Telegram Web Link
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
Тайёр бизнес сотилади

Уй-рўзғор буюмлари ишлаб чиқаришга мўлжалланган цех сотувга қўйилди. Цехда 3 та Хитойда ишлаб чиқарилган Термопласт станоклари мавжуд.
Шунингдек, майдалагич (дробилка) 1 дона, 8кв, компрессор ва 4 тоннали сув сақлаш идиши (совуткич) бор.

Қуйидаги маҳсулотларни ишлаб чиқариш имконияти мавжуд:
1. Тўғри тўртбурчак шаклидаги сабзавот учун қаватли полька;
2. Думалоқ шаклдаги сабзавот учун қаватли полька;
3. Оёқ кийим қўйиш каватли полька;
4. Майда тоғорача 1л;
5. Майда тоғорача 2л;
6. Майда тоғорача 3л;
7. Полипропилен банкача 0.9л;
8. Полипропилен банкача 0.7л;
9. Қурилиш хомутлари 16-22 ўлчамли;
10. Қурилиш хомутлари 25-32 улчамли.

Юкорида кўрсатилган асосий инвентардан ташкари иккиламчи ёрдамчи жиҳозлар ҳам мавжуд.

Шунингдек, донабай ва улгуржи маҳсулот харид қиладиган мижозлар базаси ҳам берилади.

Сўралаётган нархи 100 000 доллар. Келишилади.

Мурожаат учун: +998977373438 Козим
Najot Ta'limning 2022-yil avgust-sentyabr bitiruvchilar natijalari bilan tanishishingiz mumkin. Har bir o'quvchining ism-familiyasi va ayni paytda ishlayotgan kompaniyasi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tay, Najot Ta'lim IT-Park rezidenti hisoblanadi. 1-apreldan xalqaro kompaniyalarga, asosiy faoliyati IT eksport bo'lgan mahalliy kompaniyalar uchun bitiruvchi yetkazib berilsa 25 mln so'mgacha subsidiya beriladi. Mana shu qaror chuqur o'ylangan, ertangi kun uchun mamlakatga $ olib keladigan ish bo'ldi. Sababi biz kabi markazlar endilikda asosiy fokusni shu kabi rezidentlarga kadr yetkazib berish haqida o'ylaymiz. Ta'limni shunga moslashtiramiz.

Ha aytgancha, Ramazondan keyin Najot Ta'liming Farg'ona filialini rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tadi, o'tarsizlar )
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlash bo'yicha oflayn kursda o'qing va 5,000,000 so'mli onlayn kursni bepul qo'lga kiriting!

🔥 «Najot Ta'lim»da o'qish orqali siz:
Ishga joylashish uchun ko’mak;
• Bepul internet va 24/7 kovorking hududi;
• Tajribali ustozlar, chuqurlashtirilgan ta'lim;
• Soha bo’yicha doimiy master-klass va musobaqalarda qatnashish kabi imkoniyatlarga ega bo'lasiz.

Bundan tashqari, English for IT va najottalim.uz platformasidagi dasturlash kurslari bonus sifatida taqdim etiladi!

👉 Kurs haqida batafsil

👉 Dasturlash bo'yicha kirish sinovlarida qatnashing

📍
Qayerda: «Najot Ta'lim» Chilonzor va Farg'ona filialida
Qachon: 12-mart 10:00 | 14:00
🛂 Kerakli hujjat: Pasport
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
Тошкент шаҳрининг Бектемир туманида яшовчи 12 ёшли Ойдина Раҳимжонова оққоннинг энг оғир тури билан касалланган.

Туркиянинг Истанбул шаҳрида илик кўчириш учун кетишмоқда.

Оиланинг моддий имконияти чеклангани сабаб, саховатли кишилар ёрдамига муҳтож.

Аллоҳ таоло марҳамат қилади: “Эҳсоннинг мукофоти фақат эҳсондир”.

Карта рақами (Халк банк):
8600060911718469
Анварова Ферузахон

Телефон рақами
+998901786232
najottalim.uz jamoasiga taklif qilamiz

Yaxshi kadr uchun «Najot Ta'lim»da doim ish topiladi. Jamoamiz bilan yangi loyihani boshlash arafasidamiz. Shu sababdan bizga:

- Ingliz yoki rus tilini biladigan;
- To'liq hajmda ishlay oladigan;
- Eng muhimi tahlil qila oladigan kadrlar kerak.

Agar siz shunday inson bo'lsangiz havola orqali ma'lumotlaringizni qoldiring. Postni boshqalarga ham ulashishingizni so'raymiz.

👉 Ma'lumotlaringizni qoldiring
Forwarded from bakiroo
Энди транспорт вазири транспорт муаммолари билан росмана шуғулланишни бошлайди деб умид қиламиз

Транспорт вазирининг бир вақтнинг ўзида монополист Ўзбекистон ҳаво йўлларига ҳам раҳбарлик қилишига ниҳоят чек қўйиладиган кўринади. Ҳавошка учун бугундан янги раҳбар тайинланган.

Демак транспорт вазири Маҳкамов икки йил деганда ўзининг бевосита функционалига қайтади. Ҳукумат аъзосининг монополист компанияни бошқаришидек зарарли ва мантиқсиз амалиётга чек қўйилади.

Умид шуки, энди Маҳкамов фақат ҳавошка манфаатлари учун эмас, Ўш ва Чимкентдан учишга мажбур бўлаётган миллионлаб ўзбекистонликлар, Афросиебга билет йўқлиги, Нукус ва Урганчга авиақатновлар етишмаслиги, эълон қилинган очиқ осмон қоидалари ишламаётганлиги, аэропортлардаги каррасига қимматлаштирилган авиаеқилги, бозорга турли воситалар билан киритилмаётган рақобатчилар, темир йўлда юк ташиш тарифларининг ўртамчилар воситасида қимматлаштирилгани каби  муаммолар билан шуғулланишни бошлайди.
Forwarded from Najot Ta'lim
Najot Ta'lim 3D animatorlarini musobaqaga chorlaydi!

🔎 Yurtimizdagi barcha 3D animatorlarini ishtirok etishi mumkin bo'lgan musobaqa.

Musobaqa yakka tartibda bo'lib, ishtirokchilar vazifalarni 6 soat vaqt davomida Maya dasturida bajarishlari kerak bo'ladi.

🔛🔛 Qatnashchilar shaxsiy kompyuterlari bilan kelishi talab qilinadi va musobaqa shartlari o'sha kuni e'lon qilinadi.

🎉 Musobaqa g'oliblariga EduOn platformasi tomonidan 6 mln so'mli ta'lim vaucherlari va umumiy qiymati 3 mln so'mga yaqin bo'lgan sovg'alar topshiriladi:

1-o'rin: «Rocco» gaming kreslosi
2-o'rin: «Huawei band 7» smart soati
3-o'rin: «Rapoo VH-530» quloqchini

Eng muhimi, eng yaxshi qatnashchilar «Lola animation»da amaliyot o'tash yoki ishga kirish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar.

Musobaqaning maxsus mehmoni xalqaro toifadagi 3D mutaxassisi Jasurbek Bo'tayev ishtirok etadi.

📅 Qachon: 19-mart, yakshanba, soat 10:30
🆓 Qatnashish: bepul
🙌 Kim uchun: barcha 3D animatorlar uchun
📍 Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor filiali

Musobaqa uchun ro’yxatdan o’tish

📞 78-888-9-888
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Iqtisodchilar, ziyoli insonlardan ko'pincha “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” (Why Nations Fail) kitobini tavsiya qilishgani haqida eshitganman. Qadrdon akamiz Valijon To'raqulov ham Osmondagi bolalar loyihasida shu kitobni o'qishni barchaga tavsiya qilgan edilar.

“Iqtisodchi kundaligi” blogi muallifi Behzod Hoshimov va Harvard universiteti doktoranti, “Uzbekonomics” blogi muallifi Botir Qobilov tashabbuskorligi bilan ushbu kitob hammuallifi Jeyms Robinson bilan 17-mart soat 17:30da “Intercontinental Hotel Tashkent” mehmonxonasida (Trilliant) O‘zbekistondagi birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tarkan.

Iticket saytida yozilishicha, yana 4 dona joy qolibdi, agar hali bilet olmagan bo'lsangiz imkon bor )
Tasdiqlangan yomon xabar!

(Tadbirdan keyin ovozli izoh qoldiraman.)
«Lola animation» kompaniyasi Modelchi, Renderchi va Animatorlar uchun vakansiya e'lon qiladi!

*️⃣ 3D Modelchi uchun qo'yilgan talablar:
• mutaxassisligi 3D modelchi;
• 2 yillik tajriba;
• boy tasavvur, animatsiya va topologiyalarni yaxshi tushunish;
• Autodesk Maya va 3Ds Max dasturlarida ishlay olish.

Unreal Engine Renderchisi uchun talablar:
• 1 yillik tajriba;
• rang va atmosferani yaxshi his qilish;
• chiroq va materiallar bilan yaxshi ishlay olish;
• import va eksport jarayonlaridagi muammolarni professional tarzda hal qila olish;
• o'z ustida ishlash, loyiha qiyinlashganda optimal yechimlar topish.

*️⃣ 3D VFX Effektchi uchun talablar:
• 2 yillik tajriba;
• effektlar bilan ishlash, 3Ds Max, Autodesk Maya, Houdini Software dasturlarida simulyatsiya qilish;
• tyFlow Phoenix-ni plaginlardan, standart particullardan foydalana olish;
• suv, yong'in, portlash va sinish kabi effektlarni chiqara olish.

💼 Bizning taklif:
Toshkent shahridagi zamonaviy yuqori texnologiyali ofisda qulay ish muhiti;
6/1 moslashuvchan ish jadvali: yarim kunlik yoki masofaviy;
o'z vaqtida kelishilgan ish haqi;
do'stona mutaxassislar jamoasida ishlash imkoniyati;
hard va soft ko'nikmalar bo'yicha bepul treninglar;
O'zbekiston bo'ylab korporativ turlar.

🫰 Oylik maosh suhbat asosida belgilanadi.

Murojaat uchun: @najottalim_recruiting
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3 kun qoldi…
2 kun qoldi…
Men befarq emasman. Siz ham befarq bo'lmang!

2023-yil 30-aprel kuni O'zbekistonda referendum bo'lib o'tadi. Unda Konstitutsiyaning yangilangan tahririni qabul qilishni nazarda tutuvchi Konstitutsuyaviy qonun loyihasini tasdiqlash bo'yicha xalqdan, ya'ni siz-u bizdan fikr so'raladi. Referendum o'tkazishga davlat byudjetidan 182 milliard so'mdan ziyod mablag' ajratish reja qilingan.

O'zbekiston xalqidan rozilik olish uchun taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko'ra, Konstitutsiyaning qator bandlariga o'zgartirishlar kiritilgan va bir qancha yangi moddalar qo'shilgan. E'tiboringizga taqdim qilish uchun internet nashrlaridan obdon izlab ham Konstitutsiyadagi barcha o'zgarishlar haqida tahliliy maqola topa olmadim. Uzuq-yuluq topgan ma'lumotlarimga ko'ra ba'zi o'zgarishlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: havola

Senator Narimon Umarovning aytishicha, “tarixda ilk bor konstitutsiya qabul qilinishi bevosita xalqimizning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘ladi”.

Shuning uchun men sizdan 30-aprelgacha xalq tasdig'i uchun taklif etilayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasidagi har bir modda bilan tanishib chiqishingizni va kelajak hayotingizni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadigan bu hujjatni qabul qilish yo qilmaslik masalasi ko'riladigan referendumda faol ishtirok etishingizni so'rayman!

Konstitutsiyaviy qonun loyihasini o'qish: https://meningkonstitutsiyam.uz/uz.pdf

#befarqemasman

📌 @javharuz 📌
1 kun qoldi…
Forwarded from Najot Ta'lim
Ramazon oyi kirib kelishiga ham sanoqli fursatlar qoldi. Ushbu muborak oyda kuzatuvchilarimizga qulaylik yaratish uchun Ramazon oyi taqvimini ulashmoqchimiz.

🗓 Smartfoningiz ekraniga moslangan taqvim orqali ushbu oyning saharlik va iftorlik vaqtlari bilan tanishib borishingiz mumkin.

O'zingiz uchun taqvimni saqlab qo'yishingiz va yaqinlaringiz bilan ulashishingiz mumkin. 😊
Bugun…
«Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari 2 mlrd 500 mln so'mli grant e'lon qiladi!

Najot Ta'lim va Cambridge LC o'zaro hamkorlikda kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo'yishida ko'maklashish maqsadida «Kelajak yoshlari» nomli ta'lim grantini davom ettiradi.

🤩 Ramazon oyida boshlanib, keyingi Ramazon oyining oxirigacha davom etuvchi ushbu grantga bu yilgi qabul boshlanganini e'lon qilamiz.

Ushbu grantda 2 mlrd 500 mln so'mli ta'lim granti orqali 100 nafar yigit-qizga ingliz tili hamda dasturlash, grafik dizayn yo'nalishlarida 1 yil davomida bepul ta'lim berish reja qilingan.

📌 «Kelajak yoshlari» grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi 15 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

Talabgorlar motivatsion xat va suhbat orqali «Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» markazlari tomonidan saralab olinadi.

«Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» jamoalari ushbu xayrli ishni hech qanday moddiy manfaat ko'zlamagan holda, o'z qadriyatlaridan kelib chiqib, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda!

🔖 «Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

Eslatma: Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish e'lon berilgan vaqtdan boshlab 3-aprel, soat 23:59 gacha davom etadi. Saralash va natijalarni e'lon qilish Ramazon oyining oxirigacha amalga oshiriladi.

P. S. Grant o'z egalariga yetib borishi uchun xabarni haqdor insonlarga yetkazing.

📞 78-888-9-888
2024/10/01 04:56:46
Back to Top
HTML Embed Code: