Telegram Web Link
#survey

🎙️ Hurmatli ustozlar!

Yoshlar orasida ayni paytda eng dolzarb mavzu bo'lgan media savodxonlikni shakllantirishda umumiy o'rta ta'lim muassasalarining o'rni qanday?

📋 Mazkur so'rovnomamiz shu masalaga bag'ishlangan bo'lib, siz ham o'z fikringizni bildiring. Agarda qandaydir takliflaringiz bo'lsa ham ushbu so'rovnomada yozib qoldirishingiz mumkin.

👉 So'rovnoma havolasi: https://forms.gle/CT9TFN9RBGNndi599

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

⚡️⚡️ Navbatdagi malaka oshirish kurslariga start berildi

🗓 6-apreldan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun navbatdagi 3 ta fan bo'yicha malaka oshirish kurslari boshlandi:

➡️ Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlari
➡️ Umumta'lim maktablari direktorlari
➡️ Fan metodistlari

Shuningdek, platformaning "OMMABOP KURSLAR" qismida umumta'lim maktablarining sinf rahbarlari uchun qo'shimcha bepul kurslar ham faollashtirildi.

📄 Qolgan fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslari ham qisqa fursatda bosqichma-bosqich asosda faollashtiriladi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Open budjet bu safar hunarini Navoiyda ko'rsatdi: “Agar yutolmasam, qoningizni ichaman”

Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 9-umumta’lim maktabida tashabbusli budjet bilan sodir bo'lgan holat kechadan buyon ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

Yaqinda Toshkent viloyatidagi voqealar sovumasdan bunday holatning yana takrorlanishi ,ochig'i kishini yana jahlini chiqaradi va ensasini qotiradi. O'qituvchi ta'lim sifati bilan emas, kasbiy faoliyatiga kirmaydigan ishlar bilan shug'ullanishi qanchalik to'g'ri?

“Agar 100 ta o‘qituvchi 50 tadan ovoz to‘plasak, 5 mingta bo‘lishimiz kerak edi. Lekin biz 12 mln so‘mga sim-karta sotib oldik. Bugun ham 2 mln so‘m pul tayyorlab o‘tiribmiz, har bir sim-kartani 20 ming so‘mdan sotib olyapmiz.

4-5 ta maktab mingtalab sim-karta olib, qarab o‘tiribdi. Agar men yutolmasam, hammangning qoningni ichaman, millionlab oyligingni qo‘yasan. Hozir mudir hamma narsani inobatga olib, bu yerda jamoa o‘tirgani uchun indamay ketdi. Naryoqda eshitmagan gapim qolmadi.

Olsam oldim, agar olmasam, bittalab hisob-kitob qilaman. Ana o‘shanda ko‘rasan, darsni qanday qilib olasan va senga munosabat qanday bo‘ladi”, –
deya o‘qituvchilarga bosim o‘tkazgan maktab direktori "hurmatli" D.Turobova.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
konstitutsiya_uz.pdf
609.6 KB
#konstitutsiya

Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasi matni

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆘 #breaking_news

“Tashabbusli budjet” bo’yicha ovoz berish jarayonlari 7-aprel soat 10:00 da yakunlandi. 🥳👏

Qadrli ustozlar erkin nafas olishingiz mumkin. Endi sim karta olishingiz shart emas. Sinfingizga kelib bemalol dars o'tishingiz mumkin. 😀

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiya

Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasi o'qituvchilarga bag'ishlangan

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mental arifmetika ustozlari qancha topishini bilasizmi?

- Haftasiga 3 kun 4-5 soat ishlab 3-7 mln. so’m topishadi.

10,11-aprel kunlari Mental arifmetika bo'yicha bepul onlayn minikursimizda qatnashing, bu kasb sir-sinoatlarini bepul o'rganib oling.

Marafon davomida siz:
- mental arifmetika o'zi nima?
- abakusdan qanday foydalaniladi?
- kichik va katta do'st amallari darsda qanday olib boriladi?
- neyromatorik mashqlar nimaga kerak?
- mental arifmetika matematikadan nimasi bilan farq qiladi?
- Yaponiya, Koreya va Xitoylik bolalar nega bu fan bilan shug’ullanadi?
- darslarda zerikib qolgan bolalarni qanday jalb qilish kerak?

...kabi savollarga javob topasiz va "tesha tegmagan" naqd 10ta samarali metodlarni bilib olasiz.

👉 Onlayn seminar-treningda bepul qatnashish uchun hoziroq ko’k yozuv ustiga bosing:
https://ustozpro.uz/p/marafon-aprel/

@ustozpro_uz - o’qituvchilar kasbiy rivojlanish markazi
📲 MOBIL qurilma (telefon) orqali "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasidan foydalanish bo'yicha bosqichma- bosqich video qo'llanma

1️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasini izlab topish va unga kirish bo'yicha videoyo'riqnoma;

2️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim platformasi"dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha batafsil video yo'riqnoma;

3️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida yaratilgan yangi akkaunt (profil) ga shaxsiy ma'lumotlarini kiritish bo'yicha batafsil video yo'riqnoma;

4️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida diagnostika testidan o'tish va profil bilan tanishish bo'yicha batafsil videoyo'riqnoma;

5️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasidagi parolni tiklash bo'yicha batafsil yo'riqnoma (Parolni unutdim, nima qilsam bo'ladi?)

6️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida MALAKA OSHIRISHNI boshlash: Kerakli kursni tanlash bo'yicha batafsil videoyo'riqnoma;

7️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida kurs o'qishni boshlash va uni yakunlash bo'yicha batafsil videoyo'riqnoma;

8️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida belgilangan kreditlarni to'plash va MALAKA OSHIRISH SERTIFIKATINI OLISH bo'yicha batafsil videoyo'riqnoma;

9️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida keyingi yil malaka oshirish turini belgilash (Reyestr) haqida batafsil videoyo'riqnoma;

🔟 "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasi orqali olingan sertifikatni haqiyqiy ekanligini tekshirish bo'yicha videoyo'riqnoma.


1️⃣1️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasiga kiritilgan raqamni va parolni yangilash bo'yicha batafsil videoyo'riqnoma

1️⃣2️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida ikki va undan ortiq malaka oshirish yo'nalishlarini tanlash imkoniyati

1️⃣3️⃣ "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida foydalanuvchi sifatida bir necha akkauntga kirish haqida ma'lumot


👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tarixi

🗓 9-aprel Buyuk sarkarda Amir Temur tavallud topgan kun. (1336-1405)

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amir Temur (Temuriylar) imperiyasining asos solinganidan to barham topguniga qadar har yili (1370-1507)

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Google analitiksdan onlinedu platformasi bo‘yicha tahlil

Raqamlari aldamaydigan Google analitiks hisobotiga ko‘ra, joriy yil 13-fevral hamda 9-aprel sanalari oralig‘ida tinglovchilarimizning platformadan foydalanish davomiyligi 167% ga oshganligini ko‘rsatmoqda.

Bu ko‘rsatgich nimani evaziga shakllandi? Xabaringiz bor 2023-yildan boshlab onlinedu platformasiga qo‘shimcha funksiyalar qo‘shilib kelinmoqda. Ulardan biri video kontentlarni istagan daqiqasiga "surib olish" imkoniyatini cheklanganligi.

Buning natijasida tinglovchi har bir videoni boshidan oxirigacha ko'rishi lozim bo'ladi. Natijada davomiylik vaqti uzayadi.

Albatta bu kabi funksiyalar “ayrim” foydalanuvchilarga yoqmasligi turgan gap, lekin nazoratsiz ham o'zi bilib masʼuliyat va insof bilan yondashadigan ustozlar uchun, bu hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kulgu_time

Bu hazilni informatika fani ustozlarimiz yaxshiroq tushunadi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tahlil

Kun.uz da e'lon qilingan respublikamiz maktablaridagi hojatxonalar tahlili haqidagi videoda ancha muhim masala ko'tarilibdi. Yana videoda bir qiziq jumla ishlatiladiki, unga ko'ra markazdan qanchalik uzoqlashgani sari shunchalik hojatxonalar ahvoli ham xaroblashib boradi. Bu mutlaqo haqiqat. Ayni shu joy eng ko'p kasalliklar tarqalishiga sabab bo'ladi. Qish mavsumida ayniqsa bu joyning nihoyatda sovuq bo'lishi qorako'zlarimiz salomatligi uchun ham jiddiy xavf tug'dirishi mumkin. Yetmaganiga ba'zi bir maktabda hojatxonaga kamera ham o'rnatilgan. 🤦‍♂️

Aslida open budjetga ko'proq shunday loyihalarni qo'ygan ma'qulroq edi. Mutasaddilardan bu ahvolga jiddiy qarashlarini kutib qolamiz.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Prezident topshirig‘i bilan "Tashabbusli byudjet" jarayonining 2023-yil birinchi mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratiladi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Endi Prezident qaroriga ko'ra “Tashabbusli budjet” uchun ovoz yig‘ishga majburlash majburiy mehnatga jalb qilish sifatida baholanadi

“Tashabbusli budjet”
amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha Prezident qarori (PQ-117, 10.04.2023 y) imzolandi.

Qarorda aytilishicha, endi budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bunda, xodimlarni ovoz yig‘ishga majburlash majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

⚡️⚡️ Navbatdagi fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslariga start berilmoqda

🗓 11-aprel soat 14:00 dan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun navbatdagi 3 ta fan bo'yicha malaka oshirish kurslari boshlanadi:

➡️ Umumiy o'rta ta'lim maktablari amaliyotchi psixologlari
➡️ Yordamchi maktab va maktab internatlari texnologiya fani
➡️ Yordamchi maktab va maktab internatlari tabiiyot va geografiya fani

📄 Qolgan fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslari ham qisqa fursatda bosqichma-bosqich asosda faollashtiriladi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
236 yildan buyon amalda bo'lib kelayotgan AQSH konstitutsiyasiga shu vaqtga qadar necha marta o'zgartirishlar kiritilgan?
Anonymous Quiz
30%
25
26%
26
27%
27
16%
28
#Diqqat! #Yangi_Loyiha!

HURMATLI HAMYURTLAR

📚 Ilm talаbida yurgan hamyurtlar va abiturentlar, sizlarni internet tarmog‘ida yaqinda tashkil qilingan, aniq fanlar yo‘nalishidagi o‘zimizning elektron kutubxonamizga taklif qilamiz!

📘 Elektron kutubxonamiz "DUSMURATOVBOOKS" deb nomlanib, uning ilovasini PLAYMOBILE yoki PLAYMARKETdan yuklab olishingiz mumkin. Ilovani telefoningizga o‘rnatib olgach, ilovaga kirishda birichi bo‘sh qatorga 📞 telefon raqamingizni (+🙅‍♂️)
shu tartibda 998(99)000.0000 kiritasiz va kalit so‘ziga 6 xonadan kam bo‘lmagan 📋 "maxfiy" so‘z yoki raqam kiritasiz.

📝 Ro‘yxatdan o‘tishishingizni tastiqlash uchun telfoningizga sms orqali kelgan 3700 raqamidan sizga 5talik raqamdan iborat tasdiqlash kodi keladi va va o‘sha smsdagi raqamni kiritib tasdiqlash orqali ilovani faollashtirasiz.

🗂 Ilova ochilganda o‘zingizga kerakli kategoriyalar, papkalarni tanlaysiz va o‘zingizga yoqgan kitobni tanlab kitobning ustidan bosasiz, kitobning narxi va foydalanish uchun beriladigan vaqti ko‘rsatiladi. Yuklab olishni bossangiz to‘lov usullari ko‘rinadi, arzimagan talovni amalga oshirish orqali siz, o‘z hayotingizda ast qotadigan sifatli bilimga ega bo‘lishingiz mumkin!

📹 Videoyo'riqnoma:

🇺🇿: https://www.youtube.com/watch?v=9z8kaiia_Uw

🇷🇺 https://www.youtube.com/shorts/7tQJEjly4iM

📖 HAMMAGA YOQIMLI MUTOLAA

👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.dusmuratovbooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LMS_haqida

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida kredit ballarini to'plash tartibi

Pedagoglarimiz sertifikat olishlari uchun 8 ta modul bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan kompetentsiyaning har birida belgilab berilgan (9+2+2+1+1+1+1+1) minimum 18 kredit ball to‘plashlari kerak bo‘ladi. 18 kredit to'plangandan so'ng platformaning MALAKA OSHIRISH degan qismida SERTIFIKATNI OLING degan tugma chiqadi.

8 ta modul bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan kompetentsiyaning har birida bir nechta variativ kurslar joylashtirilgan. Ya'ni shu moduldagi istalgan bitta kursni o'qib, minimum kredit olishlari yetarli. Agarda pedagog xodim 7 ta moduldagi kursdan bir qancha kurslarni o'qib, aytaylik, 20 kredit ball jamlagan taqdirda ham tizim unga sertifikat taqdim etmaydi. Chunki u hali bitta modul uchun minimum kreditni to'plamadi. Shunga ko'ra, 8 ta moduldagi kurslardan tanlov asosida bittasini o'qib, tegishli 18 kreditni to'plashi lozim.

Qaytaramiz, agarda bitta moduldagi kurs bajarilmagan taqdirda, tizim sertifikat taqdim etmaydi. 18 kredit ball — sertifikat olish uchun belgilangan eng minimum ball. Bir nechta variativ kurslarni o'qib, hatto 30 kredit balldan ham yuqori to'plash mumkin. Bu tomoni endi pedagogning ixtiyorida. Sertifikat uchun 18 kredit ball to'plash kifoya.

Shuningdek, agar pedagog 25 kredit ball to'plasa ham, bu kredit ballari faqat joriy yil uchun amal qiladi. Keyingi yilga o'tkazilmaydi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilik

Endi pedagog xodimlar ta’tili necha kun bo’ladi? Kelayotgan yozda necha kun dam olamiz?

📝 Yangi Mehnat kodeksida pedagog xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari alohida moddada tartibga solinmoqda. Yangi MK 501-moddasi 6-qismiga ko’ra, ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga haftasiga 3️⃣6️⃣ soatdan ortiq bo‘lmagan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi. Pedagog xodimlar ish vaqtining aniq davomiyligi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

⚠️Demak, e'tibor bering, 501-moddadan ko’rinib turibdiki, ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi va uning davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika 3 tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatini kutamiz.

Amaldagi Mehnat kodeksi 140-moddasiga ko’ra, barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning umumiy muddati 4️⃣8️⃣ ish kunidan oshib ketishi mumkin emas.

Yangi MK 222-moddasiga ko’ra esa, barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun 5️⃣6️⃣ kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.

Demak, mantiqan olib qarasak, pedagog xodimlarga maksimal 5️⃣6️⃣ kalendar kungacha ta’til berilishi mumkin. Yana ham anig’ini esa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjati e’lon qilinganda bilib olamiz.

©️ Mehnat huquqi

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/15 12:34:08
Back to Top
HTML Embed Code: