Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
#uchrashuv #hamkorlik

TATU mas'ul hodimlari va Rossiyaning Uzoq Sharq Federal universiteti vakillari o'rtasida onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu uchrashuvda Rossiya ilmiy tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda ikki va ko‘p tomonlama ilmiy-texnikaviy hamkorlik dasturini amalga oshirish istiqbollari muhokama etildi. Hozirgi kunda Rossiya Ta'lim va fan vazirligi federal byudjet tomonidan MDH davlatlarining ilmiy tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda ilmiy-texnikaviy hamkorlik dasturini moliyaviy ta'minlash uchun tanlov e'lon qilingan. Ikki universitet o'rtasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #memorandum

Samarqandda 16-17-iyul kunlari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlari ikkinchi forumi bo’lib o’tmoqda. 

🤝 Mazkur forum doirasida B2B uchrashuvlar tashkil etilib, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni kengaytirish yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Qirg’iziston Respublikasining O'sh davlat universiteti, Adam universiteti va B. Sidiqov nomidagi Qirg'iz-O'zbek xalqaro universiteti bilan hamkorlik shartnomalar imzolandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #Xitoy

O'zbekistondagi xitoylik tadbirkorlar uyushmasi vakillari va TATU o'rtasida hamkorlik aloqalari o'rnatildi.

Xitoy korxonalari va ishbilarmonlari tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan O'zbekiston xitoylik tadbirkorlar uyushmasining Universitetimizga tashrifi davomida Xitoy OTMlariga almashinuv dasturlari orqali talabalarini yuborish, qo’shma loyihalar, karyera markazlari, talabalar amaliyoti, talabalar uchun yozgi va qishki oromgohlar, lager tadbirlari, shuningdek, fan, taʼlim, texnologiya, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilish uchun oʻzaro hamkorlikni ko'zda tutgan anglashuv memorandumi imzolandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/03 06:28:04
Back to Top
HTML Embed Code: