Telegram Web Link
#qabul #Yeungnam #double_degree

📣1-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar diqqatiga!

     Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Koreya Respublikasining Yeungnam universiteti (YU) o‘rtasida tashkil etilgan “2+2 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturiga hujjatlar qabul qilish boshlandi!

TATU va uning hududiy filiallari hamda IT sohasi bo‘yicha boshqa oliy ta’lim muassasalarida 1-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar “2+2 Double Degree” qo‘shma ta’lim dasturida o‘qishni davom ettirishi mumkin.

Dastur yo‘nalishlari:
Axborot va kommunikatsiya muhandisligi (Information and Communication Engineering)
Kompyuter injiniring (Computer Engineering)

🗣O'qitish tili:
- Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi.

Dastur bosqichlari:
1-bosqich:
2 yil davomida TATUda o'qish.
2-bosqich: qolgan 2 yil davomida YUda o'qish.

🎓Ikki diplom:
- O'qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga YU va TATU tomonidan ikkita bakalavr diplomi beriladi.

🆔Talab qilinadigan hujjatlar:
- Pasport nusxasi
- Transkript nusxasi
- IELTS 5.5 va undan yuqori darajadagi sertifikat

❗️Shoshiling, joylar soni chegaralangan!

📞Qo'shimcha ma'lumot uchun:
- +998 71-235-09-00
- +998 97-267-44-41

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#TABRIK

Bugun Media markazi boshlig'i Joldasov Shaxislam Batirovichning tug'ilgan kunlari!

🎁Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻 2024-yil 4-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 10-11 (741-742) - sonli Ilmiy kengashi bo'lib o'tdi. Unda turli masаlalar ko'rib chiqilib, yig'ilish yakunida quyidagi xodimlar bir qator nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandilar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan
“Ko‘p yillik samarali mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun”
Fizika kafedrasi professori, f.m.f.d. Abdurahmanov Qaxxor Pattaxovich - Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan Metrologiya kuni, metrologiya faoliyati boshlanganligining 100 yilligi munosabati bilan samarali xizmati, fidokorona mehnatlari uchun ETT kafedrasi mudiri Eshmurodov Dilshod Elmurodovich - Tashakkurnoma va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

“Scentific Academy” Ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan MDH mamlakatlari ilmiy tanlovida “Faol tadqiqotchi” nominatsiyasi: Elektronika va radiotexnika kafedrasi assistenti Musadjanova Nargiza Abduvohid qizi - ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

💬OAK dan olingan diplomlar:
1. MAT kafedrasi dotsenti – Sultonova Mahbubaxon Odilovna - t.f.f.d. (PhD) ilmiy darajasini;
2. Menejment va marketing kafedrasi katta o‘qituvchisi Shaislamova Muazzamxon Raximxodjaevna  - iqtisodiyot f.f.d. (PhD) ilmiy darajasini;
3. Radio va mobil aloqa fakulteti dekani o‘rinbosari Badalov Jasur Ismailovich - t.f.f.d. (PhD) ilmiy darajasini;
4. Ma’lumotlarni uzatish tizimlari va tarmoqlari kafedrasi katta o‘qituvchisi -  Reypnazarov Ernazar Nurjamievich - t.f.f.d. (PhD) ilmiy darajasini;
5. Ma’lumotlarni uzatish tizimlari va tarmoqlari kafedrasi doktoranti Axmedov Nurshod  Murodovich - t.f.f.d. (PhD) ilmiy darajasini;
6. Axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Turakulov Otabek Xolmirzayevich - t.f.f.d. (PhD) ilmiy darajasini;
7. Ibragimov Sanjarbek Salijanovich - t.f.f.d. (PhD) ilmiy darajasini oldi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_bitiruvchilari

🎓 Bugun, 5-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida magistratura bosqichi Bitiruvchilarini kuzatish” marosimi bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi va bitiruvchilarni tabrikladi. Bitiruvchilarga esdalik yorliqlarini tantanali topshirdi hamda ularning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Marosim nafaqat magistrlar uchun, balki ularning oila a’zolari va do‘stlari uchun ham katta xursandchilik bo‘ldi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_bitiruvchilari #fotolavha

🖼 Bugun, 5-iyul kuni bo'lib o'tgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida magistratura bosqichi Bitiruvchilarini kuzatish” marosimidan fotolavha.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 12:37:46
Back to Top
HTML Embed Code: