Telegram Web Link
#Ochilish_marosimi
#Agrobank_ATB

🩷13-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talaba-yoshlarga sharoitlar yaratish maqsadida “Agrobank” (ATB) tomonidan tashkil qilingan o'quv xonasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirga Agrobank ATB HR departamenti direktori - Ravshan Dodoqo’ziyev, bo’lim boshlig’i - Xaydarov Adham Mirazizovich va Biznes trenerlar guruhi rahbari - Jiyanov Najmiddin Bo’riyevichlar tashrif buyurishdi.

🎉Ochilish marosimi Agrobank rahbarlari va TATU rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovichlar boshchiligida bo'lib o'tdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#malaka_kurslari #xalqaro_hamkorlik

Hurmatli TATU doktorantlari va professor-o‘qituvchilari diqqatga

🇨🇳 Xabaringiz bor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Muhandislik maktabi” ochilgan bo‘lib, ushbu maktabda yosh kadrlar o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini nazariy hamda amaliy tarzda oshirib kelmoqdalar. Yaqinda ushbu muhandislik maktabi qoshidagi Xitoy Xalq Respublikasining Xi’an Jiaotong universitetining malakali professor-o‘qituvchilari hamkorligida universitetimizning barcha izlanuvchi hamda ushbu sohaga qiziquvchi professor-o‘qituvchilari uchun “Sun’iy intellekt va Chuqur o‘qitish (AI va Deep Learning)” malaka oshirish kurslarini tashkillashtirilish rejalashtirilgan.

💻 Universitetimizning barcha talaba va o‘qituvchilarini hamda ushbu kursga qiziquvchilarni malaka oshirish kursining ochilish marosimiga taklif qilamiz. Malaka oshirish kursini ochilish marosimida shaxsan Xi’an Jiaotong Universiteti prezidenti Prof. Zhang Liqun ishtirok etadilar.

🎓 Shuningdek, Malaka oshirish kursini olib boruvchi professor va malakali muhandislari:
Dr. Hequan Sun - Xi'an Jiaotong Universiteti Bioinformatika texnologiyalari professori;
Dr. Qinghe Du – Informatika va Kommunikatsiya muhandisligi professori;
Dr. Xi Chen – Kompyuter texnologiyalari doktori;
Dr. Peilin Jiang – Sun’iy intellekt texnologiyalari mutaxassisi;
Dr. Laiyi Fu - Avtomatlashtirish fanlari muhandisi olib boradilar.

Ushbu yo‘nalishda karyerangizni boshlash va “Sun’iy intellekt va Chuqur oʻqitish (AI va Deep Learning)” mutaxassislaridan qimmatli bilimlarni o‘rganish uchun ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang

🗓Sana : 17-sentyabr
🔜 Vaqt : 15:00
📍 Manzil : TATU katta majlislar zali

📝 Quyidagi havola orqali, malaka oshirish kursida o‘qish uchun ro‘yhatdan o‘tishingiz mumkin.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kiberxavfsizlik #orientation_week

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Birinchi kurs maktabi”(orientation week) haftaligi

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarga joriy yilning 9-14-sentyabr kunlari “Birinchi kurs maktabi” (Orientation week) haftaligi tashkil etilgan. Ushbu haftalik doirasida 13-sentyabr kuni katta faollar zalida Kiberxavfsizlik fakultetiga qabul qilingan “Kiberxavfsizlik injiniringi” va “Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishlari 1-bosqich talabalari uchun soha haqida boshlang‘ich ma’lumotlar va tushuntirishlar olib borish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi yetakchi mutaxassisi Safarov Samandar va fakultet a’zolari ishtirok etib sohadagi yangi tendensiyalar va texnologiyalar, shuningdek kiberxavfsizlik yo‘nalishidagi amaliy tajribalar bilan o‘rtoqlashib, o‘quv jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr almashishdi hamda Kiberxavfsizlik fakultetining yuqori bosqich iqtidorli talabalari hamda xorijdan kelgan talabalar so‘zga chiqib universitet haqida o‘zlarining iliq fikrlarini bildirib o‘tdilar.

Uchrashuv so‘ngida fakultet dekani barcha talabalarga omad tilab yaxshi o‘qishlarini, kelajakda yetuk kadr bo‘lib yetishishlari uchun universitet va fakultet tomonidan barcha kerakli shart-sharoitlar yaratilganligini ta’kidlab o‘tdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Tabrik

Bugun Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti kafedrasi mudiri - Raximov Nodir Odilovich hamda Ma’lumotlarni uzatish tizimlari va tarmoqlari kafedrasi mudiri - Hasanov Doston To’rayevichlarning tug'ilgan kunlari!

🎉Shu munosabat bilan Universitet nomidan ularga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#GPT

🎮 ChatGPT endi sizga birinchi bo'lib yozishi mumkin.

🥷 Neyron siz muloqot qilgan hamma narsani eslab qolishni va keyin o'zingizga xabar yuborishni o'rgandi:

ChatGPT: "Maktabdagi birinchi kuning qanday o’tdi?»
Foydalanuvchi: "Sen menga birinchi bo'lib
xabar yubordingmi?»
ChatGPT: "Ha, men sening ahvolingni so’ramoqchi edim."



🎮 ChatGPT теперь может написать вам первым.

🥷 Нейронка научилась запоминать всё, о чем вы общались, а после писать вам сама:

ChatGPT: «Как твой первый день в школе?»
Юзер: «Ты только что написал мне первым?»
ChatGPT: «Да, я просто хотел проверить, как у тебя дела».

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 16:23:33
Back to Top
HTML Embed Code: