Telegram Web Link
#meta

Meta* 10 yil davomida ishlangan, xuddi josuslik filmlaridagi kabi inqilobiy Orion qo‘shimchalik haqiqat ko‘zoynaklarini taqdim qildi.

Inqilobiy yangilikning imkoniyatlari va tafsilotlari:

Orion, Apple Vision Proga qaraganda hamma narsani nisbatan yaxshiroq bajaradi;

Endi tarjimonlarga ehtiyoj yo‘q — chet tilidagi nutqni sinhron ravishda tarjima qiladi;

Ko‘z harakatlarini aniqlaydi, ularni nigoh orqali boshqarish mumkin;

Ko‘rinishi oddiy ko‘zoynaklardan deyarli farq qilmaydi va vazni bor-yo‘g‘i 100 gramm;

To‘plamda qo‘l orqali miya signallarini kuzatadigan bilaguzuk bor;

Barcha gologrammalar linzalarga kichik protsessor bloki yordamida uzatiladi;

Qurilma hozircha sotuvga chiqarilmaydi, shuning uchun uni faqat xodimlar va sharhlovchilar sinovdan o‘tkazishadi, lekin kelgusi versiyalar savdoda paydo bo‘ladi.



Meta* выкатили революционные очки дополненной реальности Orion, буквально как в шпионских фильмах — над ними работали 10 лет

Возможности и детали революционной новинки:

Orion умеют всё то же, что и Apple Vision Pro, но только лучше;

Синхронно переводят иностранную речь — переводчики больше не нужны;

Очки распознают движения глаз, ими можно управлять взглядом;

По внешнему виду почти не отличаются от обычных очков и весят всего 100 граммов;

В комплекте идёт браслет, который отслеживает сигналы мозга через руку;

Все голограммы передаются на линзы с помощью небольшого процессорного блока;

Девайс пока что не на продажу, поэтому тестировать их будут только сотрудники и обзорщики, но будущие версии выйдут на рынок.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#sõrovnoma

💻 Universitetimiz talabalari jadid bobolarimiz, universitetimiz prorektorlari hamda adabiyotning oltin asri namoyondalarini qanchalik bilishadi?

Hozir biz buni so'rovnoma orqali bilib olamiz

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_Nurafshon
#Sayyor_qabul_shaklida_uchrashuv

🤩 Joriy yilning 26-sentabrda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O'quv ishlar bo'yicha prorektori Sultanov Djamshid Baxadirovich tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filiali talabalari, ularning ota-onalari va kelgusida axborot texnologiyalari sohasida tahsil olish istagida bo'lgan abituriyentlar bilan Sayyor qabul shaklida uchrashuv o'tkazildi. 

💬 Mazkur uchrashuv davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Xususan, talabalar o'qishini ko'chirish va qayta tiklash, akademik almashinuv doirasida o'rnatilgan tartib qoidalar, talabalar malaka amaliyotlarini soha korxonalarga jalb etish va bitiruvchilarni bandligini ta'minlash, bitiruvchi kurs talabalarning bitiruv malakaviy ishlarni shakllantirishda asosiy omillar va boshqa masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berib o'tildi.

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov

Talablaringizga binoan “Tabassum haftaligi” nomli tanlov o’tkaziladi!

👨‍💻 Ushbu tanlovda ishtirok etish uchun siz: talabalar yoki universitet hayoti bilan bog’liq har xil quvnoq vaynlar, qiziqarli "Mem"larni o’z ijtimoiy tarmog’ingizga joylab, TATUning rasmiy sahifalarimizni (Instagram yoki Facebook) belgilab qo’yishingiz kerak bo’ladi.

✈️ telegram
📷instagram
🌐facebook

Eng kreativ video va rasmlar mualliflarini ajoyib sovg’alar kutmoqda, bular:

TATU brendi asosida tayyorlangan "Merch"lar;
Anhor lokomativ istirohat bog’iga chiptalar;
Python, Ingliz tili hamda Robototexnikadan 3 oylik bepul kurslar;
“Faol talaba” nomli sertifikat.

O’z muallifligingizda tayyorlangan materiallarni telegram orqali quyidagi manzilga yuborishingiz so’raladi:
➡️ @nodrian

🎚️ Tanlov bir hafta mobaynida davom etadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda eng ko’p reaksiya yig'gan 10 nafar g’oliblarni esdalik sovg’alar kutmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KOICA #taqdimot

🔂Joriy yilning 25-sentyabr kuni KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Elektron tijorat va savdoni raqamlashtirish”ga qaratilgan 3-bilim almashish dasturini o‘tkazdi. Ushbu tashabbus KOICAning "CIAT" (Capacity Improvement & Advancement for Tomorrow) dasturi ishtirokchilariga Koreyada oʻqish davomida egallagan bilimlarini Oʻzbekiston jamoatchiligi bilan boʻlishish imkonini beradi.

🤔 KOICAning “Bilim almashish dasturi” (KSP) Koreyaning rivojlanish tajribasi bilan bo'lishish orqali O‘zbekistonda institutsional salohiyatni oshirishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Koreyaning Soongsil universitetining AKT-texnosiyosati magistraturasini tamomlagan Azizbek Dusmuxamedov tomonidan taqdimot bo‘lib o‘tdi. U Koreyadagi KOICA CIAT dasturining “Elektron tijorat va savdoni raqamlashtirish” nomli qimmatli fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir offlayn va onlayn formatda tashkil qilinib talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

🗒 Seminar davomida raqamlashtirishning jadal rivojlanayotgan asosiy tendensiyalari hamda iqtisodiy afzalliklari bo'yicha amaliy bilimlar bilan o'rtoqlashdilar. Seminar-trening davomida maʼruzachilar tomonidan barcha savollarga batafsil javob berildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KiberSport #CS #CS1.6

📱 Talaba-yoshlar oʻrtasida kibersportni rivojlantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning oʻz iqtidorlarini yuzaga chiqarishlarida koʻmaklashish maqsadida Universitet AKTSIM fakulteti miqyosida kibersportning “Counter Strike 1.6” turi boʻyicha 28-sentyabr, shanba kuni 15:00da “Jamoaviy turnir" o'tkazilmoqda.

💬 Eslatib o'tamiz, shu turdagi kibersport musobaqalari davomiy tarzda o'tkazilib boriladi. Jamoaviy turnirda ishtirok etish uchun fakultet dekanatiga 28-sentyabr 12:00gacha murojaat qilishingiz mumkin.

Turnirda qatnashish uchun jamoalar quyidagi talablar asosida qabul qilinadi:

jamoa nomi;
5 nafar ishtirokchi (bir jamoada).

Bellashuvlar A bino 207-xonada bo'lib o'tadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻 | 😀😀😀😀😀😀

#BRB_TECH #tashrif

Joriy yilning 26-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga "Biznesni rivojlantirish bank" qoshida tashkil etilgan yetakchi IT-kompaniyalaridan biri bo'lmish "BRB-TECH" vakillari tashrif buyurdi.

Uchrashuvda universitet bitiruvchilarini kompaniyada amaliyot/stajirovka o'tash imkoniyatlari, yuqori daromadli doimiy ish bilan ta'minlash, shuningdek, kompaniyaning yetakchi mutaxassislari ishtirokida universitetda seminar-treninglar tashkil etish bo'yicha hamkorlik memorandumini imzolash masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida TATUda "BRB-TECH" kompaniyasi bilan hamkorlikda dual ta'limni joriy etish masalalari  ham ko'rib chiqildi.

🗒 Ma'lumot uchun: BRB-TECH kompaniyasining asosiy vazifasi kompaniya va korxonalarga o'z faoliyatini yaxshilash va dasturiy ta'minotni ishlab chiqish, IT-konsalting va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish shuningdek, mijozlarga o'z sohalarida yangi texnologiyalarni qo'llashdan iborat.

🔘  Telegram kanalimizni  kuzatib boring!
        
➡️ Eng so'nggi vakansiyalar
💙@tatu_karyera_markazi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 00:25:55
Back to Top
HTML Embed Code: