Telegram Web Link
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga rektor tashrif buyurdi.

👥 2024-yil 17-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori prof. Baxtiyor Maxkamov Samarqand filialiga tashrif buyurdi.  Rektor filial o‘quv binosi, auditoriya xonalarning jihozlanganligi va ulardan foydalanish darajasi bilan tanishdi.  Shu bilan birga yangi 2024-2025 o‘quv yiliga  tayyorgarlik holati o‘rganildi va tahlil qilindi.

🗒 Tashrif davomida rektor B.Maxkamov filialni yanada rivojlantirish va ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalarini berdi. Filialda "Student office"ni tashkil etish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar shular jumlasidan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imkoniyat #kursga_qabul

Iste’dodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi 2024/25-o‘quv yili uchun “Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kursiga qabul e’lon qiladi.

📌 Mazkur oʻquv kurslariga joriy yilda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi 2-kursini bitirib, uchinchi kursiga o‘tgan, akademik qarzdorligi bo‘lmagan talabalar saralash asosida qabul qilinadi.

📌 Tanlov saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan talabalar uchun o‘qish davomida bazaviy hisoblash miqdorining 4-baravari miqdorida har oy rag‘batlantirib boriladi, hamda zamonaviy noutbuk taqdim etiladi.

Aziz talaba-yoshlar “Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv kurslariga 2024-yilning 15-avgustiga qadar https://dscience.uz/ orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatiga egasiz.

👍 Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

✈️@TATUIQTIDORLITALABALARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #Yeungnam #double_degree

📣1-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar diqqatiga!

     Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Koreya Respublikasining Yeungnam universiteti (YU) o‘rtasida tashkil etilgan “2+2 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturiga hujjatlar qabul qilish boshlandi!

TATU va uning hududiy filiallari hamda IT sohasi bo‘yicha boshqa oliy ta’lim muassasalarida 1-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar “2+2 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturida o‘qishni davom ettirishi mumkin.

Dastur yo‘nalishlari:
Axborot va kommunikatsiya muhandisligi (Information and Communication Engineering)
Kompyuter injiniring (Computer Engineering)

🗣O'qitish tili:
- Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur bosqichlari:
1-bosqich:
2 yil davomida TATUda o'qish.
2-bosqich: qolgan 2 yil davomida YUda o'qish.

🎓Ikki diplom:
- O'qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga YU va TATU tomonidan ikkita bakalavr diplomi beriladi.

🆔Talab qilinadigan hujjatlar:
- Pasport nusxasi
- Transkript nusxasi
- IELTS 5.5 va undan yuqori darajadagi sertifikat

❗️Shoshiling, joylar soni chegaralangan!

📞Qo'shimcha ma'lumot uchun:
- +998 71-235-09-00
- +99871-238-55-55

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rektorqabuli

💻 Bugun, 18-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida navbatdagi talabalar va fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

🗒 Ushbu qabul jismoniy va yuridik shaxslarni tinglash, muammolarini o'rganib, ularni ijobiy hal etishni yanada samarali tizimini tashkil etish maqsadida har haftaning payshanba kuni murojaatchilarni qabul qilish orqali yo‘lga qo‘yilgan.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Summer_camp

🇨🇳🇺🇿TATU talabalari dunyo universitetlar reytingida TOP-300dan joy olgan Xitoyning Xi'an Jiaotong universitetiga "Summer Camp" dasturi doirasida yetib borishdi.

🩷Endilikda talabalar bir hafta davomida universitetning taniqli professorlaridan ma'ruzlar tinglab, muloqotda bo'lishadi, BYD va Shaanxi Automobile Holdings kabi yuqori texnologiyali Xitoy kompaniyalariga tashrif buyurishadi, xalqaro talaba-yoshlar bilan madaniyat almashinuvi maqsadida davra suhbatlari, sport musobaqalari o'tkazishadi va qadimiy Sian shahrining diqqatga sazovor tarixiy joylariga tashriflar amalga oshiriladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qayta o‘qishda o‘qiyotgan talabalar diqqatiga!

Qayta o‘qishning ikkinchi 15 kunligining oxirgi o‘qish muddati 1.08.2024 sanada tugaydi va 2-3-5-avgust kunlarida Yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi.



Вниманию студентов обучающихся на переобучении весеннего семестра!

Второе 15 - ти дневное переобучение закончится 1.08.2024 года и 2-3-5 августа пройдёт итоговый контроль по предметам переобучения.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruv_marosimi #Выпускной

🎓Hurmatli bakalavriat bosqichi bitiruvchilari!

📣Ajoyib yangilikni Siz bilan baham ko'rmoqchimiz: 20-iyul kuni soat 8:45da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Bakalavriat bitiruvchilariga diplom topshirish" marosimi bo'lib o'tadi!

📸Ushbu voqea siz uchun umr bo'yi esda qoladi! Hayotning unutilmas lahzalarini suratga olish uchun sizni professional fotosessiya, diplomning tantanali taqdimoti va maxsus fotozona kutmoqda.

Umid qilamizki, bu siz uchun hayotingizdagi eng baxtli voqealardan biri bo'ladi va biz uni nafaqat esda qolarli, balki o'ziga xos tarzda o'tishini xohlaymiz.

🆕Shuning uchun Siz aziz talabalar uchun maxsus tayyorlangan, universitet ramzlari bitilgan bitiruv liboslarini tayyorlab qo'yganmiz!

Hayotingizdagi eng quvonchli voqealardan birini biz bilan o'tkazing!

Bitiruv marosimida ko'rishguncha!



🎓Дорогие выпускники бакалавриата!

📣 Хотим поделиться важной новостью: 20-го июля в 8:45 в Ташкентском университете информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми пройдет "Выпускная церемония бакалавриата"!

📸Это событие запомнится Вам на всю жизнь! Вас ждет профессиональная фотосессия, торжественное вручение диплома и специальная фотозона, чтобы запечатлеть незабываемые моменты жизни.

Поэтому для всех выпускников подготовили мантии с символикой университета !

Проведите этот день вместе с нами и сохраните в памяти незабываемые моменты выпускной церемонии!

Ждем вас!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #Xitoy

. Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti (NCUT) vitse-prezidenti Wang Jianwen boshchiligidagi delegatsiya TATUga ilk bor tashrif buyurishdi.

💬 Texnologiya sohasida Xitoyning yetakchi universitetlardan biri bo'lgan Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti va TATU o'rtasida joriy yilning boshida hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida anglashuv memorandumi imzolangan edi. Ikki universitet o'rtasida kelgusidagi istoqbolli rejalar, xususan, professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini tashkil etish, qo'shma ilmiy loyihalar va konferensiyalarni yo'lga qo'yish bo'yicha muhokamalar olib borildi.

Tashrif davomida universitetimizda yaratilgan imkoniyatlar, so'nggi amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar va laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live #bitiruv

📺 Ayni vaqtlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bakalavriyat bosqichi “Bitiruvchilarini kuzatish” marosimi bo'lib o'tmoqda.

Marosimni instagram sahifamiz orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/03 04:29:41
Back to Top
HTML Embed Code: