Telegram Web Link
📣Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)  va Koreya Respublikasining nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlarining kuzgi semestri uchun qabul davom etmoqda!

TATU - YEUNGNAM UNIVERSITETI
“2+2 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturida quyidagi bakalavriat yo‘nalishlari mavjud:
- “Axborot va kommunikatsiya muhandisligi” (Information and Communication Engineering);
- “Kompyuter injiniring” (Computer Engineering).


TATU - KOOKMIN UNIVERSITETI
“3+1 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturida “Biznes axborot texnologiyalari” (Business IT) bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

TATU - SEJONG UNIVERSITETI
“1+1 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturida “Biznesni boshqarish” (Master of Business Administration - MBA) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

🎓 Yuqoridagi barcha qo‘shma ta’lim dasturlarida dars mashg‘ulotlari nufuzli OTMlarning chet ellik professorlari tomonidan ingliz tilida olib boriladi.

📄 Mazkur qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishni tamomlagan talabalarga tegishli ravishda TATU va hamkor oliy ta’lim muassasasi tomonidan ikkita diplom beriladi.

TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR:
- Pasport;
- Diplom yoki Shaxodatnoma;
- Xorijiy til (Ingliz tili) sertifikati B1+ daraja (yoki Ingliz tilidan imtihon)

📎Dasturning kuzgi semestri uchun qabul jarayoni 20-sentyabrgacha davom etadi.

⬇️Hujjatlarni onlayn topshirish uchun: https://apply.tuit.uz/

Batafsil ma’lumot uchun:
+99871-238-55-55
+99833-900-07-56
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Turkiya

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ITMade jamoasi Turkiya davlatining “TEKNOFEST 2024” xalqaro tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi bo‘yicha, O'zbekiston nomidan finalda qatnashmoqda.

🇹🇷 2024-yilning 5-8-sentyabr kunlari Turkiya davlatining Antaliya shahrida bo'lib o'tayotgan final bosqichida "Baykar technology" kompaniyasi texnologiyalar bo'yicha bosh direktori Selçuk Bayraktar ham qatnashmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fotolavha #tashrif

6-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig’i Abdullayev A’zam Abdushukurovich, Boshliq o'rinbosari Chorshanbiyev Jasur Xurramovich hamda Raqamli texnologiyalar sohasida nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Ashirbayev Ermat Azimovich tashrif buyurishdi.

💬 Uchrashuvda professor-o'qituvchilar va mutaxassislar uchun almashinuv dasturlarini hamda malaka oshirish kurslari dasturlarini ishlab chiqish, hamkorlikda laboratoriya tashkil etish va unda soha uchun malakali kadrlarni tayyorlash, talabalar o'rtasida  malaka oshirish dasturlarini amalda tadbiq etish va ilmiy tadqiqot yo'nalishlarida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga kelishildi.

🙋 Tashrif davomida mehmonlar universitetda tashkil etilgan ilg‘or muhandislik maktablari, ilmiy laboratoriyalar, inkubatsiyа va media markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada

Tarixiy g'alaba!!!
O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Xalqaro informatika olimpiadasida bronza medali sohibi bo‘ldi.

🇺🇿 O'zbekiston terma jamoasi Misrda o'tkazilgan informatika bo'yicha 36-xalqaro olimpiadada qatnashdi. Jamoamiz a'zolari 90 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etgan olimpiadada sovrinli o‘rinni qo'lga kiritishdi.

🥉 Olimpiadada terma jamoamiz vakili Mardon Hazratov bronza medalini qoʻlga kiritdi. Asilbek Sunnatov esa "Honorable mention" (namunali ishtirok) mukofotiga sazovor boʻldi.

✅️ Terma jamoalarni tayyorlashda universitetimizning Sport dasturlash yo'nalishida ko'zga ko'ringan murabbiylar va talabalar ham jalb etilgan. Xususan, TATU doktoranti Sunatullo Hojiyev, TATU talabasi Miroqilov Davlatbek va boshqalar shular jumlasidandir.

Eslatib o’tamiz, IOI olimpiadasi 2026-yil ilk bor  Oʻzbekistonda oʻtkaziladi. 

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 23:20:13
Back to Top
HTML Embed Code: