Telegram Web Link
ҲАРБИЙ ҚИСМДА ПРОФИЛАКТИК ТАДБИР
Ички ишлар вазирининг фармойишига асосан, Қоровул қўшинларида “Қонунийликни таъминлаш ва темир интизом ойлиги” доирасидаги профилактик тадбирлар 7536-ҳарбий қисмда ҳам ўтказилмоқда. Яқинда ҳарбий қисмда Когон шаҳар Маънавият бўлими раҳбари У.Қурбонов, Когон шаҳар Дин ишлари бўйича қўмита вакили Ф.Шаропов ҳамда Когон шаҳар Алишер Навоий жоме масжиди имом ёрдамчиси Б.Ғуломовлар иштирокида “Интернет тармоғи орқали ўйналаётган қимор ва таваккалчиликка асосланган ўйинларга диний муносабат” мавзусида профилактик тадбир бўлди. Тадбирда ҳарбийлар ўзларини қизиқтирган саволларга жавоблар олишди.
Э.ГАФФАРОВ,
подполковник.
Бухоро вилояти.
Davra suhbati tarzida

Toshkent shahar IIBB MMI va KBTX boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis psixologi tomonidan IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi oʻquvchilari bilan davra suhbati tashkillashtirildi. Unda maʼnaviy-axloqiy muhit, vatanparvarlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmatni yuksaltirish borasida so‘z bordi. Shuningdek, bitiruvchi sinf qizlarini ichki ishlar organariga qiziqtirish, kelgusida sohada faoliyat olib borib, el-yurt tinchligi yo‘lida xizmat olib borishga jalb etish bo‘yicha ham targ‘ibot ishlari olib borildi.
O‘z muxbirimiz.
Toshkent shahri.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Психологик машғулот

ИИВ Сурхондарё академик лицейида таълим олаётган ўқувчилар ўртасида соғлом муҳитни шакллантириш ҳамда уларнинг ўқув жараёнида ва машғулотдан ташқари руҳий-эмоционал барқарорлигини сақлаш бўйича семинар-тренинг ташкил этилди. Машғулотларда ўқувчиларнинг психологик билим савиясини ошириш, руҳий саломатлигини таъминлаш ҳамда уларда лицейдаги маънавий-руҳий муҳитни ўрганишга доир амалий кўникмаларни ҳосил қилишга эътибор қаратилди.
Ўз мухбиримиз.
Сурхондарё вилояти.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
#Jumboq

Savol: Siz haqingizda eng ko‘p fikrlar u yerda aytiladi. Buning ustiga o‘zingiz ham bu gaplarning guvohi bo‘lasiz. Aynan u yerda siz haqingizdagi voqealar hech qanday chizgilarsiz ifodalanadi. Siz goh aktyorsiz, goh tomoshabin. Nemis faylasufi Fridrix Nishse nimani nazarda tutmoqda?

Ushbu savolning javobini to‘g‘ri topsangiz, bugun soat 17:00 da telegram kanalimiz orqali e’lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin: https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Intizom va qonuniylik

    Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi  boʻlinmalaridagi tergovchi va surishtiruvchilar bilan “Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi” doirasida xizmat va ijrochilik intizomi hamda qonuniylikni taʼminlash boʻyicha tadbirlar boʻlib oʻtdi.
    Unda viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari - Tergov boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Ilhom Fayzullayev tomonidan 4 ta hududga boʻlib olingan holda oʻtkazildi.
    Bunda tergovchi va surishtiruvchilar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar muhokama qilinishi bilan bir qatorda ularni qiynab kelayotgan muammolar oʻrganilib, har biri bilan yakka tartibda suhbatlar tashkil etildi.
Boris KLEYMAN,
Oʻz muxbirimiz.
Қамашида меҳнат ярмаркаси

Қамаши тумани ИИБ ЖХХ пробация гуруҳи ҳамда Камбағалликни қисқартириш ва бандликка кўмаклашиш бўлими ҳамкорлигида ҳисобда турувчи шахслар учун бўш иш ўринлари ярмаркаси ташкил этилди.
Меҳнат ярмаркасида маҳкумлар бўш иш ўринлари билан танишиб, уларга тегишли тавсия ва таклифлар берилди. Якунда 2 нафар шахсга ишга йўлланма берилди.
Ўз мухбиримиз.
Қашқадарё вилояти.


👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
G'OLIB – TEMUR AVLODLARI JAMOASI

“Qonuniylikni ta'minlash va temir intizom oyligi” IIV Qorovul qo'shinlari miqyosida ham qizg'in davom etmoqda. Uning doirasida o'tkazilayotgan turli tadbirlar harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning ma'naviy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilayotir. Jumladan, yaqinda poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismda tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o'yini ham buning yaqqol tasdig'idir.
Qiziqarli bahs va munozaralarga boy tarzda o'tgan mazkur bellashuvlar yakuniga ko'ra, barcha raqiblaridan ustunligini namoyish etgan qo'shinlar qo'mondonligining “Temur avlodlari” jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritib, ko'chma kubok sohibiga aylanishdi.
Tadbir so'ngida san'atkorlar tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qo'shiqlar yig'ilganlar qalbiga xushnudlik ulashdi.
Alisher TESHAYEV,
kapitan.
СУРАТЛИ ЛАВҲАЛАР

Вилоят ИИБ ЖХХ ҲПБ Вояга етмаганларга ижтимоий-ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш марказида сақланаётган вояга етмаганларнинг ватанпарварлик ҳиссини ошириш ва ёзги таътилни мароқли ўтказиш мақсадида Миллий гвардиянинг Бухоро вилояти бўйича бошқармасига қарашли “Чавандозлар мактаби”га саёҳат уюштирилди.
Ж.ШУКУРЛАЕВ,
капитан.
Бухоро вилояти.

👉 @postdarasmiy
DILBAR AYANING DUOSI
Dilbar aya Kamoliddionova Guliston shahar «Madaniyat» mahallasida istiqomat qiladi. 1939 yilda tugʻilgan aya hozirda 85 yoshini nishonlayapti.
Guliston shahar IIB M va FRB inspektorlari qutlugʻ yoshini nishonlayotgan onaxonga oʻziga xos sovgʻa qilishdi. Dilbar ayani suratga tushirib, biometrik ma'lumotlarini olishdi va onaxonga zamonaviy ID-karti topshirildi. Oʻziga xos e'tibordan mamnun boʻlgan Dilbar aya xodimlarni duo qildi.
O’z muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
#Jumboq

Savol: Siz haqingizda eng ko‘p fikrlar u yerda aytiladi. Buning ustiga o‘zingiz ham bu gaplarning guvohi bo‘lasiz. Aynan u yerda siz haqingizdagi voqealar hech qanday chizgilarsiz ifodalanadi. Siz goh aktyorsiz, goh tomoshabin. Nemis faylasufi Fridrix Nishse nimani nazarda tutmoqda?

Ushbu savolning javobini birinchi bo'lib Farrux Usmonov to‘g‘ri topdi. Ofarin! S. Madaminovna, Shokirbek Temirxonov, Sayfiyev Javlonjon, Sardor, Qurbonov Ulug‘bek, Abduqodir Zokirov, RISQULOVA Muslima kabi o'quvchilarimiz ham to'g'ri javob berishdi, Bilimdonlarga omad yor bo'lsin!

Javob: U yerda voqealar juda tez rivojlanadi, goho komediya, goho drama, goho triller shaklida. Nishse tariflagan voqealar tushda bo‘lib o‘tadi.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Ибрат бекати

Бир куни Альберт Эйнштейн доскада масала ечди:
9 х 1 = 09
9 х 2 = 18
9 х 3 = 27
9 х 4 = 36
9 х 5 = 45
9 х 6 = 54
9 х 7 = 63
9 х 8 = 72
9 х 9 = 81
9 х 10 = 91
Тўсатдан залда тартибсизлик пайдо бўлди, чунки Альберт Эйнштейн битта масалани нотўғри ечган эди: 9 х 10 = 91. Барча ўқувчилари уни масхара қилишди.
Эйнштейн ҳамма жим бўлишини кутди ва шундай деди:
"Тўққизта саволни тўғри таҳлил қилган бўлсам ҳам, ҳеч ким мени табрикламади, лекин мен битта саволни нотўғри ечганим учун ҳамма устимдан кулди. Демак, агар инсон жуда муваффақиятли бўлса ҳам, одамлар кўзига унинг энг кичик хатоси кўринади ва кўпчилик бундан «завқланади».

Ҳаётда ҳеч қачон хато қилмайдиган ягона одам – ҳеч нарса қилмайдиган одамдир.

P/S: Бу ҳаётда хато қилишдан эмас, аксинча, хато қилмай деб, ҳеч бир иш қилмасликдан асрасин.
👉 @postdarasmiy
2024/10/02 14:16:59
Back to Top
HTML Embed Code: