Telegram Web Link
ИМТИЁЗЛИ ТАВСИЯНОМАЛАР ТОПШИРИЛДИ

ИИВ Қоровул қўшинларига қарашли 7533-ҳарбий қисмда зиммасидаги мажбуриятларни аъло даражада уддалаб, касбдошларига ўрнак бўлиб келаётган ҳарбий хизматчиларнинг фарзандларига республика олий таълим муассасаларига ўқишга кириш учун имтиёзли тавсияномалар топширилди.
Шу муносабат билан ўтказилган тадбирда ҳарбий қисм командири, полковник Ж.Сағдуллаев сўзга чиқиб, ёшларга олий таълим муассасаларига ўқишга кириш ва мустақил ҳаётга қадам қўйишда омад тилади.
Азамат Холматов.
Қашқадарё вилояти.
JUMBOQ


"Ziji Ko'ragoniy" asarida odatdagi matematik formulalar ham, tenglamalar ham, yulduzlar nomi ham yo'q, hatto ushbu asarda ulardan birortasini uchratmaysiz. Savol  asarda yana nimalar uchramaydi?!

Ushbu savolning javobini bugun soat 17:00 da telegramm kanalimiz orqali e'lon qilamiz.

Javobni quyidagi manzilga yo‘llashingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/postda_muloqot

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ички ишлар вазири ўринбосари генерал-майор Баходир Мирзарахимов томонидан Тошкент вилояти ИИББ Хавфсиз туризмни таъминлаш бошқармаси ходимларининг фаолияти ўрганилди
https://www.tg-me.com/iivtransport
Yoshlar oʻrtasida bellashuv

Toshkent shahar IIBB idora va tizimlari yosh xodimlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkillashtirish, iqtidor va qobiliyatlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida,  “Kibersport” boʻyicha chempionat oʻtkazildi.
Musobaqada 16 ta jamoa ishtirok etdi. Qizgʻin va bahsli kechgan musobaqa yakuniga koʻra Yashnobod tumani IIOFMB jamoasi gʻolib boʻldi va  Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
TALABALAR BILAN PROFILAKTIK ISHLAR

Buxoro shahar IIOFMB mas’ullari tomonidan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar bilan profilaktik targ‘ibot ishlari o‘tkazildi. Tadbirda talabalar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga doir tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ta’lim muassasalari, yotoqxona va ijara xonadonlarida talabalar ichki tartib-intizomiga rioya qilish, jamiyatda yurish-turish hamda odob-axloq qoidalariga amal qilish, ayniqsa, tungi vaqtlarda bemaqsad yurish oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlar xususida ogohlantirildi. Ularga firibgarlik, o‘g‘irlik va kiberjinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yo‘llari tushuntirildi.
S.G‘ANIYEVA.
Buxoro viloyati.
“ИНТИЗОМ ОЙЛИГИ” ОЙЛИГИ ДОИРАСИДА

Сариосиё тумани ҳокимлигида “Интизом ойлиги” ойлиги доирасида шахсий таркиб ўртасида хизмат интизоми ва қонунийликни мустаҳкамлаш мақсадида туман сектор раҳбарлари билан учрашув ўтказилди. Шунингдек, туман ИИБ ходимлари учун маданий мерос обеъктларига сайёҳат ташкил этилди.
Ўз мухбиримиз.
Сурхондарё вилояти.
“SOHIL” OROMGOHIDA TADBIR

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Kosonsoy tumanidagi “Sohil” oromgohida “Yoshlar oyligi” doirasida madaniy tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi, Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Namangan garnizonidagi harbiy qism, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida harbiy orkestr va faxriy qorovul jamoalarining chiqishlari yosh dam oluvchilarga manzur bo‘ldi.
G. Buvamirzayeva,
Namangan viloyati.
Psixologik trening
Yakkasaroy tumani IIOFMB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari, podpolkovniklar E.Qodirova, F.Samatova va tuman IIOFMB katta psixologi, kapitan S.Qodirova hamkorligida “Armugʻon” MFYda yashovchi xotin-qizlar uchun “Oʻzni anglash-oʻzgani anglash” mavzusida psixologik trening tashkillashtirildi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad fuqarolarga yaqindan yordam koʻrsatish va xotin-qizlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
JUMBOQ

Bugungi savolimizga yana Elnora Inoyatova birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi. Ulug‘bek Qurbonov ham javobni to‘g‘ri topgan. Ikkala bilimdonimizga omad tilaymiz.

Jumboqning javobi: Raqamlar. Izoh: ushbu davrda raqamlar so'z bilan ifodalangan.

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
2024/10/02 16:31:27
Back to Top
HTML Embed Code: