Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📈 #infografika

⚡️Oʻzbekistonda chet tillarini bilishga boʻlgan qiziqish tobora ortib bormoqda

📱 2024-yilning yanvar-avgust oylarida my.gov.uz orqali “Chet tilini bilish darajasini aniqlash” davlat xizmatiga jami 166 408 ta ariza topshirildi. Shundan 126 383 nafar talabgor chet tillari boʻyicha sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

🌐Kutilganidek, ingliz tili – 142 280 ta ariza bilan yetakchilikni qoʻlga kiritdi. Keyingi oʻrinni turk tili – 17 127 ta ariza bilan egalladi. Arab tiliga esa 3 144 ta ariza topshirildi.

📍Hududlar kesimida sertifikat olish boʻyicha Toshkent shahri (24 438 ta ariza) yetakchi ekanligini koʻrsatdi. Undan keyingi oʻrinda Samarqand viloyati (14 792 ta ariza) boʻldi. Fargʻona ham chet tillarini oʻrganish boʻyicha faol (11 645 ta ariza) viloyatlardan biriga aylandi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ikkinchi_oliy_ta'lim

💬 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 606-qarorida nazarda tutilgan ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun da’vogarlar 28-avgust kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim sirtqi shakli uchun suhbat jarayonlarida ishtirok etishmoqda.

💬 Suhbat jarayonlari joriy yilning 28-29-avgust kunlari Universitetning D-binosida otkaziladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💬 Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-avgustdagi 321-son buyrug‘ida belgilangan topshiriqlar bo‘yicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2024-2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.

🛡 Vazirlikning Ta’lim sifatini nazorat qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi Odinayev Dilshodjon Shavkatovich Universitetda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Xususan: o‘quv auditoriyalar, laboratoriya xonalari, Oliy muhandislik maktabining laboratoriya komplekslari, yotoqxonalar, sport zallari, inkubatsiya markazi, axborot-resurs markazi, isitish uzellari va qozonxonalar, obodonlashtirish va “Yashil hudud” lar, shuningdek, Universitet huzuridagi akademik litseyning yangi o‘quv yiliga tayyorligi o‘rganildi.

➡️ Shu bilan birga, 2024-2025-o‘quv yiliga o‘quv-me’yoriy hujjatlarning ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligiga alohida ahamiyat qaratildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#super_kontrakt

2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig  birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.

💾 PDF shaklida yuklash

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 17:15:57
Back to Top
HTML Embed Code: