Telegram Web Link
#Tayinlov

Ravshan Majidov viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi yetakchi mutaxassisi vazifasiga ishga qabul qilindi

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli farmoyishi bilan Majidov Ravshan Toirovich viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhining yetakchi mutaxassisi vazifasiga ishga qabul qilindi.

Ravshan Majidov 1985-yili Piskent tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialini tamomlagan. Mutaxassisligi buxgalteriya va konchilik ishi.

U mehnat faoliyatini 2009-yili Piskent tumani paxta tozalash zavodida operator vazifasidan boshlagan. R.Majidov keyinchalik Olmaliq shahri hokimligida masʼul vazifаlarda xizmat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Ohangaron shahar hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
#Raddiya

Darakchi.uz saytida eʼlon qilingan material yuzasidan raddiya

Bugun Darakchi.uz saytida Toshkent viloyatida mahalliy budjet mablagʻlarining harajatlariga oid material eʼlon qilindi.

Jurnalist bu materialda iqtisodiy voqelikdan ancha yiroqda ekani, mahalliy budjet asosiy va qoʻshimcha daromadlarining shakllanish jarayonidan mutlaqo xabarsizligi yaqqol sezilgan.

Bundan tashqari, studiyaga aldab chaqirilgan moliya boshqarmasi xodimiga tayyorgarlik talab qiladigan, aniq raqamlar va muayyan voqelik bilan bogʻliq savollarni qoʻqqisdan berib, unga, keng maʼnoda, davlatga nisbatan jamoatchilik nafratini paydo qilishga uringan.

Holbuki, amaldagi qonunchilikka koʻra, mahalliy budjetning, shu jumladan, asosiy va qoʻshimcha daromadlarning daromad va harajatlari ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilgan. Barcha maʼlumotlar ochiq manbalar portalida eʼlon qilib boriladi.

Jurnalist budjet harajatlari taqsimotiga oid tasavvurga ega boʻlmagani bois, viloyat va shahar, tumanlar mahalliy budjetini tasarruf etish jarayonini adashtirib yuboradi, mahalliy Kengashlar faoliyatini nooʻrin tanqid qiladi.

Toshkent viloyati hokimligi mazkur koʻrsatuv budjet ijrosiga oid qonunchilikdan umuman xabarsiz jurnalist tomonidan tayyorlangani, keltirilgan maʼlumotlar, raqamlarning mazmuni asossiz tanqid qilinganini bildiradi.

Behzod Qobulov,
Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi - matbuot kotibi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Chinoz tumani katta oʻzgarishlarga yuz tutmoqda

Ayni paytda Chinoz tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2024-2025-yillarda Toshkent viloyatining Chinoz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroridan kelib chiqadigan asosiy vazifalar muhokama qilinmoqda.

Sessiya ishida viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Erkin Muhiddinov ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

E.Muhiddinov oʻz soʻzida mazkur qaror tumanni har jihatdan rivojlantirishda tarixiy ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidladi. Taʼkidlanganidek, bu qaror bilan Chinozdan 3 trillion 100 milliard soʻmlik ishlar bajariladi. Sanoat rivoji uchun zarur infratuzilma yaratiladi.

Tuman hokimi Sherzod Salihov sessiya davomida mazkur qarorning mazmun-mohiyatini, bajariladigan ishlar koʻlamini faollar va keng jamoatlikka atroflicha tushuntirib, taqdimot oʻtkazmoqda.

Sessiya tafsilotlari xususida qoʻshimcha axborot beriladi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nazorat #Oversight #Контроль

Hududlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari keng faoliyat olib bormoqda

Viloyat bozorlarida ayniqsa go'sht va go`sht mahsulotlari narxlarini asossiz oshirmaslik choralari ko'rilmoqda.
__

Discounted trade fairs are widely operating in the areas

Measures are being taken in regional markets to prevent unjustified increases in the prices of meat and meat products.
__

Торговые ярмарки со сниженными ценами работают в регионах области

На рынках столичной области принимаются меры по недопуску необоснованного повышения цен, в первую очередь, на мясо и мясную продукцию.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Yangiyoʻl tumani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-iyuldagi “2024-2025-yillarda Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori mazkur hudud hayotida oʻziga xos tarixiy voqea boʻldi.

Bugun Xalq deputatlari Yangiyoʻl tumani Kengashi deputatlari, tuman faollari va mutasaddilar ishtirokida mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosiga doir kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Aytish mumkinki, 2024-2025-yillarda tumanda 49 ta loyiha bajariladi, shu maqsadga jami 1,6 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.

Zoyir Mirzayev qaror doirasida bajariladigan ishlarga toʻxtalib, bunda jamoatchilik nazorati instituti faol boʻlishi muhimligiga eʼtibor qaratdi.

Tuman hokimi Odiljon Ataullayev mazkur qaror ijrosiga doir taqdimot qilib, qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va yuqori saviyada bajarish chora-tadbirlari xususida axborot berdi.

Yigʻilish tafsilotlari haqida bugun qoʻshimcha axborot beriladi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/23 23:21:35
Back to Top
HTML Embed Code: