Telegram Web Link
Faxriylar bilan uchrashuv

Andijon viloyati IIBda boʻlib oʻtgan uchrashuvda IIV oʻrinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov, boshqarma boshligʻi polkovnik Ayubxon Rahmatullayev, maslahatchi Orifjon Yuldashev, Faxriylar kengashi raisi Davronbek Yusupov, shuningdek, shahar-tuman IIBlarining faxriylar kengashi raislari va IIB boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda 200 nafarga yaqin faxriylar ishtirok etishdi.
👉 @postdarasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyati Zafarobod tumanidagi madaniyat markazida ommaviy sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Muloqot davomida aholini qiynayotgan bir qator ijtimoiy muammolarni hal qilish choralari belgilandi.

👉 @postdarasmiy
Мутолаа

ШОИР ВА ТИЛЛА БАЛИҚЧА ҲАҚИДАГИ ҲИКОЯТ

Айтишларича, иши юришмаётган шоирнинг қармоғига Каспий денгизида тилла балиқча илинибди.
– Шоир, шоир, мени денгизга қўйиб юбор, – дея ялинибди тилла балиқча.
– Бунинг эвазига сен менга нима берасан?
– Дилингдаги ушалмаган барча орзу-ниятларингни рўёбга чиқараман.
Батафсил 👉
👉 @postdarasmiy
1 октябрь - Ўқитувчи ва мураббийлар куни

Устоз – боғбондир, бизлар бир ниҳол,
Парвариш айлайди куну тун тинмай.
Эртани ўйлайди гарчи тун алҳол,
Китоб титар кўзга уйқулар инмай.

Унга бегона йўқ, йўқдир бир талаб,
Ҳар бир ўғил-қиз ўз боласидек.
Кеча кузатганди, бугун эрталаб
Бағрига босади тоғ лоласидек.
👉 @postdarasmiy
SURATLI LAVHALAR

Viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tunu kun sayyohlar xizmatida bo‘lishmoqda. Ular sayyohlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan birga, ehtiyotsizligi sabab yo‘qotgan shaxsiy buyumlarini topishda va egasiga qaytarishda jonbozlik ko‘rsatishmoqda. Bunday amaliy yordamlar o‘zining ijobiy samarasini berib, sayyohlar xodimlardan minnatdor bo‘lishmoqda.
O‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.

👉 @postdarasmiy
ЎҒИЛОЙ – ОСИЁ ЧЕМПИОНИ!

Қирғиз Республикасида ўтказилган қўл жанги бўйича Осиё чемпионатида 12 давлатдан 300 га яқин спортчилар ғолиблик учун гиламга чиқди.
Мусобақада терма жамоамиз аъзолари 9 та олтин, 5 та кумуш ва 3 та бронза медалини жамғариб, умумжамоа ҳисобида биринчи ўринни эгаллади. Вакилларимиз орасида Қашқадарё вилояти ИИБ ТВБСО ходими, кичик сержант Ўғилой Жуманова 64 килограмм вазнда 1-ўринни қўлга киритиб, мусобақанинг олтин медали билан тақдирланди.
Ўз мухбирмиз.
Қашқадарё вилояти.
FOYDALI MЕHNAT NIZOLARGA BARHAM BЕRADI

Ayol baxtli bo‘lsa, xotirjamlikda hayot kechirsa, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhit yaratiladi. Ammo ayrim holatlar bu jarayonga salbiy ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi. Shunday vaziyatlarda ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar muammolarga duch kelgan, tazyiq va zo‘ravonliklarga uchragan xotin-qizlarga yordamga oshiqishadi.
Oltinsoy tumani IIB JXX HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, katta leytenant Zuhra Qo‘zimurodova ham tumandagi ayollarga o‘z yordamini ayamaydi. Uning sa’y-harakati bilan nizolarga barham berilib, oilalar yarashtirilmoqda.
Batafsil 👉
👉 @postdarasmiy
«GENTRA» БОШҚАРУВИДАГИ «ШЕР»

Фуқаро Х.Х. Тупроққалъа тумани ҳудудида ўзига тегишли бўлган «Gentra» русумли автомашинасини маст ҳолда бошқариб бораётиб, йўлнинг қарама-қарши йўналишига чиқиб кетади. Ўз ҳудудида хизмат олиб бораётган туман ИИБ ЖХХ ҲПБ ҳуқуқ-тартибот маскани профилактика инспектори, катта лейтенант Баҳром Юсупов бу ҳолни кўриши биланоқ унга тўхташ ишорасини беради.
Қарангки, мастлик таъсиридан «шер» қиёфасига кирган ҳайдовчи машинасини йўл ҳаракати қоидаларига зид равишда тўхтатиб, профилактика инспекторини ҳақоратлай бошлайди.
Батафсил 👉
👉 @postdarasmiy
#Jumboq

Savol:
Bir Amerikalik tadqiqotchi dastlab vertikal bo'lgan bir narsani o'ylab topdi. Texnikaninng o'ziga xos xususiyatlarii tufayli u o'z g'oyasini amalga oshira olmadi, keyin esa o'ylab topgan narsasi, 45 graduslik nishabga ega bo'ldi.
U nimani ixtiro qildi?

Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
2024/10/02 08:21:51
Back to Top
HTML Embed Code: