Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huawei #Seeds_for_the_Future_2023

🎓 Huawei Seeds for the Future 2023 dasturida qatnashayotgan O‘zbekistonlik talabalar qatorida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Kiberxavfsizlik fakulteti talabasi Jo‘rabekov Boburxon Dilshod o‘g‘li Xitoy bo‘ylab China Digital Tour ga yo‘l oldi.

Tur doirasida IT yo‘nalishi bo‘yicha OTMlarining 12 nafar talabasi Shenchjan va Shanxay shaharlarida bo‘lib, Huawei kompaniyasi ko‘rgazma komplekslarining innovatsion olamiga sho‘ng‘iydilar, soha ekspertlari bilan raqamli taraqqiyot masalalarini muhokama etadilar, #MWCSHanghai tadbirlarida qatanashib, Xitoy madaniyati va an’analari bilan tanishadilar.

O‘zbekistonlik guruh tarkibida TechnoMinds jamoasi a'zosi - Tech4Good 2023 global final sovrindorlaridan Jo‘rabekov Boburxon Dilshod o‘g‘li ham borligi quvonarli albatta. Umumiy hisobda 28 ta mamlakatdan 100 dan ortiq talabalar #ChinaDigitalTour turi ishtirokchilari safidan joy oldilar.

🗒 Ma'lumot o'rnida: Tech4Good global tanlovida Sakkiz nafar O‘zbekistonlik talabalardan tashkil topgan “Techno Mind” jamoasi Qatar davlatining Doha shahriga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, “Aquatibia” loyihasi bilan 🏆Silver Award mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.

🎉 Talabamiz bilan faxrlanamiz va unga kelajakda yanada yuksak marralarni zabt etishini tilab qolamiz!

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2024 #eslatma

⚡️DIQQAT, bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!


Bugun (25-iyun kuni) OLIY TA’LIM MUASSASALARI hamda KOLLEJ VA TEXNIKUMLARga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar bugun (25-iyun) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va ertaga (26-iyun) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

E’tiborli bo‘ling!

❗️Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta’lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta’lim muassasasini ham) tanlanadi.

🔗Foydali havolalar (matn ustiga bosing):

👉 OTM bakalavr yo‘nalishlari uchun fanlar majmuasi;

👉 Kollej va texnikumlar kasb (mutaxassislik)lari uchun fanlar majmuasi;

👉 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma;

👉 To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #double_degree #Yeungnam

📣 Abituriyentlar va 1-kurs talabalari diqqatiga!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Koreya Respublikasining Yeungnam universiteti (YU) bilan hamkorlikda tashkil etilgan “2+2 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturiga qabul boshlandi.

“2+2 Double Degree” dasturida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
- “Axborot va kommunikatsiya muhandisligi” (Information and Communication Engineering);
- “Kompyuter injiniring” (Computer Engineering).

Ushbu dasturda barcha darslar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur ikki bosqichdan iborat bo‘lib:
1-bosqichda talabalar 2 yil davomida TATUda tahsil oladilar;
2-bosqichda qolgan 2 yilni YUda davom ettirishadi.


Ushbu dastur bo‘yicha o‘qishni tamomlagan talabalarga tegishli ravishda YU va TATU tomonidan ikkita bakalavr diplomi beriladi.

Hujjatlarni online topshirish uchun: https://yu.tuit.uz/admission

❗️ Shoshiling, joylar soni chegaralangan. Qabul 20-iyulgacha davom etadi.

Batafsil ma’lumot uchun:
+99871-235-09-00
+99871-238-55-55

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabassum_vaqti

TATU da kimningdir noutbuki qolib ketibdi, egasi aloqaga chiqib yuborsin, taksidan "Dostavka" qilib yuboramiz...



Кто-то оставил свой ноутбук. Пусть владелец напишет нам, отправим через такси...

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 02:17:37
Back to Top
HTML Embed Code: