Telegram Web Link
2022-yilda qariyb 50 mingta nikohdan ajrashish holati qayd etilgan

Ajrashishlar bo’yicha statistikaga e’tibor qaratilsa, raqamlar yildan yilga ortib borayotganiga guvoh bo’lamiz. Bu bizni fikrlashga, tahlil qilishga undashi kerak.

Umuman olganda statistika nima sababdan ortib bormoqda? Ajrashish holatlari kamayishi uchun nima qilishimiz kerak?

Shu kabi savollarni "Alohida mavzu" loyihasining navbatdagi sonida oilaviy munosabatlar va ajrashishlar bo’yicha faoliyat yuritayotgan akalar bilan muhokama qildik.

📌 Loyiha premyerasi bugun soat 20:30 da bo’lib o’tadi. Oila qurgan yoki endi nikoh yoshiga yetgan kuzatuvchilarimizdan loyihani, albatta, tomosha qilishlarini, ulashishlarini so’rardim.

Havola: https://youtu.be/rZ0i0uNB10g
Modme startapimiz $1 250 000 ga baholandi va biz $100 000 miqdoridagi ilk rasmiy investitsiyamizni qabul qildik.

Modme —
oʻquv markazlarini avtomatlashtirish va jarayonni tizimlashtirishga yordam beruvchi platforma hisoblanadi.

Bu platforma dastlab oʻquv markazlarining online faoliyat yuritishlariga yordam berish maqsadida tashkil etilgan edi. Biz bu loyihani Ruslan Yoʻldashev bilan 2020-yilda, yaʼni karantin vaqtida boshlaganmiz.

Keyinchalik biz Modmeʼni oʻquv markazlarini nafaqat online, balki butunlay tizimli ravishda ishlashlarini qoʻllab-quvvatlovchi platformaga aylantirdik.

Qilingan saʼy-harakatlar va shuncha yillik mehnatlar samarasi oʻlaroq loyihamiz hozirda Oʻzbekistonda 300 dan ortiq oʻquv markazlari, Indoneziya bozorida 20 ga yaqin mijozlariga ega.

Shubhasiz, ushbu marraga erishishimiz Alloh taolining fazli va marhamati hamda jamoamizning harakatlari natijasi hisoblanadi.

2023-yilgi maqsadlarimiz juda katta. Ushbu yilda jamoamiz bilan kamida 3 baravarga oʻsishni oldimizga maqsad qilib qoʻyganmiz. Shuningdek, yangi taʼlim yoʻnalishlariga kirib borishni rejalashtirganmiz.

Oʻylaymanki, 5 yildan soʻng Modme loyihasining qiymati $1 000 000 emas, balki $1 000 000 000 dan balandroq boʻladi va biz minglab emas, millionlab insonlarga yordam beramiz.

@jahongir_pulatov_blog
«Талабаларни одобига кўра гуруҳга ажратиш» – Олий таълим вазирлигидан навбатдаги хурмача топшириқ

ОТМ ректорларига жиноятчиликка мойил, ёт ғоялар таъсирига тушиш арафасидаги ва тартиб қоидаларга риоя этмайдиган талабалар рўйхатини «шошилинч» тузиш топшириғи берилган. Kun.uz’га келиб тушган хатда талабаларга ижтимоий тармоқлардаги фикр ва мақолаларга тизим шаънини ҳимоя қилувчи изоҳлар ёздириш топшириғи ҳам бор.

👉 https://kun.uz/81132832

Kun.uz расмий канали
IQ savollar bo’yicha mutaxassislarni izlamoqdamiz

AyTi sohasida mantiqiy fikrlash muhim hisoblanadi. Jamoamiz bilan rejalashtirayotgan loyihamiz uchun ham bizga IQ yoki mantiqiy savollar bo’yicha mutaxassislar kerak.

Maqsadimiz shu yo’nalishdagi testlarni shakllantirish. Agar siz shunday testlarni shakllantirishda yordam bera oladigan inson bo’lsangiz yoki shunday insonni tanisangiz, iltimos quyidagi so’rovnomani to’ldiring.

👉 So’rovnoma
Forwarded from SUBYEKTIV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Va nihoyat! Ana endi, Oʻzbekiston Oliy ta’limi rivojlanib ketadi! 🥹🥳

Videoni talabalarga yuboring! 😉

👉🏼 @subyektivuz
Forwarded from Muhammad Temur A'zam
#Хайрия

Каттақўрғонлик Бегзод Равшанов 2004 йилда туғилган.

2022 йилда ЙТҲга учраб, оёғида очиқ синиш жароҳати юз берган. Шу пайтгача 6 марта жарроҳлик амалиёти ўтказилган.

Айни пайтда яна бир марта операция қилиш ва муолажалар ўтказилиши зарур.

Ота-онаси бор будини сарфлаб бўлган. Улар ҳозирда саховатли кишилар кўмагига муҳтож.

Пластик карта (“Халқ банки”):
9860080146426293
Ориф Сапаров (дадаси) номида.

Телефон: +998998807908 (дадаси).
Forwarded from Najot Ta'lim
Ma'rifatparvar jadidlarimizdan eslatmalar

Yurtimiz ravnaqida o'z hissalarini qo'shgan ma'rifatparvar ajdodlarimizni e'tirof etmaslikning iloji yo'q.

⚡️ Quyida jadidlarimiz keltirgan eslatmalar bilan bo'lishdik.

🗞 Jadidlarimizning o'gitlari yoshlarning ilm yo'lidagi ravnaqiga ozgina bo'lsa-da hissa qo'shadi, degan umiddamiz.

Eslatmalardan o'zingizga yaqin deb bilganingizni ulashishni unutmang. 😉

P. S. Ushbu eslatmalar Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tayyorlangan «Jadidlar» to'plamidan olindi.
Forwarded from Kun.uz | Online
Diniy nashida uchun 5 yilga qamalgan Sardor Rahmonqulov ozodlikka chiqarildi

Bugun chiqarilgan apellatsiya sudining ajrimiga muvofiq, Sardor Rahmonqulovga tayinlangan 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hukmga o‘zgartirilib, 2 yil sinov muddati belgilandi va u sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

👉 @kunonline
Bu ota qishlog'im Nanayda (Namangan vil.) joylashgan At-Termiziy jome masjidi. Chekka hududda bo'lgani uchun masjidni obod qilishga ehson qiluvchi boylar soni juda ko'p deb emas.

Ayni kunlarda masjidning tahoratxonasini yangilash va masjid hududini imkon qadar kengaytirish uchun harakat boshlangan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo Qiyomat kunida qo‘shnilarim qani? Qo‘shnilarim qani?", deydi. Farishtalar: "Ey Robbimiz, Sen bilan qo‘shni bo‘lishga kim haqli?", deb so‘rashadi. Shunda Alloh: "Masjidlarni obod qiluvchi, bunyod qiluvchilar qani?" deydi”.

"Alloh ehson qiluvchilarni yaxshi ko‘radi" (Baqara surasi, 195-oyat)

Jannatda bir uyim bo‘lsa yoki joyini topib ehson qilsam-u mushkulim oson bo‘lsa, Alloh mendan rozi bo‘lsa, degan birodarlarimiz ko‘p oramizda. Shunday saxovatpesha qadrdonlarimizga Nanaydagi masjid karta raqamini ulashamiz. Bir berganingizni ming qilib qaytarsin Robbim!

AGROBANK HUMO/VISA: 4073420043428402

Mutavalli: Mirzayorov Faxriddin
Maʼlumot u-n: 972550104
Дунёвийлик нима ва у Ўзбекистон учун нега муҳим?

Ўзбекистоннинг рақобатдош, ҳуқуқий демократик давлат бўлишининг шартларидан бири – виждон ва дин эркинлигини таъминлашдир. Виждон ва дин эркинлиги таъминланиши биланоқ, Ўзбекистонда демократик трансформация учун йирик қадам ташланган бўлади.

👉 https://kun.uz/74314944

Kun.uz расмий канали
2024/10/01 07:47:52
Back to Top
HTML Embed Code: