Telegram Web Link
💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot universitetining “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham Yuqori Chirchiq tumanida 2024-yilda energiya samaradorlikni oshirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi bilan tanishmoqdalar. Tumandagi yirik iste’molchilar tomonidan mahsulotlarni ishlab chiqarishda energiya tejovchi qurilmalardan foydalanishlari borasida tushuntirishlar berilmoqda.

“Azia Tashkent textile” MCHJ va “Texnoinvest- ST” MCHJ kabi ta’minot korxonalari va mutasaddi idoralar rahbarlariga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, energiya balansini ishlab chiqish, uning ko‘rsatkichlarini ta’minlash, energoresurslardan oqilona foydalanishni tizimli yo‘lga qo‘yish yuzasidan tavsiyalar berildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov #ayollar

🔂Joriy yilning 9-13-sentyabr kunlari bo'lib o'tgan, mukofot jamg’armasi 50 million so'mga teng bo’lgan U-Enter innovatsion tadbirkorlik markazi tomonidan “WeStart: 3D Edition” ayollar startap loyihalari inkubatsiya dasturi tashkil etildi. Ushbu tanlovda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ayollari faol ishtirok etib, faxrli o'rinlarni egallashdi:

Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti kafedrasi dotsenti Otaxonova Bahrixon Ibragimovna “Anatomix3D” loyihasi bilan ishtirok etib 1-o'rinni egalladi;

Universitet mustaqil tadqiqotchisi Bazarbayeva Muqaddas Muxammadovna "Gravirovka yordamida 3D o'yinchoqlar" loyihasi bilan ishtirok etib 3-o'rinni egalladi.

🗒 Ma’lumot uchun:
"WeStart: 3D Edition” - ayollar startap loyihalari inkubatsiya dasturi" innovatsiyalar, texnologik yechimlar va zamonaviy muammolarni hal qilishga qaratilgan yirik tanlov bo'lib, ishtirokchilar o'z g'oyalari orqali real hayotdagi qiyinchiliklarni yengib, yangi texnologiyalarni joriy qilish va jamiyatga foydali loyihalar yaratishga qaratilgan. Hakatonda 20 dan ortiq ishtirokchi va 30 dan ziyod oliy ta'lim muassasalaridan ishtirokchilar ishtirok etdi. Dastur USAID's FGI loyihasi, KOICA, NIPA ko‘magida tashkil etilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma #ICTWeek

🚌 ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

17-20-sentabr kuni Toshkent shahridagi CAEx majmuasida bo‘lib o‘tadigan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng yirik tadbir ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligiga tashrif buyuruvchilar uchun 4 kun davomida shaharning turli nuqtalaridan bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Haftalikka tashrif buyurib, siz eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning so‘nggi yutuqlari bilan tanishish va tajriba almashish imkoniga ega bo‘lasiz.

Bundan tashqari haftalik turli mavzulardagi qiziqarli forum va konferensiyalarni o‘z ichga oladi. “IT ta'lim va frilansing forumi”, “IT sohasida ayollar uchun yaratilgan imkoniyatlar” kabi tadbirlar shular jumlasidan.

ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligida mehmonlarni kutayotgan tadbirlar bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin:

Tadbirga qiziquvchi barcha kishilar va kompaniyalarni ushbu ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif qilamiz.

Avtobuslar jo‘naydigan manzillar:

1. IT Park UZBEKISTAN (Ibrohim Muminov ko‘chasi, 4)
2. "O‘zbekiston" mehmonxonasi
3. "Do'stlik" metro bekati
4. "Buyuk ipak yo'li" metro bekati (Muhammad Yusuf kochasi, sobiq Dagestanskiy ko'cha)
5. Shimoliy vokzal bekati

📝Avtobuslar soat 9:00 dan boshlab har soatda 18:00 ga qadar qatnaydi.

✈️@tuituz_offiicial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ICTWeek #jonli_efir #digital  #TATU

💻“ICTWEEK UZBEKISTAN - 2024” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga start berildi.

Ayni damda, 17-20-sentyabr kuni Toshkent shahridagi CAEx majmuasida bo‘lib o‘tadigan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng yirik tadbir ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligiga start berildi.

💻 Ushbu haftalik doirasidagi ko‘p funksiyali ko‘rgazmada TATU jamoasi ham o'z ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda.

🎥Tadbirni jonli efirda kuzatib boring:

🌐 Facebook
▶️ YouTube

🏷Ma'lumot uchun: AKT haftaligiga tashrif buyurish uchun 17-20-sentabr kuni Toshkent shahridagi CAEx majmuasiga 4 kun davomida shaharning turli nuqtalaridan bepul avtobuslar qatnovidan foydalanishingiz mumkin. Avtobuslar soat 9:00 dan boshlab har soatda 18:00 ga qadar qatnaydi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KOICA

🔂KOICA O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2024-yilda uchinchi bilim almashish dasturini offlayn hamda onlayn tarzda o‘tkazadi.

🤔 O‘zbekistonda "Elektron Tijorat va Savdo Sotiqni raqamlashtirish" ga qiziqqan barchani faol ishtiroklarini kutib qolamiz.

- Mavzu: "Elektron Tijorat va Savdo Sotiqni raqamlashtirish"
- Ma’ruzachi: Azizbek Do'smuhamedov O'zbekiston aeraportlarida Bosh Tahlilchi
(Azizbek Do'smuhamedov, KOICA stipendiya dasturining 2024 yilgi bitiruvchisi Soongsil Universitetining AKT texno-siyosat sohasi bo'yicha magistri)

🗓 Sana: 25-sentabr, 2024-yil (chorshanba)
Vaqt: 11:00 / 1 soat davomida
📍 Manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti/ Bino E, E313 xona

Zoom
ID: 838 1446 9765
PW: KOICA



🔂 KOICA Uzbekistan office and Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi will hold the 3rd knowledge sharing program both offline and online in 2024.

🤔 We're waiting for the active participation of anyone who is interested in Digitalization of E-commerce and Trade in Uzbekistan.

- Theme : Digitalization of E-commerce and Trade
- Presenter : Azizbek Dusmukhamedov (Senior Analyst / Uzbekistan airports)
(He Participated KOICA Scholarship Program Graduates of 2024 Master's in ICT Techno-Policy from Soongsil Univ)

🗓 Date : SEP 25th, 2024 (Wed)
Time : 11 A.M / 1 hour
📍 Location : Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi and Zoom

Zoom
ID: 838 1446 9765
PW: KOICA

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videolavha

💬 “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2024” AKT haftaligi ochilish marosimi doirasida “CAEx” (Central Asian Expo Uzbekistan) majmuasida tashkil etilgan “ICT EXPO” ko‘rgazmasining ilk kunidan videolavha.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ICTWEEK24 #Huawei_ICT_Talent_summit

📶 Ayni vaqtlarda ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 doirasida CAEx Hall 1 ko’rgazmalar markazida “Huawei ICT Talent Summit” o‘quv sessiyasi bo'lib o'tmoqda. 
  
Sammitda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va texnologiya sohasida yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy masalalari muhokama qilinadi. Huawei ICT Academy, xalqaro tashkilotlar va universitetlar vakillari talabalar uchun imkoniyatlar haqida gapirib, ta’lim texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan o‘rtoqlashadilar. Shuningdek, ICT Competiton 2024 - 2025 tanlovi tafsilotlari taqdim etiladi.  
  
▶️Sammitni jonli efirda kuzatish:

https://www.facebook.com/share/RninRm9jMcQFW2VF/?mibextid=oFDknk

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 22:21:57
Back to Top
HTML Embed Code: