Telegram Web Link
“Маънавият маршрути” бўйлаб

ИИВ ҳузуридаги ЖИЭД Биринчи минтақавий ҳудуди 44-сон манзил колонияда хизмат қилаётган тартибот бўлинмаси ходимлари “Маънавият маршрути” йўналишида Самарқанд вилоятида жойлашган “Имом ал-Бухорий”, “Регистон майдони”, “Гўри Амир мақбараси”, “Бибихоним мадрасаси”, “Ҳазрати хизр масжиди”ни зиёрат қилишди. Бу ерда амалга оширилган ободончилик ишлари билан яқиндан танишдилар. Шунингдек, бу борада ўзларини қизиқтирган саволларга ҳам соҳа мутахассисларидан атрофлича жавоб олишди. Улар тарих, қадимий обидалар ҳақидаги билими янада бойиганидан минннатдор бўлишди ва катта таассуротлар билан қайтишди.
Ўз мухбиримиз.
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Кун ҳикмати

Ўзининг фикри бўлмаган одам ўзга фикрлар ичида кун кечиради.

✍️ Хуршид Дўстмуҳаммад
👉 @postdarasmiy
JARIMANI TO‘LAMAYMAN DЕB...

Halollikni har kim o‘zligidan, fitratidan kelib chiqib talqin qiladi. Kim uchundir mehnat bilan topilgan non halol. Kim uchundir bu faqat ayrim o‘rinlarda rioya qilinishi kerak bo‘lgan qoidadek gap. Yon atrofimizda sodir bo‘layotgan voqeliklarni kuzata turib, to‘g‘ri yashash, jamiyat qonun-qoidalariga rioya qilish har birimizning a’molimizga aylanishi shart degan xulosaga kelasan kishi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Soha fidoyisi

Yo‘llarda harakat xavfsizligini bekamu ko‘st ta’minlash maqsadida hushyorlikni yo‘qotmasdan, sergak holatda faoliyat olib borayotgan shijoatli va jonkuyar posbonlardan biri Oqqo‘rg‘on tumani IIB yo‘l-patrul xizmati inspektori, safdor Hayotbek Nabiyevdir. Tizimdagi o‘n besh yillik faoliyatining so‘nggi besh yilini mazkur sohada o‘tkazib kelayotgan lavhamiz qahramoni ustozlari­ga hurmat ko‘rsatib, shogirdlarini tarbiyalashdan charchamaydi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
ElGA YELKADOSH BO‘LIB

Ayni paytda viloyat, shahar va tuman IIB xodimlari tomonidan «Qoradori-2024» tadbirining 2-bosqichi keng ko‘lamda olib borilmoqda. Yaqinda Romitan tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori, leytenant Mavlud Ahmedov xizmat olib borayotgan «Guliston» mahallasidagi xonadonlarni ko‘zdan kechirayotganda, Guliston ko‘chasida yashovchi Sh.H. tomorqasida 3 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotganini aniqladi. Taqiqlangan o‘simlik esa xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi. Surishtiruv jarayonida fuqaro Sh.H. o‘zi uchun ekib, parvarishlayotganini tan oldi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
TAJRIBADA ILK BOR

Joriy yilning 27-oktabr kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda deputatlikka siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi.
Ta’kidlash kerakki, milliy saylov tajribamizda ilk marotaba 5 ta siyosiy partiya tomonidan barcha darajadagi deputatlik o‘rinlariga 100 foiz nomzodlar ko‘rsatildi.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
YURT OSOYISHTALIGI YO’LIDA

Toshkent viloyati IIBB rahbariyati tomonidan osoyishtalik posbonlarining xizmatga shayligini tekshirish maqsadida saf koʻrigi oʻtkazildi.
Unga ko’ra, xodimlarning tashqi koʻrinishi, hujjat va anjomlari koʻzdan kechirilib, tadbir yakunida shaxsiy tarkib tantanali marsh bilan saf maydonidan o’tishdi.
O’z muxbirimiz.
👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
ХОДИМЛАР ЧИНИҚИШМОҚДА

Вилоят ИИБ шахсий таркиби иштирокида жисмоний ва жанговар тайёргарлик машғулотлари ўтказилди. Унда малакали спорт усталари ходимларнинг жисмоний чиниқишларига доир қўшимча машқлар олиб боришди.
А.ЗАЙНИЕВ,
сафдор.
Бухоро вилояти.

👉 @postdarasmiy
Экологик рейд

Ғаллаорол туманида вилоят ИИБ ЖХХ ЖТСБ ППХБ ҳамда вилоят экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши бошқармаси ходимлари ҳамкорлигида табиат муҳофазасига қаратилган рейдлар ўтказилди. Экорейд давомида белгиланмаган жойларга чиқинди ташлаш, хазонларни ёқиб юбориш каби ҳуқуқбузарликларни содир этган 5 нафар шахсга нисбатан маъмурий баённомалар расмийлаштирилди.
Ўз мухбиримиз,
Жиззах вилояти.

👉 @postdarasmiy
БИЛАСИЗМИ?

• Пахтали таёқчалардан нотўғри фойдаланиш оқибатида ҳар йили 300 мингдан ошиқ одамнинг эшитиш қобилияти қайсидир даражада сусаяди.
• Германияда 14 йилдан сўнг бензинда юрадиган автомобиллар савдосини тўхтатиш режалаштирилган.
• Биз яшаётган сайёра қуёшдан 150 миллион километр узоқликда жойлашган.
• Қуёшдан келадиган нур ерга 8 дақиқада етиб келади.
👉 @postdarasmiy
2024/10/02 10:30:09
Back to Top
HTML Embed Code: