Telegram Web Link
Kuni kecha Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov va direktor o‘rinbosari Shuhratulla Rizayev bilan uchrashuv o‘tkazib, sohadagi hamkorlik masalalarini muhokama qildik va Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyini borib ko‘rdik.

Samimiy muloqot davomida kinematografiya yo‘nalishida kadrlar tayyorlash, kino san’atini jamiyatning ma’naviy, madaniy-ma’rifiy hayotida, jumladan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni katta ahamiyatga egaligini inobatga olib, bugun suratga olinayotgan milliy badiiy film va seriallarda ko‘proq shu jihatlarga e’tibor qaratish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Talabalar o‘rtasida turli qiziqarli tanlovlar o‘tkazish, ularni rag‘batlantirish, stipendiyalar ta’sis etish, o‘zbek kinosi durdonalarini targ‘ib qilish borasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikka tayyorligi bildirildi.

Shundan so‘ng, Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida “O‘zbek kinosi durdonalari” rukni ostida tashkil etilgan retro kinozaldagi saqlanayotgan eksponat va kolleksiyalar bilan tanishdik. Shuningdek, filmni montaj qilish, unga ovoz berish, musiqa yozish va qayta ovoz berish jarayoni hamda talabalarga dars o‘tish uchun mo‘ljallangan o‘quv xona sharoitlari ko‘zdan kechirildi. O‘quv xonada talabalarga nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda bilim berilishi, bu bilan iqtidorli yoshlarni sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, o‘z yo‘nalishlariga chuqurroq kirib borish va professional mutaxassis yetishtirish maqsad qilingani ta’kidlandi.
2024/06/28 14:34:58
Back to Top
HTML Embed Code: