Telegram Web Link
#mandat #magistratura #qabul2024

Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi

2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tayyorgarlik

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔺Raqamli texnologiyalar vazirligida inklyuzivlik va nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi

🗂 Unda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan nogironligi bo’lgan shaxslarni bandligini ta’minlash maqsadida ajratilgan kvotalarning barchasiga nogironligi bo’lgan shaxslar ishga qabul qilindi. Eslatib o’tamiz, hozirgi kunda Universitetda nogironligi bo’lgan shaxslar ish faoliyatini olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

🤔 Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – nogironligi bo‘lgan shaxslarni Raqamli texnologiyalar vazirligi va tizim tashkilotlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari hamda IT sohasidagi yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirish va ijtimoiy integratsiyasini yaxshilashdan iborat. 

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon

✔️ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)  va Koreya Respublikasining nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlariga kirish imtihonlari 2024-yilning 4-sentyabr kuni TATU'ning E o'quv binosida soat 11:00 da bo'lib o'tadi.

📥 Imtihon matematika fanidan, qabul komissiyasining maxsus ishchi guruhi tomonidan o'tkaziladi. O'zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport) olib kelishingiz so'raladi.

⬇️Hujjatlarni onlayn topshirish uchun: https://apply.tuit.uz/

📞 Call markazi:
+99871-238-55-55
+99833-900-07-56

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Workshop #Trening #KOICA

🛡 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida TATU professor–o‘qituvchilari uchun trening kurslari tashkil etilmoqda.

👥 Mazkur trening kurslari xorijiy yetakchi universitet hamda ishlab chiqarish kompaniyalari, jumladan, Kookmin universiteti, Hy Co.Ltd, Koreya fan va texnologiya axborot instituti (Korea Institute of Science and Technology Information), Seoul Womens University, Portland universiteti (University of Portland) professorlari tomonidan IT o'quv dasturlarini ishlab chiqish (Development of IT programs/curriculums), “Prompt engineering: Advanced Techniques of ChatGPT”, “Business-driven Roadmap -Enterprise software” kabi mavzularda olib borilmoqda.

⭐️ Ma’lumot uchun:
Loyiha 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, qiymati 5 million AQSh dollariga teng. Unga ko‘ra, TATUda Biznes IT ta’lim yo‘nalishi va ishlab chiqarish zonasi tashkil etish, 100 dan ortiq professor-o‘qituvchi hamda mutaxassislarning malakasi oshiriladi, shuningdek, 5 nafar PhD va 10 nafar magistrlar Kookmin universitetida o‘qish imkoniga ega bo‘ladilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E'LON ❗️

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2025-yil tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va stajor-tadqiqotchilik uchun mavjud ixtisosliklar (57-bet) bo’yicha hujjat qabulini e’lon qiladi!

🗂 Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ariza - TATU rektori nomiga;
Ilmiy rahbar rozilik xati (ariza bilan yuklanadi);
Biografik maʼlumot (obʼektivka);
Bakalavr va magistratura diplomi yoki oliy maʼlumot (1997-yilgacha) diplom nusxasi;
Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
Passport nusxasi;
Davlat stipendiyasi hujjati nusxasi (mavjud boʻlsa);
Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat “B2” daraja. Stajor-tadqiqotchilikga talab etilmaydi.

🛡 Barcha hujjatlar Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi yagona elektron tizimi (daraja.ilmiy.uz) orqali, pdf shaklida tayyorlab 15-sentabrdan 15-oktabrgacha yuboriladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika #talabaga_qulaylik

🙋 Endi talabaga turar joy muammo emas!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidagi talabalar turar joylari bo‘yicha infografika

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_diqqat

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi ogohlikka chaqiradi!

🔴Agarda siz korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz, maslahat so'rash yoki tegishli choralar ko'rilishi uchun darhol universitetning Korrupsiyaga qarshi kurash “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo'limi xodimlariga aloqaga chiqishingiz soʻraladi.

➡️Murojaat uchun telefon:
+99895 088 11 99
+99897 774 96 19
+99871 238 65 44


Telegram messenjeri orqali bog’lanish.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma
#ijara_pullari
#kompensatsiya

📣Hurmatli talabalar, diqqat qiling! Eslatma!


📌Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish”i bo‘yicha eslatma:

❗️O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 605-son qarori talablari doirasida ijarada yashovchi talabalar oyning 7-sanasidan kechiktirmasdan kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza topshirishlari kerak!

⚡️Ariza beruvchi tomonidan oyning 7-sanasiga qadar yuborilgan arizalar mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ushbu muddatlar tugagandan keyin taqdim etilgan arizalar ko’rib chiqilmaydi.


➡️Qo'shimcha ma'lumotlar olish uchun fakultet dekanatiga murojaat qiling!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
👥Telegramdagi rasmiy sahifamiz obunachilari soni 14 000 dan oshdi!!!

Bizni kuzatishda davom eting, universitet hayotidagi eng so'nggi yangiliklar bizda!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/04 19:21:05
Back to Top
HTML Embed Code: