Telegram Web Link
#TATU_mini_futbol
#yoshlar_kuni

⚽️ “Butunjahon yoshlar festivali” doirasida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan sportning “mini-futbol” bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi yakuniga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:

🥇1- o‘rin - Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti ;
🥈2-o‘rin - Dasturiy injiniring fakulteti ;
🥉3-o‘rin - Radio va mobil aloqa fakulteti

🏵 G'olib bo'lgan jamoalar va qatnashchilar diplom hamda esdalik so'vg'alarini qabul qilib oldilar.

✈️https://www.tg-me.com/tatu_talabalar_uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Uzb24 #Studiya24

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Prezident tomonidan yurtimizning tashabbuskor yoshlaridan bir guruhi mukofotlandi

💻 Ular orasida faol talabamiz ham munosib e’tirof etildi va "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi.

🎓 Ollaberganova Muyassarxon Davlatboy qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali 1-bosqich magistranti;

📺 O'zbekiston 24 telekanalining Studiya 24 ko'rsatuvida "Yangi O`zbekiston yoshlari - kelajak bunyodkorlari" mavzusida talabamiz Muyassarxon ishtirokida lavha tayyorlandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ubtuit #yutuqlarimizdan

❤️‍🔥Muhtaram Prezidentimiz yaratib bergan shart-sharoitlardan to'g'ri va oqilona foydalangan holda, Kelajak bunyodkori medaliga sazovor bo'lgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali magistranti Ollaberganova Muyassarning 30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan O'zbekiston yoshlariga yo'llagan bayram tabrigi


@ubtuit_official
#eslatma

Diqqat!!!

Ta'lim shaklidan qat'iy nazar barcha uchun  shartnoma to‘lovining 100 foizini to‘lashning so‘ngi muddati bugun soat 18:00 ga qadar ekanini eslatib o'tamiz!

Kontrakt
to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaganlik sababli shartnomaning 5.4. bandiga muvofiq shartnoma bekor qilinishi va mazkur shartnomaning 4.1. bandiga asosan universitet o‘qitish uchun belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun talabani chetlashtirish huquqiga ega.

Tegishli muddatda to'lovlarni amalga oshirmaganlar talabalar safidan chetlashtiriladi!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik

Magistraturaga qabul boshlandi

Respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlandi.

2024/2025-o'quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar davom etadi.

#новость

Начался прием в магистратуру

Началась онлайн-регистрация документов на магистратуру государственных вузов республики.

Процесс подачи документов на поступление в магистратуру государственных вузов на 2024/2025 учебный год осуществляется через сайт magistr.edu.uz до 30 июля.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik
#Zamonamiz_qahramoni

⭐️"Zamonamiz qahramoni" loyihasining navbatdagi soni tizeri.

Ushbu ko'rsatuvning navbatdagi mehmoni - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali 1-bosqich magistranti, "Kelajak bunyodkori" medali sohibasi Ollaberganova Muyassarxon Davlatboy qizi.

Ko'rsatuvdan ko'zlangan asosiy maqsad - iqtidorli yosh olim hamda talabalarni aniqlash, ularning ixtiro, ishlanmalar va yutuqlarini ommaga taqdim etishdir.



⭐️ Тизер следующего выпуска "Герой нашего времени".

Следующая гостья этого шоу - магистрант 1-го курса Ургенчского филиала Ташкентского университета информационных технологий, обладательница медали "Келажак бунёдкори" Оллаберганова Муяссархон.

Главной целью этого проекта является выявление талантливых молодых ученых, студентов и представить их достижения публике
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #TATU_litseyi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litseyiga qabul jarayonlari davom etmoqda.

9-sinf bitiruvchilari vazirlikning my.edu.uz platformasi orqali akademik litseyga hujjat topshirishlari mumkin.
Akademik litseyda 2 ta yo'nalish mavjud, bular:

🟢 Aniq fanlar 1(texnika) - Matematika va Fizika fanlari chuqurlashtirib o'qitiladi.
🟢 Aniq fanlar 2(iqtisod) - Matematik va Ingliz tili fanlari chuqurlashtirib o'qitiladi.

Akademik litsey bitiruvchilariga ishlash imkoniyatini beruvchi, "Elektron hujjatlar bilan ishlash mutaxassisi" sertifikati taqdim qilinadi.

Iqtidorli talabalar 2-kursdan boshlab vazirlik va universitet tomonidan taqdim etiluvchi stipendiyalarni qo'lga kiritishlari mumkin.

🗓 Hujjat topshirish sanasi: 10-iyundan 10-iyulgacha(shu kuni ham)

📞Murojaat uchun: +998 71 235 0369

✈️@tatu_akademik_litseyi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

📍 Universitetimiz terma jamoa a’zolari joriy yilning 23-iyundan 1-iyulga qadar Turkiyaning Istanbul shahrida xalqaro “6th Algorithm Competition Summer Camp 2024” o‘quv seminar-treningida ishtirok etishdi.

🗒 Universitetimiz talabalari ushbu o‘quv seminar-treningida xalqaro darajadagi mentorlardan tahsil olib, o‘z bilimlarini oshirgan holda, nufuzli ICPC musobaqalarida universitet nufuzini yanada oshirishni maqsad qilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi qabul qilingan kun

☑️“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, bugun 32 yil to‘ldi.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir. Gerb davlat bayroqlarida, muhrda, rasmiy blankalarda, muhim hujjat, pul va davlat zayomlarida, baʼzi binolarda tasvirlanadi.

🔹O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida 8 burchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasviri bor. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Xumo qushi ko‘rinadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruv_marosimi #Выпускной

🎓Hurmatli magistratura bosqichi bitiruvchilari!

📣Ajoyib yangilikni Siz bilan baham ko'rmoqchimiz: 5-iyul kuni soat 10:00da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Magistr bitiruvchilariga diplom topshirish" marosimi bo'lib o'tadi!

📸Ushbu voqea siz uchun umr bo'yi esda qoladi! Hayotning unutilmas lahzalarini suratga olish uchun sizni professional fotosessiya, diplomning tantanali taqdimoti va maxsus fotozona kutmoqda.

Umid qilamizki, bu siz uchun hayotingizdagi eng baxtli voqealardan biri bo'ladi va biz uni nafaqat esda qolarli, balki o'ziga xos tarzda o'tishini xohlaymiz.

🆕Shuning uchun Siz aziz talabalar uchun maxsus tayyorlangan, universitet ramzlari bitilgan bitiruv liboslarini tayyorlab qo'yganmiz!

Hayotingizdagi eng quvonchli voqealardan birini biz bilan o'tkazing!

Bitiruv marosimida ko'rishguncha!



🎓Дорогие выпускники магистратуры!

📣 Хотим поделиться важной новостью: 5-го июля в 10:00 в Ташкентском университете информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми пройдет "Выпускная церемония магистров"!

📸Это событие запомнится Вам на всю жизнь! Вас ждет профессиональная фотосессия, торжественное вручение диплома и специальная фотозона, чтобы запечатлеть незабываемые моменты жизни.

Поэтому для всех студентов изготовлены магистерские мантии с символикой университета !

Проведите этот день вместе с нами и сохраните в памяти незабываемые моменты выпускной церемонии магистров!

Ждем вас!

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 12:25:23
Back to Top
HTML Embed Code: