Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_bitiruvchilari #videolavha

▶️ Bugun, 5-iyul kuni bo'lib o'tgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida magistratura bosqichi Bitiruvchilarini kuzatish” marosimidan videolavha.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#trening #grant_dasturi

👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Kiberxavfsizlik" kafedrasi assistenti, Daminov Akmalbek Abdurasulovich Xitoy xalqaro hamkorlik agentligining (CIFAL) tomonidan tashkil etilgan "Information Security Technologies for the 'Belt and Road' Countries" grant dasturida ishtirok etmoqda.

Ushbu dasturda O‘zbekiston, Marokko, Xitoy, Qatar, Iroq, Armaniston, Janubiy Afrika, Laos, Kuba va boshqa davlatlardan malakali kadrlar ishtirok etmoqda.

🗒 Ma'lumot o‘rnida: Mazkur dastur — axborot xavfsizligi, elektron hukumat, AKT rivojlanish strategiyasi, kibervfsizlik, korxonalar IT-arxitekturasi va tizim xavfsizligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, Xitoyning Shanxay shahrida "CIFAL Shanghai" tomonidan olib borilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#trening #china #wuhan #blockchain

👥Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU "Tizimli va amaliy dasturlashtirish" hamda "Teleradioeshittirish tizimlari" kafedralari mudirlari Kamil Kerimov va Alisher Berdiyevlar Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida o'tkazilayotgan "Seminar on Technologies of Blockchain and Information Security for Developing Countries" seminarida ishtirok etmoqda.

Ushbu dasturga O'zbekiston, Yaman, Janubiy Afrika, Tanzaniya, Afg'oniston, Kambodja, Eron, Nepal va Ozarbayjon davlatlaridan turli soha mutaxassislari hamda muhandislari taklif qilingan.

🗒Ma'lumot uchun: ushbu seminar global Blockchain texnologiyalari, axborot xavfsizligi hamda ushbu sohadagi innovatsion yechimlar, Blockchain tizimida kriptografiya, sun'iy intellekt va Big Data hamda Blockchain texnologiyalari integratsiyasi, shuningdek, telekommunikatsiyada innovatsion yechimlar sohalari bo'yicha malaka oshirishga mo'ljallangan bo'lib, Xitoyning "Wuhan Research Institute of Post and Telecommunications" instituti tomonidan tashkil etilgan.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻 Joriy yilning 6-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari — kafedralar, boshqarmalar rahbarlari, prorektorlar, rektor boshchiligida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati qoshidagi Muhandislik maktabi laboratoriyasiga tashrif buyurishdi.

🗒 Universitet vakillari mazkur maktabda tashkil etilgan 6 va 10 oylik malaka oshirish kurslari, unda soha mutaxassislari qaysi yo‘nalishlarda va qanday texnikalarda malaka oshirayotgani, shuningdek, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

💬 Muhandislik maktabi va universitet o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, texnik bilimlarni oshirish, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va sohada yangi yutuqlarni qo‘lga kiritish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#TABRIK

Bugun Moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektori Toshmatov Saloxiddin Zayniddinovichning tug'ilgan kunlari!

🎁Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!
#Tabrik

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i Miryoqubov Mirjamol Mirqodir o‘g‘lining tug'ilgan kunlari

🎁Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!
#tashrif #muhandislik_maktabi

Bugun, 8-iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o'rinbosari Karimjonov Rustam Olimjon o'g'li hamda "Oʻzbektelekom" AK boshqaruv raisi Xasanov Nazirjon Nabijanovich tashrif buyurdi.

💬 Tashrif davomida universitetda "O'zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda "Muhandislik maktabi"ni tashkil etish bo'yicha muhokama o'tkazildi.

🗒 Xususan, universitet hududida "O'zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasining o'quv laboratoriya xonalarini tashkil etilishi jarayonlari ko'zdan kechirildi, ishlab chiqarish bilan o'qish tizimini integratsiyalashni yangi bosqichga olib chiqish, ikki fakultet talabalarini rejalashtirilgan muhandislik maktabida tayyorlash masalalari muhokama etildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent2024

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2024-2025-o‘quv yili
da oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Bugun Xalqaro Hamkorlik, xalqaro reytinglar va strategik rivojlantirish bo‘limi boshlig'i Yusupov
Ibrohimbekni
tug'ilgan kunlari.

🎁 Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_talabalari

🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Teleradioeshittirish tizimlari kafedrasi, 2-bosqich PhD tayanch doktarantura talabasi Rixsivoyev Mohirjon Alisher o'g'li hozirda Yevropa ittifoqi, Slovakiya respublikasining Košice shahrida, Pavol Jozef Šafárik universitetida (PJSU) o'zining 6 oylik ilmiy stajirovka amaliyotini davom ettirmoqda.

🗒 Ma'lumot uchun: Pavol Jozef Šafárik universiteti QS World Rankings 2024 tizimida 851-900 o'rinlarni egallab turibdi.

🎉 Ushbu doktorantimizning kelgusi ishlariga omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 14:16:45
Back to Top
HTML Embed Code: