edik.
Bir taxtaga tizildik,
Berar berar uzildik?

Javobi: Pedagogikani qizlari.

Yer tagida oltin qoziq?

Javobi: peshonasiga kontrakt asosida o'qishga kirish yozilgan abituriyent!

Qozonda emas, qaynaydi,
Qishin yozin tinmaydi?

Javobi: postni o'qiyotganlar.😁

@universal_library🕊
"Психея 16" астероидида 700 квинтилион доллар олтин захираси аниқланди.

Бунча миқдордаги пул, Ернинг барча ахолисини миллиардер қилиш учун етарли.
@universal_library
Asoslarizni kommentariyada qoldiring.
@universal_library🕊
Ustoz Shifudan 100 ta dars

Panda, O'zbekistonda yashar ekansan, ikkita kasb egasini yaxshilab tanib ol. Yangilikning bari ularda va eng qizig'i istalgan mavzuda suhbatni davom ettira olishadi.
Bular taksichilar va sartaroshlar.

Siyosat, iqtisod, tabobat, bashorat hammasidan xabari bor.
Ular judayam samimiy, kirishimli va xushchaqchaq odamlar bo'lishadi.

Lekin ular bilan quyidagi ikkita holatda hushyor bo'l:

1. Sartaroshga borsang (ba'zilari), boshingga uzoq tikilib, ''Qanaqa qilib olamiz?'' deb so'raydi.
Sen kuyib-pishib tushuntirasan.
Lekin baribir o'zi bilganidek oladi.

2. Pitakdagi taksichilarning ''Bitta odam olamiz, srazu yuramiz'' degan gapiga ishonib ketaverma. Borsang odatda sen birinchi odam bo'lasan.

Asabni asra Po...

Muhammadali Eshonqulov))
Manba: Facebook.

@Universal_Library🕊
Ustoz Shifudan 100 ta dars
6-dars

Yodingda tut Panda!

Ustozim Ugvey aytardi: "Erkak kishidan oyligini, ayol kishidan yoshini so'rashmaydi.
Yigit kishi tizzasini ko'rsatib yursa barakasi qochadi. Hayo degan narsa faqat ayollarda emas, erkaklarda ham bo'lishi kerak. Ayol kishi bilan qo'l berib so'rashish odobsizlik bo'ladi."

Yana bir nozik masalaga diqqat qil Po!

O'zbek erkaklariga ''To'lishibsizmi'' desang, ba'zan maqtov sifatida qabul qilinishi mumkin.
Odatda javob sifatida qorniga urib qo'yib, ''Avtoritetda bu'' deb qo'yishadi. Nima emish, ichiga tortganda bilinmasa qorinmas emish.
Qorinni oziyam ko'p. Sport bilan shug'ullanib, ixchamgina bo'lib yurish kerak. Zero to'ldirilishi mumkin bo'lgan eng yomon idish qorindir.

Lekin qulog'im tinch bo'lsin, uzoq yashay desang, hech qachon, qaytaraman heech qachon ayol kishiga ''Semiribsizmi?" dema!

Hatto sendan ikkita kelgan taqdirda ham!

Boshing omon bo'lsin Po...

Muhammadali Eshonqulov))
Manba: Facebook.

@Universal_Library🕊
Forwarded from Universal Library || New Moon (Shahzodbek G'ulomjonov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
07.08.2021-"Onlayn treining"

Reja №1:
🙇‍♂️ Muammo o'zi nima🤔 va muammo aslida muammomi💁‍♂️ Uni hal etish yoxud halovatga erishishdagi eng sodda usullardan biri 😊.
Muallif:
Muhammadali Eshonqulov
@universal_library
Yurtimizdagi jome masjidlarda 2022-yil 9-iyul shanba kuni Qurbon hayiti namozini oʻqish vaqtlari maʼlum boʻldi.

Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, poytaxt masjidlarida shanba kuni ertalab soat 05:20 da Qurbon hayiti namozi oʻqiladi.

Boshqa viloyat va hududlarda esa, namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib, quyosh chiqqandan soʻng oʻqiladi.
7-dars: Muomala

Panda!
Dunyo kezib o'zbeklardek xushmuomala xalqni ko'rmadim.
Nihoyat senga ularning ''Muomala sirlari'' nomasini o'qib beraman.
Panda, kim bilan suhbatlashsang, ko'ziga qarab gapir.
G'arbda buni ''Eye contact'' deyishadi.
Bizda esa ishonch belgisi.
Tik boqishga uyalsang, qoshlarining o'rtasiga qara.
Yoshi katta insonlarga, begona ayollarga o'qrayma, iymoning saqla.
Kimni ko'rsang, Sizlab gapir, tabassum qil va birinchi salom ber.
Panda, bizlarga bejizga 2 ta quloq va 1 ta og'iz berilmagan.
Bu ko'proq tinglab, kamroq gapirish kerak degani.
Vaziyatga doim suhbatdoshing tarafdan nazar sol.
Chunki sen nima deganing emas, u tomondan qanday eshitilgani muhim.
Nutqing ravon bo'lsin uchun ko'p kitob o'qi!
Ovozlaringni mashq qil. Shuhrat Qayumov, Abdukarim Mirzayev, Najot Nur kabi Ustozlarning darslarini ko'r.
Yana nutqingni tasmaga yozib, o'zing eshit.
Shunda qolganlarni qanchalik qiynab kelayotganingni o'zing ham his qilasan.

Muhammadali Eshonqulov
Manba: Facebook.

@Universal_Library🕊
8-dars: Bozor

Panda!

1. Bozorga borsang, bo'shlik qilma. Aytgan narxga ko'nib olib ketaversang, lo'x ekan deb o'ylashlari mumkin.
Qancha so'rashsa, yarim narxiga 20% qo'shib savdolash.
Masalan, 500 minglik narsani 250+100=350 ming degin.
Savdolashsang baraka bo'ladi.
Lekin juda maydalashib ham ketma, himmating pasayib ketadi.
Savdoda dadil bo'l.
2. Bozorga to'yib bor. Iloji boricha bozorda ovqatlanma. Ustozim Ugvey "Bozordagi ovqatga ko'pchilikning nazari tushadi, yo'l yuzida, odam ko'p o'tadigan joyda ovqatlanish odobsizlik bo'ladi" deb aytardi.
3. Oladigan narsalaringni avvaldan ro'yxatini tuzib bor. Dunyo bo'ylab 70-80% savdo ongli ravishda emas, hissiyotga berilib qilinadi.
Ehtiyojing bo'lmagan narsani olma.
4. Do'konga kirganda salom berib kir, alik olmagan, e'tibor qilmagan sotuvchilardan narsa olma.
5. Bir narsani qimmatroq olib qo'ysang, bozordan chiqqancha narxini solishtirib, "o'zimga kelalmeppan" deb siqilib yurma.

Asabni asra Po..

Muhammadali Eshonqulov
Manba: Facebook
@Universal_Library🕊
9-dars Prussiyalik onalar aytgan allalar

-Panda, senga nemis sifati haqida aytib beraman:

Prussiya. XIX asr òrtalari.
Ona alla aytmoqda:

"Vatanga yov bostirib keldi. 2 qòshin jang qilardi.
Bizning sarkarda halok bòldi.
Uni kòrib qòshinda parokandalik boshlandi.
Bundan foydalangan dushman qòshinimizni yengdi.
Shahar istilo qilindi.
Xalq tahqirlandi.

Sabab?
Nega shahar dushman qòliga òtdi?
Chunki qòshin yengildi.

Qòshin nega yengildi?
Chunki sarkarda halok bòldi.

Sarkarda qanday halok bòldi?
Otdan yiqilib.

Otdan nega yiqildi?
Chunki taqachi bitta mixni qoqmagandi.

1 dona mix deb butun boshli bir xalq qul qilindi."

Alla tugadi.

Endi òzing òyla Panda!

Hali beshikdaligidayoq har bir ishga mas'uliyat bilan yondashishni singdirishgan. Oddiy ishchi bòlsang ham professional bòl deyilmoqda. Mana gap qayerda.

-Ustoz bizdachi?
-Bizda ba'zi onalar alla òrniga telefonda qòshiq qòyib berishayotgani uchun artistlar kòpayib ketyapti Po...

Muhammadali Eshonqulov
Manba: Facebook
@Universal_Library🕊
2024/09/24 23:22:09
Back to Top
HTML Embed Code: