Telegram Web Link
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “Jinoyatga jazo muqarrar”, “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzularida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Unda filial profilaktika inspektori B.Dulonov hamda IIB Qarshi shahar bo‘limi mas’ul xodimi F.Abdusamadov ishtirok etib, talaba-yoshlarga bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish va sifatli bilim olish, o‘zaro muloqotda hurmatni saqlash, har xil nizoli vaziyatlarga aralashmaslik lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari xususida so‘z yuritilib, aqidaparаstlikni targ‘ib etuvchi diniy mazmundagi yurtimizda ta’qiqlangan materiallardan foydalanmaslik, ularni boshqa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga tarqatmaslik, ushbu holatlar bo‘yicha javobgarlik borligi aytib o‘tildi.

👉
@TUITKF_UZ
⚡️“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari davom etmoqda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali talaba-yoshlari oʻrtasida 22-apreldan 10-mayga qadar “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari oʻtkazilmoqda.

Sport sinovlari ixtiyoriy va maxsus talablardan iborat bo‘lib, talabalarning chidamlilik, kuch, egiluvchanlik va tezlik imkoniyatlarini rivojlanganlik darajasini aniqlaydi.

O‘tkazilayotgan sinovlarda kompyuter injiniring va telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetlari talabalari qatnashib, jarayonlarni jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Abuyaxyo Sevinov hamda tyutorlar kuzatib borishmoqda.

👉
@TUITKF_UZ
#Teatr_va_yoshlar

🏛 Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus” doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali talaba-yoshlari viloyat musiqali drama teatrida bo‘ldilar.

Atoqli adib Jumaniyoz Jabborovning “To‘ydan oldin tomosha” nomli spektakl teatr ijodkorlari tomonidan yuksak mahorat bilan ijro etildi.

O‘zbek xalqining ijtimoiy turmushiga bag‘ishlangan sahna asari talaba-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

👉
@TUITKF_UZ
⚡️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali Talabalar turar joyida "Kompyuter tizimlari" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan "Kafedra kuni" tadbiri o‘tkazildi.

Unda talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Startаp loyihalarda faol ishtirok etish, nomdor stipendiyalar olish uchun “Ustoz-shogird” an’anasini yo‘lga qo‘yish kerakligi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar qaytarildi.

👉
@TUITKF_UZ
2024/06/26 07:37:39
Back to Top
HTML Embed Code: