Telegram Web Link
#live #Xalqaro_uchrashuv

📷 Xalqaro uchrashuvdan fotolavha

📹 Ayni vaqtlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUda “Markaziy Osiyoda yuqori darajadagi siyosiy muloqot – 2024: Generativ sun’iy intellekt (GenAI) asosida oliy ta‘limni o‘zgartirishga ko‘maklashish” mavzusida xalqaro uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

🗒 Uchrashuvning maqsadi - Markaziy Osiyo mamlakatlari va undan tashqaridagi oliy ta’lim sohasidagi manfaatdor tomonlarni GenAI olib keladigan imkoniyatlar va muammolarni birgalikda o‘rganish, shuningdek, oliy ta’limni samarali rivojlantirish uchun uni qo‘llash bo‘yicha strategik takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

👥 Ushbu uchrashuvda 10 ga yaqin xorij mamlakatlaridan oliy ta’lim vazirliklari rahbarlari, universitet rektorlari, sun’iy intellekt bo‘yicha yetakchi olimlar va UNESCO rahbarlari bilan birgalikda 50 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etishmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #FAQ

So'nggi kunlarda talabalarimiz tomonidan ijtimoiy tarmoqlarimiz hamda telegram botimizga eng ko'p yo'llangan savollarga javoblar (FAQ):

Savol: Qayta o’qishga qolgan talabalar uchun TTJ ajratiladimi?
Javob: 2023-2024-o‘quv yilida ayrim o‘quv fanlaridan akademik qarzdor bo‘lib, qayta o’qishga qolib ketgan talabalarni yozning issiq kunlarida ko’chalarda sarson bo’lib, ijara uylari qidirib yurishlarini oldini olish maqsadida, ularning iltimoslarini inobatga olgan holda, talabaning oʻquv yili davomida oʻzi yashagan TTJ laridan foydalanish imkoniyati beriladi. Bunda talabalar 26-iyun sanasidan boshlab qabul qilinadi. Murojaat uchun manzil: D bino, 115 xona - Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi. Ish kunlari: dushanba -juma, 09:00dan 18:00 gacha Tel.: +99897 433 0334

Savol: Qayta oʻqish qancha vaqt davom etadi?
Javob: Qayta o’qishning davomiyligi 12 kredit uchun 3 hafta va 24 kredit uchun 6 haftani tashkil qiladi.

Savol: Qayta oʻqish davrida TTJ larda istiqomat qilish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?
Javob: 2ta 3x4 rasm, passport (ID karta) nusxasi, qayta o'qishga qabul qilinganlik shartnomasi, TTJ uchun bir oylik toʻlov kvitansiyasi kerak bo'ladi.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_uchrashuv #fotolavha

Xalqaro uchrashuvdan fotolavha №2

Aynida damda “Markaziy Osiyoda yuqori darajadagi siyosiy muloqot – 2024: Generativ sun’iy intellekt (GenAI) asosida oliy ta‘limni o‘zgartirishga ko‘maklashish”
mavzusida xalqaro uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/07/01 14:42:26
Back to Top
HTML Embed Code: