Telegram Web Link
#FGCH #musobaqa

Xushxabar

🏆Oʻzbekiston terma jamoasi nufuzli xalqaro First Global Challenge musobaqasida qatnashib 180ta davlat jamoalari ichidan faxrli 2-o'rinni egallab 5 ta kumush medal bilan qaytishdi.

🇺🇿Jamoamiz Gretsiya davlatida bo'lib o'tgan, 180 ta mamlakat jamoalari ishtirokidagi nufuzli First Global Challenge 2024 xalqaro musobaqasida ishtirok etib 2-o'rinni egallab qaytishdi.

🗒 Ma'lumot uchun: Ushbu nufuzli musobaqada TATU dan terma jamoa rahbari sifatida Z.Qodirov jalb qilingan, hamda terma jamoaga universitetimiz talabasi M.Teshabayev sardorlik qilib kelmoqda.

🎉 Barcha terma jamoa a'zolari va butun O'zbekistonni ushbu ajoyib g'alaba bilan tabriklab qolamiz.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ERASMUS #seminar_trening

🇱🇹 Joriy yilning 30-sentyabr kuni Litvaning Vilnius texnika universiteti (Vilnius Gediminas Technical University)da ERASMUS+ “New master’s degree and training course programs in the field of medical engineering in Uzbekistan 101082221 – UzMedEn” loyihasi doirasidagi trening kurslariga start berildi. Dasturni Vilnius texnika universiteti rektori Prof.Dr.Romualdas Kliukas kirish so‘zi bilan ochib berdi. 

  ⚪️Mazkur loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasining 7 ta oliy ta’lim muassasalaridan 30 dan ortiq professor-o‘qituvchilar jumladan, universitetimizning 4 nafar professor-o’qituvchilari ishtirok etmoqda.  Erasmus+ "Oliy ta'limda salohiyatni oshirish - CBHE" dasturi tomonidan moliyalashtirilgan "UzMedEn: O‘zbekistonda tibbiyot muhandisligi sohasida yangi magistratura dasturi va malaka oshirish kurslarini ishlab chiqish" loyihasi doirasida tashkil etilayotgan treyning kurslari 30-sentyabrdan 11-oktyabrga qadar davom etadi hamda  professor-o‘qituvchilar biotibbiyot muhandislik sohasida Yevropa ittifoqining ilg‘or tajribasini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

📁 Ma’lumot uchun: Yevropa mamlakatlari tajribalarini o‘rganish va taʼlim jarayonlariga joriy etish bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bugungi kunda ko‘plab xalqaro loyihalar koordinatori va ijrochi tashkiloti sifatida salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#konferensiya #Moskva

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion va media texnologiyalari kafedrasi professor-o’qituvchilari Nuraliyev Faxriddin Murodillayevich va Tastanova Saida Aldiyarovnalar Moskva shahrida bo’lib o’tgan «Акустооптические и радиолокационные методы измерений и обработки информации» ARMIMP-2024 nomli xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi.

🇷🇺 Konferensiyada «Методы математического моделирования физических процессов в оптике и радиолокации. R-функции, атомарные функции, вейвлеты, фракталы и хаос» bo'limida «Математическая модель термо-электро-магнитной-упругости тонких пластин» va «Алгоритмы синтеза фрактальных изображений» mavzularidagi taqdimotlar bilan qatnashdi.

🗒 Konferensiya davomida xizmat ko’rsatgan fan arbobi, professor V.F.Kravchenko bilan uchrashuv o’tkazildi va tajribalar almashildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/03 02:31:55
Back to Top
HTML Embed Code: