Telegram Web Link
📌Joriy yilning 24-iyun kuni TATU Samarqand filialida "Karyera kunlari" boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Oʻzbekistonda Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yordamida TATU Samarqand filiali talaba yoshlari va maktab, texnikum va litsey bitiruvchilari uchun Samarqand viloyatidagi IT kompaniyalar, soha korxonalaridagi bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda:
- Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi;
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
- ITPU universiteti;
- Toshkent shahridagi Amiti universiteti;
- Toshkent shahridagi INHA universiteti mas'ul xodimlari universitet haqidagi targ'ibot dasturlari bilan tadbirda ishtirok etishdi.

🌐TATU Samarqand filiali
Axborot xizmati

Facebook | YouTube | Telegram | Instagram |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huawei #Seeds_for_the_Future_2023

🎓 Huawei Seeds for the Future 2023 dasturida qatnashayotgan O‘zbekistonlik talabalar qatorida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Kiberxavfsizlik fakulteti talabasi Jo‘rabekov Boburxon Dilshod o‘g‘li Xitoy bo‘ylab China Digital Tour ga yo‘l oldi.

Tur doirasida IT yo‘nalishi bo‘yicha OTMlarining 12 nafar talabasi Shenchjan va Shanxay shaharlarida bo‘lib, Huawei kompaniyasi ko‘rgazma komplekslarining innovatsion olamiga sho‘ng‘iydilar, soha ekspertlari bilan raqamli taraqqiyot masalalarini muhokama etadilar, #MWCSHanghai tadbirlarida qatanashib, Xitoy madaniyati va an’analari bilan tanishadilar.

O‘zbekistonlik guruh tarkibida TechnoMinds jamoasi a'zosi - Tech4Good 2023 global final sovrindorlaridan Jo‘rabekov Boburxon Dilshod o‘g‘li ham borligi quvonarli albatta. Umumiy hisobda 28 ta mamlakatdan 100 dan ortiq talabalar #ChinaDigitalTour turi ishtirokchilari safidan joy oldilar.

🗒 Ma'lumot o'rnida: Tech4Good global tanlovida Sakkiz nafar O‘zbekistonlik talabalardan tashkil topgan “Techno Mind” jamoasi Qatar davlatining Doha shahriga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, “Aquatibia” loyihasi bilan 🏆Silver Award mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.

🎉 Talabamiz bilan faxrlanamiz va unga kelajakda yanada yuksak marralarni zabt etishini tilab qolamiz!

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/29 11:36:17
Back to Top
HTML Embed Code: