Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_va_qadrlash_kuni

⚡️9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali talaba-yoshlaridan maxsus videоrolik

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
#Xotira_va_qadrlash_kuni

OTALAR JASORATI – TINCHLIGIMIZ KAFOLATI

Kasbilik Xayrulla Shermatovga chaqiruv qog‘ozi kelganida u 17 yoshda edi.  Urushning bor dahshatiga  guvohi bo‘lib, mashaqqatli, olovli yo‘llarni bosib o‘tdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali jamoasi va talaba-yoshlari Xayrulla ota xonadonida bo‘lishdi.

Suhbat davomida keksalarning bosib o‘tgan yo‘li va hayotiy tajribasi yoshlarga ibrat namunasi ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, talaba-yoshlarga mustaqillikni asrab-avaylash, bugungi tinch va osoyishta hayotimizning qadriga yetish, bor kuch-g‘ayratini faqat bilim olishga sarflash lozimligi haqida to‘xtalib, shu ishlarning boshida turgan Prezidentimiz omon bo‘lsinlar,  - deya duoga qo‘l ochdi otaxon.

O‘z navbatida filial jamoasi 100 yoshga kirsada,  hamon tetik, teran fikrli Xayrulla ota Shermatovga uzoq umr, sihat-salomatlik tiladilar.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_va_qadrlash_kuni

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali jamoasi va talaba-yoshlari
Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Xayrulla ota xonadonida
.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi

👉
@TUITKF_UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ “Dinshunoslik” fanidan ochiq dars bo‘lib o‘tdi

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining Kompyuter injiniring fakultetida “Axborot ta’lim texnologiyalari va gumanitar fanlar” kaferasi o‘qituvchisi Gulshoda Mixlieva tomonidan “Missionerlik va prozelitizmning diniy e’tiqodni tanlashda salbiy ta’siri” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Ochiq dars zamonaviy pedagogik texnologiyalar va qiziqarli pedagogik metodlardan foydalanilgan holatda olib borilib, dars jarayonida talabalarga missionerlikni salbiy oqibatlari haqida videorolik namoyish etildi.

Shuningdek, dars davomida talaba-yoshlar o‘rtasida viktorinalar tashkil etilib, talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar qaytarildi.

👉
@TUITKF_UZ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Sen nima uchun o’qiyapsan?”

— Bu aslo oddiy savol emas!

“Qoʻrqma” filmni albatta tomosha qiling, balki bu filmdan keyin javobingiz boshqacha boʻlishi mumkin.

Film havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ

- Talaba do’stlaringizga ulashib qo’ying.

@alisher_sadullaev
Aмал тегмаганлар ичидан бўзлаб,
Мартаба завқини тотсам, дер экан.
Aмалга минганлар юксакни кўзлаб,
Қадамни каттароқ отсам, дер экан.

Сардор вазирликни ҳар кун туш кўриб,
Вазир илож топса шоҳни ўлдириб,
Ярим кун бўлса ҳам тахтга ўлтириб,
Шон-шавкат ганжига ботсам, дер экан.

Шоҳ нима истайди, унга нима кам?
Улус ғавғосидан боши тўла ғам,
Тинч кулба бўлсаю ёвғон ичсам ҳам,
Бирор дам хотиржам ётсам, дер экан.

Эркин Воҳидов
#xalqaro_hamkorlik

⚡️XALQARO HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida AQSHning Princeton in Asia Bosh dasturi direktori Robin Palmer xonim hamda Sirakuza universiteti Global engagement dasturi menejeri xamyurtimiz Mirjahon Turdiev bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda filial direktori Akbar Normurodov ishtirok etib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari haqida fikr almashildi.

Kelgusida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali Princeton in Asia stipendiya dasturlarida ishtirok etib, xorijlik tajribali professor-o‘qituvchilarni filialning o‘quv jarayonlariga jalb qilishda yaqindan hamkorlik qilish kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida Robin Palmer xonimga filialning ramziy esdalik sovg‘asi topshirildi.

👉
@TUITKF_UZ
⚡️Fan va ta’limda innovatsion texnika va pedagogik texnologiyalarning rivojlanish istiqbollari

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “Fan va ta’limda innovatsion texnika va pedagogik texnologiyalarning rivojlanish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjuman 5 ta sho‘baga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirib, unda yosh olimlar va professor-o‘qituvchilarning ma’ruzalari tinglandi. Anjuman yakunida o‘zining ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etgan iqtidorli talaba-yoshlar va yosh olimlarga Tashakkurnomalar topshirildi.

👉
@KHIKMATSAFAROV
2024/07/01 05:50:19
Back to Top
HTML Embed Code: