Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_va_qadrlash_kuni

⚡️ 9-may “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami

👉
@TUITKF_UZ
#Xotira_va_qadrlash_kuni

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari xolidan xabar olindi

⚡️ 9-may “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali talaba-yoshlari hamda bir guruh harbiy faxriylar Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Nosirova Vera Andreyevna xonadonida bo‘lishdi.

Suhbat davomida Vera Andreyevna bu e’tibordan hursand ekanligini bildirib, talaba-yoshlarga ona Vatanni sevish va ardoqlash, mustaqillikning qadriga yetish to‘g‘risida pand nasihat va ezgu tilaklarini bildirdi.

👉
@TUITKF_UZ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_va_qadrlash_kuni

⚡️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali talaba-yoshlari Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Nosirova Vera Andreevna xonadonida

👉
@TUITKF_UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#7may
#Aloqachilar_kasb_bayrami

7-may – O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!

Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Qayerda bo‘lmaylik, uzoq-yaqindagi qadrdonlarimiz bilan doimiy aloqada bo‘lishimiz, zamon bilan hamnafas yurishimizda aloqa xodimlarining hissasi katta.

7-may — Radio va aloqa xodimlari kuni bilan sohada faoliyat olib borayotgan fidoyi va jonkuyar xodimlarni samimiy tabriklab, ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.

👉
@TUITKF_UZ
#Хотира_ва_қадрлаш_куни

9 май - Хотира ва Қадрлаш куни

Қарилик-да, “қулоқ - оғирроқ”,
Қовоқларим тўсган кўзимни.
Кимнинг боласисан, шунқорим,
Берироқ кел, танит ўзингни.

Қарилик-да, айбга йўйма,
Кун санамай қўйдик буёғи.
Қўлингда гул, хойнахой яна
Табриклашга келибсан чоғи.

Ҳа айтганча, тўққизинчи май...
Эсладимми, ошади диққат.
Гулингни бер, дуо қилайин,
Уруш ҳақда сўрама фақат.

Тинчлик ҳақда гапиргин, болам,
Шуни истар бу – “эзма чоллар”.
Биз урушдан орденлар тақдик,
Сен тинчликдан таққин медаллар.

Қисмат экан, “бомба”лар кечиб,
Оёқ-қўлни бердик урушга.
Сен уларни тинчликка ишлат,
Жанг хаёли тушмасин бошга.

Автоматга суяндик бизлар,
Дунё ҳамон чекади озор.
Сен кетмонни қўлингдан қўйма,
Дарахт эккин, яратгин гулзор.

Жангда ўлди минглаб истеъдод,
Ичда кетди минглаб панд-ўгит.
Биз “қора хат” ёздик урушда,
Сен тинчликка мадҳиялар бит.

Яхши бўлгин, ҳаммадан яхши
Токи бизни кечирсин олам.
Биз урушда одам ўлдирдик,
Сен инсонни асрагин, болам.

Жанг майдони – ўлим майдони,
Ажал билан жангга киришдик.
Гитлерини танимайман мен,
Биз урушга қарши уришдик.

Боболар ҳам ғанимат, қўзим,
Сенинг бошинг кўрмасин офат.
Гулингни бер, дуо қилайин,
Уруш ҳақда гапирма фақат.

Қадрласанг, топасан қадр,
Йўқлашингни савобга йўйгин.
Чексиз ҳурмат ва рахматимни
Президентга етказиб қўйгин.

👉@KHIKMATSAFAROV
#Xotira_va_qadrlash_kuni

⚡️Talaba--yoshlar ko'ksida sharaf lentalari

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan milliy bayrog'imiz rangi aks etgan sharaf lentalari talaba-yoshlarga ulashildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
#Xotira_va_qadrlash_kuni

⚡️ INSON QADRI ULUG‘ – XOTIRA MUQADDAS

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida 7-may “Aloqachilar kuni” hamda 9 may - “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Inson qadri ulug‘ – xotira muqaddas” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda ko‘p yillik samarali va halol mehnati uchun bir guruh faxriy professor-o‘qituvchilar va xodimlarga “Tashkkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
2024/06/29 02:23:42
Back to Top
HTML Embed Code: