Telegram Web Link
Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrining Bektemir va Yakkasaroy tumanlarida ichki ishlar organlari tomonidan jamoatchilik bilan hamkorlikda mahallalarda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida tungi vaqtlarda tashkil etilayotgan ishlar oʻrganildi

▶️
Batafsil
———
Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов бошчилигидаги ишчи гуруҳ томонидан Тошкент шаҳрининг Бектемир ва Яккасарой туманларида ички ишлар органлари томонидан жамоатчилик билан ҳамкорликда маҳаллаларда хавфсизликни таъминлаш мақсадида тунги вақтларда ташкил этилаётган ишлар ўрганилди

▶️
Батафсил

Телеграм канал
NAMUNA ETIB KOʻRSATILDI

Guliston tumani IIBda olib borilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlar barcha soha vakillariga namuna etib koʻrsatildi.
Gap shundaki, Sirdaryo viloyati va Guliston tumani Maʼnaviyat boʻlimlari tomonidan tumanda shu yoʻnalishdagi ishlar jiddiy oʻrganilgan edi. Yaqinda oʻrganishlar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Koʻpgina idora va tashkilotlarning xodimlarni vatanga sadoqat, milliy-maʼnaviy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash borasidagi ishlari tanqid qilindi. Guliston tumani IIBda esa maʼnaviy-maʼrifiy, sport tadbirlarining muntazam yoʻlga qoʻyilgani, kutobxonlik keng targʻib qilingani eʼtirof etildi. Yigʻilishda Guliston tumani IIB jamoasi tuman hokimligi tomonidan taqdirlandi.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
Mahkumlar uchun mehnat yarmarkasi

Chust tumanidagi metall ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “TAI CHANG SPECIAL STEEL” masʼuliyati cheklangan jamiyatida tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan mahkumlar ishtirokida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Yarmarkada ushbu korxonada ishlash istagini bildirgan nazoratdagi shaxslarga ish tartiblari to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Mehnat yarmarkasi yakunida nazoratdagi 1 nafar shaxs mazkur korxonaga sinov muddati asosida ishga qabul qilindi, 3 nafariga esa o‘zlari tanlagan bo‘sh ish o‘rinlari uchun yo‘llanmalar berildi.
O‘z muxbirimiz,
Namangan viloyati.
JUMBOQ

Bugungi savolimizga Inomxo‘ja Rahimxo‘jayev birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘lladi. Hilola, Inoyatova Elnora, Nigora Mamayusupova, Ulug‘bek Qurbonov ham javobni to‘g‘ri topishgan.

Javob: tish shifikori

👉 @postdarasmiy telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
YO‘LLARGA SVETOFOR O‘RNATILDI

Denov va Termiz tumanlari yo‘llarida olib borilgan mavsumiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, piyodalar va transport vositalarining harakat jadalligi tobora oshib borayotgan hududlarda svetofor qurilmalari o‘rnatildi. Harakat jadalligi ko‘p bo‘lmagan hududlarga esa yo‘l belgilari o‘rnatilib, yo‘l yotiq chiziqlari chizildi. Albatta, bu piyodalarga ham, haydovchilarga ham qulaylik yaratadi.
O‘z muxbirimiz.
Surxondaryo viloyati.
БОЛАЛАР ҚЎҒИРЧОҚ ТЕАТРИДА

Қашқадарё вилояти ИИБ ЖХХ ҲПБ Вояга етмаганларга ижтимоий-ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш марказида сақланаётган болалар Қарши шаҳридаги Қўғирчоқ театрида маданий ҳордиқ чиқаришди.
Театрда намойиш этилган кўнгилочар дастурларни томоша қилган вояга етмаганлар бир олам таассурот олишди.
Дилафрўз МИРЗАЕВА,
подполковник.
2024/10/06 10:22:37
Back to Top
HTML Embed Code: