Telegram Web Link
#happy_lesson

Sonlarni yana-da qiziqroq o'rgatish va yosh bolajonlarga ajoyib rasmlar chizishni ko'rsatish mumkin.

Boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun juda kerakli metodlar ekan. 🐬🐂🐢

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Shpargalka bilan qo'lga tushgan abituriyent 5-7 yilgacha imtihonlardan chetlashtirilishi mumkin.

Bu haqida Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori M.Karimovning bildirishicha, OTMga kirish imtihonida qoidalarga xilof harakatlar qilib, qo‘lga tushgan abituriyentlarni 5-7 yilgacha imtihonlarda chetlashtirish, agar o‘qishga kirib bo‘lgan bo‘lsa, o‘qishidan chetlashtirish bo‘yicha normativ xujjatlar tayyorlanmoqda ekan.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

ChatGPT (sunʼiy intellekt) "O'tgan kunlar" asari bosh qahramonlari Otabek va Kumushning portretini yaratdi

Qahramonlarning qiyofalari Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar" asaridagi taʼriflar asosida yaratilgan.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Yana 3 ta yo'nalish bo'yicha malaka oshirish kurslariga start berildi

🗓 28-martdan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun navbatdagi 3 ta fan bo'yicha malaka oshirish kurslari boshlandi:

➡️ Tasviriy san'at va chizmachilik
➡️ O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari
➡️ Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari

📄 Qolgan fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslari ham qisqa fursatda bosqichma-bosqich asosda faollashtiriladi.

❗️Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring👇👇
Telegram |Facebook |Website|YouTube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Endi pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish jinoiy javobgarlikka asos bo'ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilovchi qonunni imzoladi.

Mazkur qonunga ko'ra, pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarliklar kuchaytirilmoqda. Jumladan, umumiy holatda biror shaxsni majburiy mehnatga jalb etish 30 mln so‘mgacha (100 baravar) jarimaga sabab bo‘lsa, endilikda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish 45 mln so‘mgacha (150 baravar) jarima bilan jazolanishi mumkin.

Jinoyat kodeksida ham pedagoglarga qarshi harakat uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi va jazo kuchaytirildi. Yaʼni pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 45 mln so‘mdan 60 mln so‘mgacha jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.

Shuningdek, taʼlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish uchun ham maʼmuriy javobgarlik kuchaytirildi. Endilikda bu qilmish uchun fuqarolarga 2,1 mln so‘mdan 4,5 mln so‘mgacha jarima, mansabdor shaxslarga esa 3 mln so‘mdan 6 mln so‘mgacha jarima belgilanmoqda.

☝️ Eʼtiborli jihati, ilgari pedagogning faoliyatiga noqonuniy aralashish uchun faqat jarima jazosi belgilangandi. Endilikda ushbu qilmishni takroran sodir etgan mansabdor shaxslarga 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq belgilanishi mumkin.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️
⚡️Sinfda o’quvchilar soni ko’pligi sizning darsingiz sifatiga ta’sir ko’rsatayaptimi?

Bu muammolarga yechim berish maqsadida 3 kunlik “1- raqamli Ustoz” nomli Bepul onlayn marafon tashkil qilayapman.

3 kunlik marafon orqali:

🔹 O’quvchilarni tinchlantirish uchun yangi metodlar

🔹 Muammoli o’quvchilar bilan ishlashning muhim qoidalari

🔹 Mavzuni o’quvchilaringizga qiziqarli va tushinarli qilib tushintirish usullari

🔹Va eng asosiysi Metodlar kitobimning Taqdimoti ham bo’lib o’tadi, eng aktiv qatnashgan ustozlar uchun kitobimni ham sovg’a qilaman

🕊3 kunlik marafonimga qatnashish uchun quyidagi havolani bosing 👇

👉 https://www.tg-me.com/+QP9zff0SEWhjZTVi

👉 https://www.tg-me.com/+QP9zff0SEWhjZTVi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LMS_haqida

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida kredit ballarini to'plash tartibi

Pedagoglarimiz sertifikat olishlari uchun 8 ta modul bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan kompetentsiyaning har birida belgilab berilgan (9+2+2+1+1+1+1+1) minimum 18 kredit ball to‘plashlari kerak bo‘ladi. 18 kredit to'plangandan so'ng platformaning MALAKA OSHIRISH degan qismida SERTIFIKATNI OLING degan tugma chiqadi.

8 ta modul bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan kompetentsiyaning har birida bir nechta variativ kurslar joylashtirilgan. Ya'ni shu moduldagi istalgan bitta kursni o'qib, minimum kredit olishlari yetarli. Agarda pedagog xodim 7 ta moduldagi kursdan bir qancha kurslarni o'qib, aytaylik, 20 kredit ball jamlagan taqdirda ham tizim unga sertifikat taqdim etmaydi. Chunki u hali bitta modul uchun minimum kreditni to'plamadi. Shunga ko'ra, 8 ta moduldagi kurslardan tanlov asosida bittasini o'qib, tegishli 18 kreditni to'plashi lozim.

Qaytaramiz, agarda bitta moduldagi kurs bajarilmagan taqdirda, tizim sertifikat taqdim etmaydi. 18 kredit ball — sertifikat olish uchun belgilangan eng minimum ball. Bir nechta variativ kurslarni o'qib, hatto 30 kredit balldan ham yuqori to'plash mumkin. Bu tomoni endi pedagogning ixtiyorida. Sertifikat uchun 18 kredit ball to'plash kifoya.

Shuningdek, agar pedagog 25 kredit ball to'plasa ham, bu kredit ballari faqat joriy yil uchun amal qiladi. Keyingi yilga o'tkazilmaydi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ustozlar!

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida qo'shimcha imkoniyatlar yaratilishi munosabati bilan tizimda profilaktika ishlari olib borilmoqda. Shu sababli tizim vaqtinchalik to’xtatilishini ma’lum qilamiz.

🛒 Mazkur texnik to’xtalish uchun oldindan uzr so’raymiz!

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Prezident pensiya, nafaqalar, oyliklar miqdorini oshirish haqidagi hujjatni imzoladi

1-apreldan pensiya va nafaqalar, 1-maydan mehnatga haq to‘lash miqdori oshiriladi.

Prezident farmoni bilan 1-apreldan pensiya va nafaqalar miqdori 7%ga, 1-maydan mehnatga haq to‘lash miqdorlari 7%ga oshirilmoqda.

Shunga ko'ra:
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 so‘m;
- yoshga doir eng kam pensiyalar – 677 000 so‘m;
- ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 747 000 so‘m qilib belgilanadi.

1-maydan mehnatga haq to‘lash miqdori 7%ga oshiriladi.

Shunga ko'ra:
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 980 000 so‘m;
- bazaviy hisoblash miqdori – 330 000 so‘m qilib belgilanadi.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ustozlar!

"Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida qo'shimcha imkoniyatlar yaratilishi munosabati bilan tizimda olib borilgan profilaktika ishlari muvofaqqiyatli yakunlandi.

Malaka oshirish kurslarini o'qishda davom etishingiz mumkin.

🛒 Mazkur texnik to’xtalish uchun uzr so’raymiz!

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Yana “Open budjet” mashmashasi

Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani, “Bayguli” MFYdagi 17-maktab oʻquvchilari darsga kiritilmay, sim karta sotib olish uchun 10 ming soʻmdan 20 ming soʻmgacham pul olib kelish uchun oʻz xonadonlariga joʻnatilayotganiga oid videolar tarqaldi.

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimligi bu borada o'rganish ishlari olib borilayotganligini ma'lum qilgan.

Qosh qo'yaman deb ko'z chiqarish shu bo'lsa kerak. O'zi bu loyihadan maqsad nima edi-yu, lekin amalda nimalar bo'lmoqda,

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#open_budjet #sharmandalik

Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumanida maktab oʻquvchilarining dars vaqtida sim karta sotib olish uchun 10 ming soʻmdan 20 ming soʻmgacha pul olib kelish uchun jo'natilgani aks etgan videolavhalar

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
0️⃣0️⃣0️⃣

📣📣MAKTAB TA’LIMI SOHASIDA ISHLAYOTGAN O‘QITUVCHILAR DIQQATIGA!

⚡️Respublikamizdagi o‘qituvchi va rahbar xodimlarni ishini osonlashtirish maqsadida yangi telegram bot ishga tushirildi.

💎Endilikda pedagoglar ta’lim sohasiga oid har qanday hujjatlarni ushbu bot orqali oson yuklab olishlari mumkin. Hujjatlarni ketma-ketligi tartib bilan ushbu botga joylashtirilgan va boyitib boriladi. Botga kirib o‘zingiz uchun kerakli bo‘limni tanlang va quyidagi hujjatlarni yuklab oling;

Barcha fanlardan DTS;
Sinf rahbarlik hujjatlari;
To‘garak hujjatlari;
Metodbirlashma hujjatlari;
Pedkengash hujjatlari;
Ustama hujjatlari;
Nizomlar;
O'z oyligingizni oson hisoblash;
Hujjatlardan namunalar va boshqa.

📌Marhamat botga start bosing va istalgancha yuklab oling!
👇👇👇👇👇👇👇
➡️ https://www.tg-me.com/hujjatlar_uchunbot
➡️ https://www.tg-me.com/hujjatlar_uchunbot
➡️ https://www.tg-me.com/hujjatlar_uchunbot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LMS_haqida

Profil faqat boshqalar nomidan kirishga urinilganda bloklanadi

Hurmatli ustozlar!
Platformada o'z profilingizga kirish jarayonida sizda shunday xabar chiqsa, demak siz boshqa profil egasi nomidan kirishga uringan bo'lasiz. Bunda qay maqsadda kirilganligining aslo ahamiyati yo'q.

Har bir tinglovchimizning platformadagi faoliyati to'liq nazoratga olingan. Bu mehnatkash fidoyi ustozlar uchun emas, balki o'z ustida ishlash niyati yo'q ayrim "pedagog"lar uchun yaratilgan. Ular o'tgan yili malaka oshiruvchilarning 4% ni tashkil qilgan. Bu yil ushbu raqamni keskin tushirish asosiy maqsadimiz.

Ha, aytgancha, xabarda ko'rsatib o'tilganidek 228-modda nima ekanligini bilib qo'ygan foydadan holi bo'lmaydi.

👉 228-modda to'liq matni: https://lex.uz/docs/-111453

Mehnatkash o'z ustida doimiy ishlab izlanuvchi ustozlarimiz bizning jamoa uchun doimo ardoqlidir.

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza

Yoshlarga to‘g‘ri taʼlim berish Troyani zabt etishdan muhimroqdir.

©️ Filipp Melanxton, nemis gumanisti, teologi, pedagogi

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

"Open budjet" mashmashasi bilan "tanilgan" maktabning direktori lavozimidan bo'shatildi

Kecha Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani, “Bayguli” MFYdagi 17-maktab oʻquvchilari darsga kiritilmay, sim karta sotib olish uchun 10 ming soʻmdan 20 ming soʻmgacham pul olib kelish uchun oʻz xonadonlariga joʻnatilayotganiga oid videolar tarqalganligi haqida xabar qilgan edik.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi holatni tezkor ravishda o'rganib chiqqan. Oʼrganish jarayonida mazkur holat haqiqattan ham "Tashabbusli byudjet" bilan bogʼliqligi oʼz tasdigʼini topgan.

Shundan so'ng, oʼquvchilarni dars vaqtida pul yigʼishga yuborilishiga yoʼl qoʼygan maktab direktori vazifasidan ozod etilgan.

Eng qizig'i, bunday holatlarga yo'l qo'ymaslik to'g'risida barcha maktablar oldindan ogohlantirilgan.

Vazir ham ushbu holatga quyidagicha munosabat bildirgan:
"O‘quvchilar maktabga taʼlim olish, o‘qituvchilar esa taʼlim berish uchun keladi. Shunday ekan bor eʼtiboringizni maktabdagi taʼlim sifatini ko‘tarib, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirishga qaratishingizni so‘rab qolaman."

Vazirlik matbuot xizmati ham o'z munosabatini quyidagi mazmunda yakunlagan:
"Bu holat qolgan maktablarda takrorlanmasligiga ishonamiz hamda maktabga oʼqituvchi dars bergani, farzandlarimiz esa taʼlim olish uchun borishini unutmasligingizni soʼrab qolamiz. "

👤Yangiliklarni biz orqali muntazam kuzatib boring
🌐 telegram | 🌐 facebook | 🌐 youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/15 07:54:26
Back to Top
HTML Embed Code: