Telegram Web Link
#LMS_haqida

Endi platformada tinglovchi o'z fanini o'zi o'zgartira olish imkoniyati yaratilgan

2023-yildan boshlab "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida malaka oshiruvchi tinglovchilar uchun bir qancha yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Bu haqida bir qancha postlarimizda ham yoritib borgan edik.

Endilikda yana shunday imkoniyatlardan biri — bir nechta fandan malaka oshiradigan tinglovchi tizim adminlari yordamisiz ortiqcha vaqt sarf etmasdan, fanlarini (lavozimini) o'zgartira olishi mumkin. Faqatgina tinglovchi, avvalo, tizimga malaka oshirishi lozim bo'lgan fanlarni (lavozim) kiritgan bo'lishi shart.

Tinglovchi birinchi fanidan sertifikat olgandan so'ng, platformaning malaka oshirish qismida "LAVOZIMNI TANLASH" tugmasi paydo bo'ladi. 👆👆👆

➡️ Tizimga bir nechta fanlarni kiritish bo'yicha videoyo'riqnoma: https://www.tg-me.com/video_yoriqnoma/64

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Baholarni muzlatish xat.pdf
392.6 KB
#yangiliklar

🗓 Apreldan tizimda nimalar o'zgarmoqda:

➡️Kundalik elektron sinf jurnalida baholarni qo‘yish va o‘zgartirish tartibiga muvofiq 2023-yilning 15-aprelidan tizimda cheklov (muzlatish) o‘rnatiladi hamda kiritilgan chorak va yillik baholarga maktabgacha va maktab ta’limi hududiy boshqarmalariga rasmiy xatsiz o‘zgartirish kiritish imkoniyati bo‘lmaydi;

➡️ 25 yildan oshiq pedagogik stajga ega pedagoglar majburiy attestasiyaga jalb etilmaydi;

➡️ pensiya va nafaqalar miqdori 7% ga oshadi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar #attestatsiya

2023-yilda pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi matbuot xizmati e'lon qilgan xabarga ko'ra:

Joriy yilda oʼqituvchilar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi, maoshlar mavjud sertifikatlar asosida toʼlab beriladi.

2023-yilda majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak bo‘lgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari 2024-yilga qadar amal qiladi.

Xabaringiz bor, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi faoliyati tugatilib, uning tegishli vazifa va funksiyalari Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligiga oʼtkazildi.

Shu munosabat bilan vazirlik tomonidan taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʼtkazish va malaka toifalari berish boʼyicha yangi shaffof va adolatli tizim ishlab chiqilib, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oʼrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, yangi tartib joriy etilgunga qadar 2023-yilda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak boʼlgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari toʼgʼrisidagi sertifikatlarining amal qilish muddati navbatdagi attestatsiya tashkil qilingunga qadar uzaytiriladi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#LMS_haqida

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasiga kiritilgan raqamni va parolni yangilash bo'yicha batafsil videoyo'riqnoma

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️3 daqiqada o’quvchilaringizni darsga qiziqtirib qo’yishni xohlaysizmi?

🎁“O’quv shartnomasi” metodimni Sevimli Ustoz bo’lishni xohlaganlar uchun sovg’a qilmoqchiman.

Bu metod orqali:

🔹 Sinf xonada o'quvchilar soni ko'p bo'lsa ham samarali dars tashkil qilaolasiz

🔹 Shovqinli sinfni 3 daqiqada tinchlantirib darsingizni qiziqarli qilib o'taolasiz

“O’quv shartnomasi” metodni ko'rish uchun quyidagi havolani bosing
👉 https://www.tg-me.com/+QXzs3BmOod1lZDEy

Ha aytgancha, o'qituvchilar uchun 6-7-8-aprel kunlari "1-raqamli USTOZ" nomli BEPUL marafon tashkil qilayapman bu marafonimga ham ro'yxatdan o'tib qo'ying quyidagi havola orqali
👉 https://www.tg-me.com/+QXzs3BmOod1lZDEy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bu reklama emas sizlarga tavsiyam Ustozlar uchun judayam kerakli metodni tekinga berayotgan ekan
“O’quv shartnomasi” bu metod orqali o’quvchilaringizni darsga qiziqishini va darsingizni samarali o’tishingizga katta yordam beradi. Metodni hoziroq kirib ko’ring
👉https://www.tg-me.com/+QXzs3BmOod1lZDEy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​#bilasizmi

Qancha o’qituvchi o‘z kasbini o‘zgartirish istagida yuradi?

Xorijda eng yosh o‘qituvchilar (30 yoshgacha) va 30-39 yoshli guruh vakillarida ham kasbni tark etish niyatini bildirish ehtimoli ko‘proq, ammo xalqaro darajada O‘zbekistondagi kabi yosh guruhlari o‘rtasida bunday keskin farq yo‘q.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a'zo davlatlar (OECD) ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘pchilik xorijiy mamlakatlar o‘qituvchilari yana 15 yil davomida pedagog sifatida o‘z ishini davom ettirish istagini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, 50-59 yoshdagi 15% o‘qituvchilar keyingi 5 yil ichida ish o‘rinlarini o‘zgartirmoqchi ekanliklarini bildirishgan .

O‘z faoliyatini to‘xtatish niyatida bo‘lgan o‘qituvchilar soni Estoniya, Islandiya, Litva, Saudiya Arabistoni, Singapur, Janubiy Afrika,Shvesiya, Rossiya, AQSH va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlarda yuqoridir. Bu mamlakatlarda 25%dan ortiq o‘qituvchilar keyingi 5 yil ichida o‘z kasbini o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, Avstriya, Portugaliya va Ispaniyada bu ko‘rsatkich 5% yoki undan ham kam.

©️ A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining TALIS hisobotidan olindi
#LMS_haqida

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun quyidagi fanlar yo'nalishidagi malaka oshirish kurslari faollashtirilgan:

➡️ Kimyo
➡️ Biologiya
➡️ Fizika
➡️ Informatika va axborot texnologiyalari;
➡️ Matematika
➡️ Nemis tili
➡️ Fransuz tili
➡️ Davlat huquq asoslari
➡️ Tarix
➡️ Musiqa
➡️ Tarbiya
➡️ Ingliz tili
➡️ Ona tili
➡️ Davlat tili (o'zbek)
➡️ Rus tili (milliy maktablar uchun)
➡️ Geografiya
➡️ Maxsus ta'lim muassasalari tarbiya fani o'qituvchilari
➡️ Maxsus maktab internatlari ("Muruvvat" uylari) tarbiyachilari
➡️ Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani
➡️ Texnologiya
➡️ Rus tili va adabiyoti (ta'lim tili rus tilida o'tiladigan maktablar uchun)
➡️ Tojik tili va adabiyoti
➡️ Qorqalpoq tili va adabiyoti
➡️ Davlat tili (qoraqalpoq)
➡️ Tasviriy san'at va chizmachilik
➡️ O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari
➡️ Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari

📄 Qolgan fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslari ham qisqa fursatda bosqichma-bosqich asosda faollashtiriladi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:

➡️ o‘quv yilining davomiyligi — 34 hafta (1-sinflar uchun 33 hafta);

➡️ o‘quv haftasining davomiyligi — 6 kun (pedagogik kengashning qaroriga ko‘ra 1 — 4 sinflar uchun 5 kun);

➡️ dars mashg‘ulotining davomiyligi — 45 daqiqa;

➡️ dars mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffusning davomiyligi — 5 -10 daqiqa (o‘quv kuni o‘rtasidagi tanaffusning davomiyligi — 15 -30 daqiqa).

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza

Bu — Jim Torp, amerikalik yengil atletika sportchisi. Suratda uning turli xil paypoq va poyafzal kiygani ko‘rinib turibti. Bu modaga kiyilgan narsa emas edi. Bu 1912-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari paytida Oklaxomadan kelgan mahalliy amerikalik Jim Amerika Qo‘shma Shtatlari nomidan yengil atletika bo‘yicha ishtirok etadi. Musobaqa boshlanishidan oldin ertalab uning poyafzali o‘g‘irlanib ketiladi. Jim axlat qutisidan ikkita tufli topib oladi lekin ushbu oyoq kiyimlarning biri juda katta kelgani sabab qo‘shimcha paypoqlar kiyishga majbur bo‘ldi. Ushbu poyafzal bilan Jim bir kunda ikkita oltin medalni qo‘lga kiritadi.

P.S.: Bu o‘zingizni oqlashlarga odatlanib qolmasligingiz uchun ajoyib bir eslatma. Hayot baʼzan adolatsiz bo‘lishi mumkin - asosiysi bunda sizning nima qilishingiz, sizning tanlovingiz muhim rol o‘ynaydi. Bugun sizni nima qarshi olishidan qatʼi nazar: o‘g‘irlangan poyafzal, sog‘lig‘ingiz, muvaffaqiyatsizliklar, omadsiz biznes - bu sizni yugurishingizga xalaqit bermasin. Agar siz bahonalarni to‘xtatsangiz va nima bo‘lishidan qatʼiy nazar maqsadingizga ishonch bilan borsangiz, hayot o‘zining yorqin tomonini albatta ko‘rsatadi.

©️ Facebook sahifasidan olindi

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

⚡️⚡️ Boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun muhim yangilik: ushbu fan bo'yicha o'zbek tilidagi malaka oshirish kontentlari faollashtirilmoqda

🗓 3-aprel soat 16:00 dan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun navbatdagi 3 ta fan bo'yicha malaka oshirish kurslari boshlanadi:

➡️ Turkman tili va adabiyoti
➡️ Iqtisodiy bilim asoslari
➡️ Boshlang'ich ta'lim (o'zbek tilida)

📄 Qolgan fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslari ham qisqa fursatda bosqichma-bosqich asosda faollashtiriladi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Hurmatli pedagog xodimlar, sinf rahbarlari, jonkuyar ustozlar!

⚡️Sizningcha, sinf rahbari uchun eng muhim kasbiy sifatlar qanday bo‘lishi kerak?

💬 Sizda umumiy o‘rta taʼlim muassasalari sinf rahbarlari faoliyati mazmunini takomillashtirish, rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar bormi?

✔️ A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti davr talabidan kelib chiqqan holda zamonaviy sinf rahbari kompetentlik darajasini baholash mezonlarini va ularning faoliyati samaradorligini oshiruvchi mexanizmlarni ishlab chiqish borasida ham o‘z tadqiqotlarini boshladi.

Hurmatli ustozlar!

O‘z faoliyatingiz doirasida Sizga beriladigan bir nechta savollarga javob berib o‘tishingizni so‘raymiz.

📊 Siz bergan javoblar va takliflar kelgusida sinf rahbarlari faoliyati mazmunini takomillashtirish hamda rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ishtirokingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildirib qolamiz!

🔠 Ishtirok etish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSevw6mE5R121M4624B5ekIm78XCzVdyKjWVYf9i8LQy1xUwJw/viewform

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi biri to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
55%
shaxdam
45%
shahdam
#Bilasizmi

🎙 Dunyo davlatlarida o'quvchilar qanday baholanadi:

🇳🇴 Norvegiyada:
boshlang'ich sinf o'quvchilariga rasman baho qo'yilmaydi. Har choraklik yakunida har bir o'quvchi uchun o'qituvchi izoh berib o'tadi. Yuqori sinflarda esa 6 balli tizimda baholanadi. 6 ball a'lo deb hisoblansa, 2 ball qoniqarli deb baholanadi.

🇨🇿 Chexiyada:
bizdagi kabi 5 balli tizim qo'llaniladi. Faqat bizdan farqli jihati - 5 ball eng yomon, 1 ball esa a'lo deb hisoblanadi.

🇫🇮 Finlandiyada:
10 balli tizim amalda bo'lib, o'quvchilarning atigi 5 % (eng yaxshi o'qiydigan) bu ballni oladi xolos. 10 ball eng a'lo deb topilsa, 4 ball qoniqarli deb qaraladi. 4 balldan pasti aslo qo'yilmaydi.

🇸🇬 Singapurda:
Harfli baholash tizimi yo'lga qo'yilgan bo'lib, A1/A2 - a'lo, B3/B4 - yaxshi, C5/C6 - qoniqarli, D7 - eng minimal qoniqarli, E8/F9 - qoniqarsiz deb hisoblanadi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LMS_haqida

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun quyidagi fanlar yo'nalishidagi malaka oshirish kurslari faollashtirilgan:

➡️ Kimyo
➡️ Biologiya
➡️ Fizika
➡️ Informatika va axborot texnologiyalari;
➡️ Matematika
➡️ Nemis tili
➡️ Fransuz tili
➡️ Davlat huquq asoslari
➡️ Tarix
➡️ Musiqa
➡️ Tarbiya
➡️ Ingliz tili
➡️ Ona tili
➡️ Davlat tili (o'zbek)
➡️ Rus tili (milliy maktablar uchun)
➡️ Geografiya
➡️ Maxsus ta'lim muassasalari tarbiya fani o'qituvchilari
➡️ Maxsus maktab internatlari ("Muruvvat" uylari) tarbiyachilari
➡️ Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani
➡️ Texnologiya
➡️ Rus tili va adabiyoti (ta'lim tili rus tilida o'tiladigan maktablar uchun)
➡️ Tojik tili va adabiyoti
➡️ Qorqalpoq tili va adabiyoti
➡️ Davlat tili (qoraqalpoq)
➡️ Tasviriy san'at va chizmachilik
➡️ O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari
➡️ Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari
➡️ Turkman tili va adabiyoti 🆕
➡️ Iqtisodiy bilim asoslari 🆕
➡️ Boshlang'ich ta'lim (o'zbek tilida)
🆕

📄 Qolgan fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslari ham qisqa fursatda bosqichma-bosqich asosda faollashtiriladi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
2024/11/15 09:20:43
Back to Top
HTML Embed Code: