Telegram Web Link
#ERASMUS #Litva

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 7 ta oliy ta’lim muassasalari jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ishtirokida Yevropaning ERASMUS+ “New master’s degree and training course programs in the field of medical engineering in Uzbekistan 101082221 – UzMedEn” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.

💻 Mazkur loyiha doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Litvaning yetakchi (QS reytingida TOP 851da qayd etilgan) Vilnius texnika universiteti (Vilnius Gediminas Technical University)da talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Bunda universitetning Sun’iy intellekt, Robototexnika hamda yuqori texnologiyalar laboratoriyalariga tashrif buyurib, ularda amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar, jumladan, “Information and information technologies security”, ”Smart signal processing and telecommunication technologies”, “Geoinformation technologies” sohasida yaratilgan yangi ishlanmalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

🗒 Ma’lumot uchun: Vilnyus Gediminas texnik universiteti (VILNIUS TECH) Litvaning yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan xalqaro QS va THE reytinglarida TOP 851-o‘rinlarda qayd etilgan innovatsion universitetidir. Universitet texnologik fanlar sohasida yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, u o‘z ichiga 13 ta institut, 3 ta ilmiy tadqiqot markazi, 22 ta tadqiqot laboratoriyalarni oladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida "Zakovat" intellektual o'yinining navbatdagi turi Dasturiy injiniring fakulteti talaba yoshlari o‘rtasida o‘tkazildi.

Tashkil qilingan “Zakovat” intellektual o‘yinida 5 ta jamoa 2 turda g‘oliblik uchun bellashishdi.

🏆 Oyin natijasiga ko‘ra quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egallashdi:
🥇 1-o‘rinni “Lochinlar” jamoasi;
🥈 2-o‘rinni “Uchqun” jamoasi;
🥉 3-o‘rinni “Everest” jamoasi.

G'olib bo'lgan jamoalarga esdalik sovg'alar va sertifikatlar topshirildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Futzal2024

📶 Ayni damda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari futzal bo‘yicha Jahon chempionati doirasida Humo arenada o‘tkazilayotgan Ukraina 🇺🇦 va Braziliya 🇧🇷 terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni jonli tomosha qilishmoqda!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/03 04:28:48
Back to Top
HTML Embed Code: