Telegram Web Link
#Rasmiy

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, viloyat sektor rahbarlari, faollar ishtirok etmoqda.

Viloyat hokimi tumandagi ijtimoiy sohada toʻplanib qolgan muammolarga toʻxtalar ekan, maktab ishini tashkil etishda mahalliy hokimlikning oʻrni sezilmayotganiga eʼtibor qaratdi.

Sogʻliqni saqlash sohasida ham vaziyat qoniqarli emasligi taʼkidlandi. Masalan, 2023-yilning 6 oyida tumanda 18 ta holatda bolalar oʻlimi yuz bergan boʻlsa, joriy yil 6 oylik yakunlariga koʻra, mazkur koʻrsatkich oshgan.

Yoshlar bilan ishlash sohasida ham ahvol maqtanarli emas, dedi Zoyir Mirzayev. Jumladan, rahbarlar oʻziga biriktirilgan yoshlar bilan astoydil ishlamagan, ularning 77 foizida muammolari hal etilmagan, rahbarlar bevosita uchrashmagan.

Sessiya oʻz ishini davom ettirmoqda.


Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Xalq deputatlari Toshkent tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi davom etmoqda.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tanqidiy tahliliy nutq soʻzlayotgan Zoyir Mirzayev tumanda aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi vaziyatga toʻxtaldi.

Xususan, joriy yil boshidan buyon aholidan 985 ta murojaat kelib tushgan boʻlsa, bunda muammo “koptok” qilinayotgani, aksariyat qismi hal etilmay, qogʻozbozlik avj olgani fuqarolarning gʻashini keltirayapti, ishonchiga darz ketayapti.

Vaholanki, ular koʻtarayotgan masalalarning koʻpi lokal darajada hal qilsa boʻladigan muammolardir.

Masalan, fuqaro Xoʻjayev Said tomonidan mahallani shagʻallashtirishni soʻrab ariza yozilgan. Ariza 60 kunda ham koʻrib chiqilmagan va fuqaro yuqori turuvchi idoralarga yozishga majbur boʻlgan. Yoki fuqaro Roʻzmatova Raʼno tomonidan transport masalasida soʻrab qilgan murojaati 70 kunda ham koʻrib chiqilmagan.

Tumanda yerdan foydalanish achinarli ahvolga kelgan. Mavjud bogʻ-rogʻlarning 67 foizi yaroqsiz holatga kelgan. Fermer xoʻjaliklarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish zarurati kelganligi qayd etildi. Tumandagi fermer xoʻjaliklarining 74 foizida aqalli bittayam texnika yoʻq. Yerning haqiqiy egasi dalaga umuman bormaydi, xoʻjasizlik oddiy holga aylangan.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining sessiyasi oʻz ishini davom ettirmoqda.

Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bagʻishlangan muhokama yigʻilishi tanqidiy ruhda oʻtmoqda.

Tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Odilxon Rustamov yoʻl qoʻygan bir qator kamchiliklari uchun lavozimidan ozod qilingan edi.

Sessiya ishidan tashkiliy masala koʻrildi. Zoyir Mirzayev Toshkent tumani hokimi lavozimiga Sardorbek Ergashev nomzodini tavsiya qildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan soʻzga chiqqanlar, tumanda vaziyatni yaxshilash boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining qarori bilan Ergashev Sardorbek Qodirovich Toshkent tumani hokimi etib tayinlandi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Ergashev Sardorbek Kadirovich — Toshkent tumani hokimi etib tayinlandi.

S. Ergashev 1986 - yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti-oliy. 2011- yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2023-yilda Toshkent arxitektura-qurilish universitetlarini tamomlagan.

U faoliyati davomida Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Axborot_24 #Information_24 #Новости_24

Tadbirkorlar bilan muloqotlar davom etmoqda

Chinoz tumani hokimi boshchiligida oʻtkazilgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda kreditlashga oid, kommunal soha, soliq, bojxona toʻlovlari bilan bogʻliq 50 ga yaqin masalalar koʻtarilib, aksariyati joyida hal etildi. Ayrim muammolar joyiga chiqqan holda oʻrganiladigan boʻldi.
__

Communications with entrepreneurs continue

During a meeting with entrepreneurs led by the Chinaz district governor, around 50 issues related to credit, utilities, taxes, and customs payments were raised, with most being resolved on the spot. Some problems will be reviewed on-site.
__

Продолжается диалог с предпринимателями

На организованной встрече хокима Чиназского района с предпринимателями было поднято около 50 вопросов, касающихся кредитования, коммунальной сферы, налогообложения, таможенных пошлин, большинство из которых были решены на месте. По остальным вопросам и проблемам были приняты согласования, что они будут решены с выездом на место.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment #No_comment #Без_комментариев

Oʻrta Chirchiq tumani “Mashʼal” mahallasining 3,5 km ichki koʻchalari “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 1 milliard 360 million soʻm evaziga asfaltlash ishlari ketmoqda.
___

In the "Mashal" mahalla of the Orta Chirchik district, asphalt paving is being carried out on 3.5 km of internal streets under the "Initiative Budget" project at a cost of 1 billion 360 million soms.
____

Внутренние дороги улиц махалли «Машъал» Уртачирчикского района общей протяжённостью 3,5 километра асфальтируются; источник финансирования – выделенные средства в размере 1 миллиард 360 миллионов сумов в рамках проекта "Ташаббусли бюджет".

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаевнинг таклифига биноан давлат ташрифи билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева отбыл в эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2024/09/23 21:21:28
Back to Top
HTML Embed Code: