Telegram Web Link
#ARM #ochilish_marosimi

🖼 TATUda tashkil etilgan eng zamonaviy ARMning ochilish marosimidan fotolavhalar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #rektor

👥 Rektor va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

💬 19-20-sentyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor B.Maxkamov boshchiligida universitet rahbariyati, bo’lim boshliqlari, ma’sullar va “Iqtisodiyot va menejment”, “Radio va mobil aloqa”, “AKT sohasida kasb ta’limi”, “Telekommunikatsiya texnologiyalari” hamda “Kompyuter injiniring” fakultetlari 2-bosqich talabalari ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

🇺🇿 Uchrashuvda dastavval, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori D.Yaxshibayev, Karyera markazi rahbari J.Maxmudov, "Kompleans nazorati" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi M.Miryoqubov, Xalqaro hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish bo‘limi boshlig’i I.Yusupovlar ishtirokida taqdimotlar qilindi hamda universitetda so’nggi 3 yil davomida erishgan yutuqlar va ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risida videorolik namoyish etildi. Uchrashuv yakunida esa talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Ochiq muloqot tarzida tashkillashtiriladigan ushbu uchrashuvda rektor talabalarning muammo va masalalar yuzasidan erkin fikrlari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Bu borada ularga qancha yordam, ko'mak zarur bo'lsa, qo'llab-quvvatlashga doim tayyor ekanligini bildirdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ICTWEEK #Hamkorlik #ZTE

Kuni kecha, 20-sentyabr kuni "ICTWEEK Uzbekistan 2024" axborot – kommunikatsiya texnologiyalari haftaligida qatnashayotgan Xitoyning telekommunikatsiya sohasidagi gigant kompaniyasi hisoblangan ZTE pavilioniga TATU rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

💬 Uchrashuvda ZTE Uzbekistan bosh direktori Van Guangdong ham qatnashdi va TATU delegatsiyasi ZTEning ilmiy innovatsion ishlanmalari, hozirgi kundagi dolzarb telekommunikatsion talablarni qondiruvchi eng so'nggi turdagi moslamalar va yechimlar bilan yaqindan tanishdi.

💬 Pavilionda bo'lish chog'ida ZTE va TATU o'rtasidagi mavjud hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot markazi va laborotoriyasini ochishga qaratilgan uchrashuvga kelishib olindi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#e’lon

📣DIQQAT E’LON

“YILNING ENG FAOL TALABASI” RESPUBLIKA KO'RIK TANLOVINING FAKULTET BOSQICHIGA START BERILDI


➡️Birinchi tur - har bir fakultet (kesimi)da o‘tkaziladi;
➡️Ikkinchi tur - universitet miqyosida, fakultetlar kesimida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi;

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boyicha otkaziladi:

"Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi";
"Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi";
"Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi";
"Yilning eng faol sportchi talabasi";
"Yilning eng faol iqtidorli talabasi";
"Yilning eng faol ijodkor talabasi";
"Yilning eng faol tadbirkor talabasi" .

G’olib boʻlgan talaba-yoshlar universitet bosqichiga yo‘llanma beriladi!

Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib (1, 2 va 3-o'ringa sazovor bo'lgan), g'oliblikni qo'lga kiritgan nomzodlar tanlovda qayta ishtirok eta olmaydi.

Tanlovda ishtirok etish uchun fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muoviniga 30-sentabrgacha murojaat qilishingiz mumkin.

📌Murojaat uchun:
C bino 214 A xona Iqtidorli talabalar bo'limi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hackathon

20-sentyabr kuni “President Tech Award” doirasidagi keng ko‘lamli hakaton boshlandi.

🗣 Tadbirni IT Park Uzbekistan ijrochi direktori Abdulahad Kuchkarov ochib berdi.

👥 Tadbir ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatida u IT sohasining jadal o‘sishi va mamlakat yoshlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni alohida ta’kidladi. Ishtirokchilar tajribali murabbiylar rahbarligida innovatsion loyihalar ustida ish olib boradilar. 3-kun yakunida 15 ta eng yaxshi jamoa o‘z g‘oyalarini hakamlar hay’atiga taqdim etadi.

Ushbu hakatonda TATUdan bir qancha talabalar jamoalari ishtirok etmoqda.

🧠 G‘olib bo’lgan jamoa, bosh sovrin - 100 000 AQSH dollarini qo‘lga kiritadi!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #yangiliklar

TATU hayotida so'nggi kunlarda bo'lib o'tayotgan voqealar va eng qaynoq yangiliklar haqida “TATU'da nima gaplar ?”  ko'rsatuvi.

🚨 Bugungi dasturimizda:

TATUda eng zamonaviy ARM tashkil etildi va u 24/7 formatida faoliyat yuritadi.

Universitet kibersport jamoalari uchun "Cyber club" tashkil etildi.

200 ga yaqin 2-bosqich talabalari "Oqtosh" oromgohida dam olishadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tajriba #elektr_energiyasi

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidagi mahallalardan birida oqib o‘tayotgan ariqning imkoniyatlaridan foydalangan holda, charxpalak yordamida elektr energiyasi hosil qilish bo‘yicha tajriba o‘tkazdilar.

Mazkur qurilmaga qo‘shimcha uskunalar o‘rnatish orqali soatiga 2 kVt energiya ishlab chiqarish mumkin. Bu esa bitta xonadonni to‘liq energiya bilan ta'minlash imkonini beradi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dunyo_yangiliklari

Qualcomm Intel’ni sotib olmoqda — kompaniya rad eta olmaydigan taklif kiritdi.

WSJ kelishuv tafsilotlarini e’lon qildi:

— Kelishuv katta miqyosda bo‘ladi va butun sanoatni larzaga soladi;
— Kompaniya Intel’ning umidsiz holatini kutib, ayni vaqtda kelishuv taklif qildi – Amerika texno-giganti ayanchli ahvolda;
— Intel Core 13 va 14-avlod protsessorlari ommaviy ravishda sifatni yo‘qotmoqda;
— Kelishuv bo‘yicha javob yaqin orada beriladi;
— Agar Intel Qualcomm’ga sotilsa, bu katta texnologiyalar olamini butunlay o‘zgartirib yuboradi.



Qualcomm покупает Intel — компания сделала предложение, от которого не отказываются.

WSJ опубликовал подробности сделки:

— Сделка будет масштабной и потрясёт всю индустрию;
— В компании специально выбрали момент отчаянья в Intel - американский техногигант в плачевном состоянии;
— Intel Core 13-го и 14-го поколений массово деградируют;
— Ответ по сделке должен прийти в ближайшее время;
— Если Intel продастся Qualcomm - это раз и навсегда изменит весь мир больших технологий.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #jonli_efir

Erta tongdan GPA ko'rsatgichi yuqori bo'lgan 200dan ortiq 2-bosqich talabalari “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida "Oqtosh" dam olish maskani tomon ko'tarinki kayfiyatda yo'lga chiqishdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 16:22:49
Back to Top
HTML Embed Code: