Telegram Web Link
#tatu_doktorantlari
#xorijiy_grant 🇺🇸

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter tizimlari kafedrasi tayanch doktoranti Ochilov Temur Dilshodovich Amerika Qo'shma Shtatlaridagi Binghamton universitetining School of Computing (SoC) doktorantura (PhD) dasturiga qabul qilinib, 100% lik $50,000 miqdoridagi grant sohibi bo'ldi!

🗒 Ma’lumot uchun:
Binghamton universiteti bilan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o'rtasida aloqalar 2022-yilda o'rnatilib, ikki tomonlama hamkorlik qilishga kelishib olingan edi. TATU bitiruvchisi Ergashev Ulug'bek ham Binghamton universiteti School of Computing (SoC)da doktorlikga nomzod hisoblanadi.

🎉 Doktorantimizning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_oʻquv_yili
#jarayon

🎓 Bugun, 9-sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida yangi 2024-2025-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

👥 Tantanali marosimda Universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, keng jamoatchilik vakillari, ota-onalar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

🎉 Tadbirda so‘zga chiqqanlar talabalikka tavsiya etilgan yoshlarni samimiy qutladi, o‘tgan o‘quv yilida erishilgan yutuqlar hamda yangi o‘quv yilida oldimizga qo‘yilgan maqsadlar haqida to‘xtalib, talabalar va universitet jamoasiga kuch-g‘ayrat, muvaffaqiyat tiladilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_oʻquv_yili #fotolavha

📷“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida yangi 2024-2025-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun ochilish marosimidan fotolavhalar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov joriy yilning 8-9-sentyabr kunlari Qatarning Doha shahriga ishchi tashrifi doirasida amaliy uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Tashrifning birinchi kuni vazir boshchiligidagi delegatsiya Xamad bin Xalifa universiteti (HBKU) prezidenti doktor Ahmad M. Hasnah bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi. Tomonlar qator tashabbuslarni ilgari surib, ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/20851

👉На русском
👉In English

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ğalaba #Technofest #xushxabar #TATU_talabalari

Muhandis kadrlar tayyorlash bo‘yicha islohotlar o‘z samarasini bermoqda

2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalati universitetida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sun’iy intellekt” Oliy muhandislik maktabi o‘z faoliyatini boshlagan edi. Mamlakatimiz rahbari tomonidan mazkur yo‘nalishda belgilab berilgan islohotlar bugun qisqa fursatlarda o‘z samarasini bermoqda.

Buning yaqqol misoli sifatida Universitetning Oliy muhandislik maktabi tarkibidagi ITMade laboratoriyasi vakillari Turkiyaning “TEKNOFEST 2024” xalqaro tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston nomidan final bosqichigacha yetib kelganliklarini keltirishimiz mumkin.

Jamoa tomonidan ishlab chiqilgan inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash va imkoniyati cheklanganlarga kengroq imkoniyat taqdim etishga mo‘ljallangan innovatsion Brayl klaviatura tanlovning ilk bosqichlaridanoq “Commercialization potential” mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu mukofotni “Baykar technology kompaniyasining texnologiyalar bo‘yicha bosh direktori Selchuk Bayraktar topshirdi.

Final bosqichining yakuniy natijalari 2024-yilning 20-sentyabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Final bosqichida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yagona jamoamizga omad tilaymiz.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 21:13:50
Back to Top
HTML Embed Code: